Fosfatidiletanolamin biosintezi. Fosfolipid – fosfatidiletanolamin sintezida
uning o`tmishdoshi diatsilglitserin va SDF – etanolamin qatnashadi. Ushbu sintez jarayonida dastlab etanolamin etanolaminkinaza fermenti ishtirokida fosforlanib, fosfoetanolaminga o`tadi.
So`ngra fosfoetanolamin etanolaminfosfatsitidiltransferaza fermenti yordamida STF bilan katalizlanishi natijasida SDF – etanolamin hosil bo`ladi.
Fosfatidiletanolaminning qoldig`i SDF – etanolamin bilan glitserin qoldig`i– 1,2 – diatsilglitseringa o`tkaziladi. Fosfatidiletanolamin SDF – etanolamin 1,2 diatsilglitserin bilan etanolaminfosfotransferaza fermenti ishtirokidagi reaktsiyadan hosil bo`ladi.
SDF – etanolamin + 1,2 – diatsilgletserin → fosfatidiletanolamin + SMF
Etanolamin yuqorida keltirilgan yo`l bo`yicha etanolaminning yangi molekulalarini sintezi uchun ishlatiladi. Transmetillanish reaktsiyalarida
fosfatidiletanolamin fosfatidilxolinga aylanadi. Etanolamin va xolinning asosiy manbai bo`lib hayvon oziqa mahsulotlari ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |