Toshkent farmatsevtika instituti


Oqsillarning umumiy tavsifi



Download 13,75 Mb.
bet10/476
Sana31.12.2021
Hajmi13,75 Mb.
#217587
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   476
Bog'liq
Biokimyo kitob-Odilov.

1.1. Oqsillarning umumiy tavsifi.


Oqsil - tirik to`qimaning muhim tarkibiy qismi. Oqsillar tarkibida azot saqlovchi yuqori molekulali organik birikmalar bo`lib, molekulalari aminokislotalar qoldiqlaridan tashkil topgan. Bu moddalarning protein (grekcha protos – birinchi darajali) deb nomlanishi ularning hayot uchun muhim
ahamiyatga ega ekanligini ifodalaydi. Oqsil nomi esa tuxum oqi so`zidan kelib
chiqqan atama bo`lib, uni tovuq tuxumi pishganda oq rangli bo`lishi
(denaturatsiya) bilan tushuntirish mumkin.
Oqsillar barcha tirik organizmlar - o`simliklar, hayvonlar hamda odam organizmi bilan jonsiz tabiat chegarasida turuvchi viruslar tarkibining ajralmas qismidir. Hujayrada yuz beradigan har qanday kimyoviy o`zgarish oqsillar ishtirokisiz amalga oshmaydi.
Odam organ va to`qimalaridagi oqsil miqdori turlicha. Masalan, mushak, o`pka, buyrak quruq vazninig 70-80 % ini, butun tananing esa 45-50 % ini oqsil tashkil etadi. Oqsillarning kimyoviy tarkibi, tuzilishi va xususiyatlarini o`rganishda ular suyuq to`qimalardan yoki hayvonlarning oqsilga boy organlaridan qon zardobi, sut, mushak, jigar, teri, sochdan maxsus usullar yordamida ajratib olinadi.
Hujayrada oqsil xillari cheksiz darajada ko`p. Har bir organizm turi o`ziga xos oqsillarga ega. Eng sodda organizmlardan bo`lgan, biokimyoviy tomondan yaxshi o`rganilgan bakteriya – ichak tayoqchasi (E. coli) hujayrasida 3000 turga yaqin oqsil molekulalari mavjud.
Odam organizmida oqsil xillari 5000000 ga yetadi, lekin hozirga qadar ularning juda kam qismi - taxminan 2000 ga yaqini aniqlangan va yaxshi tekshirilgan. Ammo, oqsillarning miqdor jihatdan ustunligi ularning muhim vazifalarini belgilab bermaydi. Ular boshqa organik moddalar uchun xos bo`lmagan quyidagi xususiyatlarga ega:

15


  1. oqsillar tabiatdagi eng murakkab tuzilgan organik birikmalardir. Oqsil molekulalarining soni va turi cheksiz-chegarasiz bo`lib, organizmlarning tur, organ va to`qima darajasidagi o`ziga xosligini ta’minlaydi;




  1. oqsillar tarkibidagi nihoyatda kop bo`lgan funksional guruhlar va konformatsiyasining murakkablik darajasi bilan organizm biologik vazifalari asosidagi turli-tuman reaktsiyalarni amalga oshiradi;




  1. oqsillarning bir-biri bilan va boshqa birikmalar bilan hosil qilgan komplekslari hujayra ichki strukturasini tashkil etgan holda turli molekulalar orasida kerakli molekulani tanishi va unga tanlab birikishi imkoniyatini beradi. Bunday xususiyat tirik hujayradagi moddaning struktura tuzilishini, moddalar metabolizmini yo`nalishini va ketma-ketlik tartibini belgilab beradi.




  1. molekula konformatsiyasini o`zgarish qonuniyatlari orqali ichki va tashqi ta’sirlarga javob berish hamda ta’sirdan keyin molekulaning o`z holatiga qaytish qobiliyatini boshqaradi;




  1. oqsillarning biokatalitik (fermentativ) xususiyati, biosintezi va uning boshqarilishi, nuklein kislotalari bilan birgalikda genetik axborotning ko`chirilishida qatnashishi - hujayraning o`sishi va differentsiallanishi

jarayonlaridagi ishtirokini ta’minlaydi.



Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   476




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish