11.9. Lipotrop omillar dori–darmon sifatida
Klinikada qo`llash maqsadida bemorlar venasiga yuboriladigan yog` preparatlarini emulsiyalari ishlab chiqilgan. Ularning o`lchami tabiiy yirik lipoproteidlar – xilomikronlardan taxminan 1 mkm dan ortiq oshmasligi kerak. Tarkibida 10 % dan 20 % gacha lipid saqlovchi shunday yog` emulsiyalari makkajo`xori yogidan – lipomiaz preparati, paxta yog`idan – lipofundin va lipomol, soya yog`idan – intralipid tayyorlangan. Bu preparatlar kam quvvatli bemorlar organizmi uchun energetik manba sifatida ishlatiladi. Shu bilan birga jigarni yog`li infiltratsiyasida profilaktik maqsadlarda lipotrop preparatlar – metionin, xolin, inozit, tabiiy fosfolipidlarning komponenti qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |