59
PNEVMOKOKKLAR
DIPLOCOCCUS PNEUMONIA – birinchi bor 1871 yilda R.Kox, 1875 yilda E.Klebs,
L.Paster, SH.SHomberlen va E.Ru tomonlaridan 1881 yilda kashf qilingan bo‘lib, 1885 yilda
K.Frengel va 1886 yilda A.Veykselbaum tomonlaridan kasalning balg‘amidan toza kultura ajratib
olingan. Lactobacillaceae oilasiga mansub.
MORFOLOGIYASI: Lansetsimon yoki biroz cho‘zinchoqroq kokklar bo‘lib, diametri 0.5-
1.25 mkm, juft bo‘lib joylashgan, ayrim hollarda qisqa zanjir hosil qiladi. Odam va hayvon
organizmida kapsula hosil qiladi, gr (+), harakatsiz, o‘zi mustaqil kapsula hosil qilmaydi.
O‘STIRILISHI: Aerob,fakultativ anaerob. Optimal o‘sish t
o
si 37
o
S. Diapazon 28-42
o
S. 25
o
S
da o‘smaydi. Oddiy muhitlarda qiyin o‘sadi. Assitlik va zardoblik agarlarda Ph 7,2-7,6 bo‘lganda
yaxshi o‘sadi, diametri 1 mm keladigan mayda kalloniyalar hosil qiladi, 2 kundan keyin
kalloniyalar kattalashadi, kalloniyalarni o‘rtasi puchayib, chekkalari ko‘tarilib qoladi. Qonli
agarda mayda, yumaloq, atrofi bir tekis nam (sochnыy) kalloniya hosil qiladi. Qonli bulonda loyqa
va cho‘kma hosil qilib o‘sadi. Bulonda 0,2% glyukoza qo‘shilsa yaxshi o‘sadi. Sun’iy muhitlarda
o‘stirilganda kapsula hosil qilmaydi, agarda bu muhitga hayvon oqsili qo‘shilsa kapsula hosil qilib
o‘sishi mumkin. Tashqi muhit ta’sirida pnevmokokklar M-formadin, S va R-formaga o‘tishi
mumkin.
FERMENTATIV XOSSASI: Jelatinani suyultirmaydi, indol hosil qilmaydi, nitratlarni
nitritlarga qaytarmaydi, sutni ivitmaydi, saxaroza, glyukoza, maltoza, laktoza, inulin, radginoza,
salitsinlarni parchalaydi. Virulentlik pnevmokokklar o‘tsuyuqligi va nordon o‘t tuzlarida erib
ketadi. Inulinni parchalashi, o‘t va o‘t tuzlarida erib ketishi ularni streptokokklardan
differensiatsiya qilishda mihim ahamiyat kasb etadi.
TOKSIN HOSIL QILISHI: Endotoksin ajratadi. Kuchsiz ta’sir qiluvchi gemotoksik,
fibrinolitik va leykotsitlarni parchalovchi toksin ham hosil qiladi. Pnevmokokklarning virulentligi
ularning kapsulasiga bog‘liq bo‘lib, ular fagotsitoz va qonning bakteriotsid xususiyatini
kamaytiradi. Virulentlik pnevmokokklarning kapsulasida maxsus komponent “antifagin” bo‘lib,
ular o‘zlari toksigenlik xususiyatiga ega emas, lekin ular virulent bo‘lmagan pnevmokokklarga
qo‘shilsa, ularda fagotsitozga chidamlilik xususiyati paydo bo‘ladi. Antifagin issiqda chidamli
bo‘lib, 80-100
o
S gacha qizdirilsa chidaydi. Pnevmokokklardan antifagiga o‘xshash “virulin”
moddasi ajratib olingan.
ANTIGEN TUZILISHI VA KLASSIFIKATSIYASI: Pnevmokokklar o‘zlarida, ya’ni
kapsulasida polisaxarid kompleksini tutadi va ularni tipga xos spetsifikligi va virulentligi qiz
kompleksiga bog‘liqdir. Proteinlik antigeni barcha tiplari uchun umumiy bo‘lib, bu antigen
protoplazmada joylashgan, u mikrobni spetsifikligi va virulentligini belgilaydi
.
Serologik jihatdan pnevmokokklar 80 dan ortiq tipga ega bo‘lib, har qaysisi faqat o‘zining
spetsifik zardobi bilan agglyutinogen reaksiyasiga kirishadi. SHulardan 1, 2, 3 tiplari odamlar
uchun patogen. Pnevmokokklar antigenlik xususiyatini osonlikcha o‘zgartiradi. Agarda 2-tipdagi
pnevmokokkni 3-tip bilan birga o‘stirsa, u holda 2-tipning barcha xususiyati transformatsiya yo‘li
bilan 3-tipga o‘tadi, ya’ni xossalari DNK orqali o‘tadi.
CHIDAMLILIGI: Qurigan balg‘amda 2 oygacha saqlanadi. Sun’iy muhitlarda 7-8 kun
saqlanadi, 50-60
o
S da 20 minutda o‘ladi, 3% li fenolda 1-1,5 minutda o‘ladi, o‘t suyuqligi va o‘t
tuzlariga ham sezgir.
HAYVONLAR UCHUN PATOGENLIGI: Qishloq xo‘jalik hayvonlarida yosh buzoqlar,
cho‘chqa bolasi, qo‘zichoqlar tez kasallanadi. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqon va quyonlar
hamda dengiz cho‘chqasi sezgir.
ODAMDAGI KASALLIK VA PATOGENEZI: Pnevmokokklarning 1, 2, 3 tiplari
ekzogen, qolgan barchasi endogen yo‘l bilan yuqadi. Organizmning qarshiligi pasayganda ko‘proq
kasallik kelib chiqadi. Pnevmokokklarning 3 ta tipi keltirib chiqaradi. Boshqa patologik
60
jarayonlarni ham keltirib chiqarishi mumkin: sepsis, meningit, bo‘g‘imlarni yallig‘lanishi,
endokardit, otit, peritonit, renit, gaymorit va h.k.
Ammo pnevmoniya stafilokokklar, streptokokklar, influensa tayoqchalari, xlamidiyalar,
gripp virusi va boshqa mikroorganizmlar tomonidan ham chaqirilishi mumkin.
IMMUNITETI: Kuchsiz va qisqa muddatlik. Pnevmokokklar organizmni sensibilizatsiya
holatiga olib keladi. Kasallikka mo’nelik organizmning umumiy holatiga bohliq.
LABORATORIYA DIAGNOSTIKASI: Tekshirish uchun bolg‘am, orqa miya suyuqligi,
murdadan material olinadi va bu materiallar ustidan quyidagi tekshirishlar olib boriladi:
Bakterioskopik – materialdan surtma tayyorlab, gramm usulida bo‘yab ko‘rish, gramm (+)
kapsulali pnevmokokklar topiladi.
Bakteriologik – sof kultura ajratish va xossalarini o‘rganish. Ajratilgan kulturani
antibiotikga sezgirligini aniqlash
Serologik – pnevmokokklarning tiplarini agglyutinatsiya reaksiyasi orqali aniqlash.
DAVOSI: Antibiotiklar, sulfanilamidlar.
PROFILAKTIKASI. Umumiy sanitar qoidalariga rioya qilish.
MENINGOKOKKLAR.
MENINGOKOKKLAR: Meningokokk (Neisseria meningitidis) meningit kasali bilan
og‘rigan bemorning orqa miya suyuqligidan ajratib olingan va 1887 yilda A.Veykselbaum
tomonidan batafsil o‘rganilgan
Klassifikatsiyasi bo‘yicha meningokokklar Neiseria avlodiga (rod) va Neiseriaceae oilasiga
mansubdir.
MORFOLOGIYASI: Meningokokklar kofe donasini eslatuvchi, juft holda joylashgan,
diametri 0,6-1,0 mkm keladigan kokklardir. Spora va kapsula hosil qilmaydi, xivchinga ega emas,
yiringlimaterialda ko‘pincha leykotsitlarning ichida joylashgan bo‘ladi. Kulturadan tayyorlangan
surtmalarda mayda yoki yirik, bittadan, juft holda va 4 tadan joylashgan holda ko‘rinishi ham
mumkin. Gr (-), lekin ayrim hollarda gr(+) ni ham ko‘rish mumkin. Diplokokklar.
9.1-rasm
O‘STIRILISHI: Aerob, oddiy muhitlarda o‘smaydi, Ph 7,2-7,4. zardob, assil suyuqligi qo‘shilgan
muhitlarda mayda, tiniq nozik, diametri 2-3 mm bo‘lgan koloniyalar hosil qiladi. Zardobli bulonda
loyqa va cho‘kma hosil qiladi, 3-4 kun o‘tgandan so‘ng esa bulon yuzida parda hosil qilib o‘sadi.
Ayrim hollarda adaptatsiya natijasida oddiy muhitlarda ham o‘sishi mumkin.
FERMENTATIV XOSSASI: Jelatinani suyultirmaydi, sutni ivitmaydi, glyukoza, maltozani
– (K
+
) kislota hosil qilib parchalaydi.
61
TOKSIN HOSIL QILISHI: Meningokokklar ekzotoksin va endotoksin xususiyatiga ega
bo‘lgan toksik modda hosil qiladi. Bakteriya hujayrasi parchalangandan keyin ulardan endotoksin
ajralib chiqadi. Meningokokk toksinini bakteriya hujayrasini (dist. suv) bilan yuvib olish mumkin.
ANTIGEN TUZILISHI VA KLASSIFIKATSIYASI: Antigen tuzilishi-da 3 ta fraksiya
aniqlangan: umumiy hisoblangan uglevodlik (S), gonokokklar va 3 tipidagi pnevmokokklarda
uchraydigan proteinlik (R) hamda 1 va 2 tipi. Meningokokklarda tur ichidagi o‘zgarishlar mavjud.
CHIDAMLILIGI: CHidamsiz. Quritishga, yuqori t
o
-ga chidamsiz. 60
o
S va 10 minutda
o‘ladi, 80
o
S da 2 minutda o‘ladi, 1% li fenol eritmasida 1 minutda o‘ladi. Past temperaturada
nihoyatda chidamsiz, shuning uchun patologik material iliq holda laboratoriyaga yuborilishi kerak.
HAYVONLAR UCHUN PATOGENLIGI: Tabiiy sharoitda hayvonlar kasallanmaydi.
Laboratoriya sharoitida maymanlarni kasallantirish mumkin.
ODAMLARDA KASALLIK VA UNING PATOGENEZI: Kasallik manbai – kasal odam va
kasal tashuvchi. Kasallik havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi. Mikrob avvalo burun-xalqumda
joylashib, so‘ng limfa va qonga o‘tib bakteriemiya holatini paydo qiladi, keyin miya po‘stlog‘iga
kirib joylashadi (meningokokklar bosh miya to‘sig‘idan o‘tish xususiyatiga ega). Meningokokklar
miya po‘stlog‘ida va orqa miyada o‘tkir yiringli yallig‘lanishni keltirib chiqaradi. Kasallik o‘tkir
holda yuqori t
o
bilan boshlanadi: simptomlari – qayt qilish, orqa ensa muskulini tortishib og‘rishi,
kuchli bosh og‘rishi va terida o‘ta sezgirlik kuzatiladi.
Kalla ichi bosimini oshishi natijasida bosh miya nervlarining falaji kuzatiladi. Bemorning
ko‘z qorachig‘i kengayib, akkomodatsiya buziladi. Orqa miya suyuqligi loyqalashadi va ko‘p
miqdorda leykotsitlar tutadi, bosim yuqori bo‘lgani uchun orqa miya suyuqligi punksiya
qilinganda tizillab, otilib chiqadi. Ayrim hollarda meningokokkli sepsis rivojlanishi mumkin va bu
paytda meningokokklar qonda, bo‘g‘imlarda, o‘pkada uchrashi mumkin. Asosan meningit bilan 1
yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar kasallanadi. Kasallik ko‘pincha ko‘klam va kuz oylarida
uchraydi. Organizmning qarshiligi, mikrobning virulentligi kasallikni kelib chiqishida katta
ahamiyatga ega.
IMMUNITETI: Tabiiy immunitet mavjud. Orttirilgan immunitetni kasallikni keyingina
emas, balki hayot davomida meningokokklarni tashib yurishi davomida ham paydo bo‘ladi. Qayta
kasallanish hollari kam uchraydi.
LABORATORIYA DIAGNOSTIKASI: Tekshirish uchun material: orqa miya suyuqligi,
burun-xulqumdan olingan surtma, qon, murdadan olingan bo‘lakchalar bo‘lishi mumkin. Bu
materiallar ustida quyidagi tekshirishlar olib boriladi:
Orqa miya cho‘kmasidan tayyorlangan surtmani mikroskopda ko‘rish.
Do'stlaringiz bilan baham: |