Oqsillarning muhim belgilari. Oqsillar yuqori molekulali, tarkibida azot saqlovchi organik birikmalar bo`lib, peptid bog`lari yordamida birlashgan aminokislotalar zanjiridan tashkil topgan, murakkab tuzilishga ega bo`lgan moddalardir.
Oqsillarga xos muhim belgilar quyidagilardan iborat:
tarkibidagi azot miqdorini doimiy (quruq vazninig 16 % i ) bo`lishi;
tuzilish birligi bo`lgan aminokislotalardan hosil bo`lishi;
peptid zanjirida aminokislotalarni birlashtiruvchi peptid bog`larining mavjudligi;
yuqori molekula og`irligiga ega bo`lishi (4 – 5 mingdan bir necha million daltongacha);
5) oqsillarning fizik-kimyoviy va biologik xossalarini belgilab beruvchi
polipeptid zanjirning murakkab tuzilganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |