Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mikrobiologiya, virusologiya va



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/281
Sana09.03.2022
Hajmi3,97 Mb.
#487540
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   281
Bog'liq
mikrobiologiya virusologiya va immunologiya

 
 
9. Mavzu:Patogen gram manfiy (meningokok va gonokoklar) va gram musbat 
kokklar.(stafilokokklar, streptokokklar). 
 
Reja 
1.
Patogen kokklarning taksonomik o‘rni. 
2.
Grammmusbat va grammanfiy bakteriyalarning umumiy xarakteristikasi. 
3.
Grammmusbat va grammanfiy bakteriyalarning o‘stirilishi, toksigenligi. 
4.
Ularni keltirib chiqaradigan kasalliklari. 
5.
 
Grammmusbat, grammanfiy bakteriyalarning laboratoriya diagnostikasi va profilaktikasi

 
Tayanch iboralar:
Micrococaceae, Lactobacillceae

gonokokk, meningokokk, 
pnevmokokklar
 
9.1 Patogen kokklarning taksonomik o‘rni. 
Patogen kokklarning guruhiga ko‘pgina yuqumli kasalliklarni chaqiruvchi va Shizomycetes 
sinfiga kiruvchi mikroorganizmlar kiradi. Patogen kokklarga streptokokklar, stafilokokklar, 
pnevmokokklar, meningokokklar, gonokokklar kiradi. Odam organizmida kokklar har xil simbioz 
holatda bo‘ladi. Terida, shilliq qavatlarda, nafas yo‘llarida streptokokk va stafilokokklarning 
saprofit va shartli patogen turlari, burun-xalqumda meningokokklar, ichakda enterokokklar (axlat 
streptokokklari) uchraydi. Organizmning qarshilik kuchi pasayganda, teri yoki shilliq qavat 
butunligi pasayganda, ular organizm to‘qimalariga kirib kasallik chaqiradi. Patogen kokklarning 
organotropik xususiyati hammasida ham bir xil emas. Bu xususiyat gonokokk, meningokokk, 
pnevmokokklarda kuchliroq, stafilokokk va streptokokklarda bu kuchsizroq namoyon bo‘ladi. 
Kokklar Enteriobacterialis tartibiga, Micrococaceae, Lactobacillceae va Neisseria oilalariga 
mansubdir. Kokklar turli xususiyatlarga ega bo‘lib, bir-birlaridan to‘qimalarining joylashishi, 
gram usulida bo‘yalishi, nafas olishi bioximik aktivligi va patogenlik xususiyatlari bilan farq 
qiladi. 
Grammusbat kokklar. STAFILOKOKKLAR. 
Turli klinik formadagi stafilokokklik infeksiyani chaqiruvchi kokklarga Misrococeceae 
sinfiga Staphylococcus oilasiga kiruvchi Staphylococcus aureus va Staph. epidermidis kiradi. 
Stafilokokklarni birinchi bo‘lib 1878 yilda R. Kox topgan, L. Paster 1880 yilda yiringdan ajratib 
olgan. 1884 yilda F. Rozenbax ularni batafsil o‘rgangan. 
MORFOLOGIYASI: Stafilokokklar sharsimon shaklga ega bo‘lib, diametri 0,8-1.0 mkm. 
Bittadan yoki uzum shingili shaklida joylashgan bo‘ladi. Yiringdan tayyorlangan surtmalarda 
qisqa zanjir yoki juft holda joylashgan bo‘lib ko‘rinadi. Turli fizik, ximik va biologik omillar 
ta’sirida stafilokokklar o‘z shakllarini o‘zgartirib, yirik sharsimon yoki juda mayda hattoki filtrdan 
ham o‘tib ketadigan kichik shakllarda ham bo‘lishi mumkin. Xarakatsiz, spora va kapsula hosil 
qilmaydi.
O‘STIRILISHI: Nafas olishiga ko‘ra fakultativ anaerob. Oddiy oziq muhitlarida o‘sadi, 
muhit rN 7,2-7,4, t
– 37
o
C , o‘sish diapazoni 10-45
o
S. Uy temperaturasida, kislorod va yorug‘lik 
etarli bo‘lganda stafilokokklar tillarang, oq, limon rang yoki boshqa pigmentlarni hosil qiladi. 
Pigmentlar suvda erimaydi. Ular spirt, benzin, atseton, xloroform va lyugolda eriydi. 
GPA (go‘sht peptonli agar)da qavariq, chetlari tekis, diametri 1-4 mm li koloniya hosil qilib 
o‘sadi. Koloniyaning rangi mikrob ishlab chiqargan pigmentga bog‘liq bo‘ladi. Stafilokokklar S
koloniyalardan tashqari R, J, L koloniyalar ham hosil qilib o‘sishi mumkin. 
GPB (go‘sht peptonli bulon)da bir tekisda loyqa hosil qilib, so‘ngra cho‘kmaga tushib 
o‘sadi. 


56 
Jelatinaga ekilganda, 1-2 sutkadan so‘ng ekilish yo‘nalishi bo‘yicha jelatinani suyultiradi. 
Qonli agarda gemoliz zonasini hosil qiladi.
FERMENTATIV XOSSASI: Proteolitik va saxarolitik fermentlarni hosil qiladi. Indol hosil 
qilmaydi, jelatinani suyultirmaydi, sutni ivitmaydi. Nitratlarni nitritlarga qaytaradi, ureaza, 
katalaza, fosfataza, ammiak, H
2
S hosil qiladi. Glyukoza, levuloza, maltoza, laktoza, saxaroza, 
mannit, glitserinlarni kislota hosil qilib parchalaydi. Argininni parchalaydigan arginaza fermentini 
ham hosil qiladi. 
TOKSIN HOSIL QILISHI: Ekzotoksin hosil qiladi. Toksin letal (o‘lim), gemolitik va 
nekrotik ta’sir qilish xususiyatiga ega. Stafilokokklarning bulondagi kulturalarida enterotoksin 
mavjud bo‘lib, ular oshqozon ichak traktiga tushganda ovqatdan zaharlanish holatini keltirib 
chiqarishi mumkin. Patogen stafilokokklar leykotsitlarni parchalovchi leykotsidni hosil qiladi. 
Leykotsidin suyak ko‘migi leykoblastlarni va nerv hujayralarini ham halok qilishi mumkin va 
yana qon zardobini ivitadi. Uning bu xususiyatidan stafilokokklarni differensiyasiya qilishda 
foydalaniladi. Qondagi fibrinlarni eritib yuboruvchi fibrinolizin hosil qiladi. Gialuronidaza 
fermentini esa biriktiruvchi to‘qimalar tarkibiga kiruvchi gialuron kislotasini parchalaydi. 
Stafilokokklar 
hosil 
qiladigan 
koagulaza, 
fibrinolizin, 
letsitinaza, 
gialuronidaza, 
dezoksiribonukleaza, proteinaza va fosfotazalar agressiv xususiyatli fermentlar guruhiga kiradi. 
Jumladan, letsitinaza odam, quyon, qo‘y eritrotsitlarining tarkibiga kiruvchi letsitinni parchalaydi. 
Stafilokokk kulturasida bo‘ladigan antikoagulyant qonning ivishiga qarshilik qiladi, 
gemaglyutinin esa quyon eritrotsitlarini bir-biriga yopishtirib qo‘yadi. Virulent stafilokokklar 
leykotsitlarning fagotsitar aktivligini yo‘qotadi. Stafilokokklar hosil qilgan barcha mahsulotlar 
(toksin, ferment va b.) termostabil bo‘lib, 80-90
o
S gacha qizdirishga chidaydi. Patogen 
stafilokokklarda bir necha hil toksinlar qayd qilinadi – b (alfa), v (betta)-gemolizinlar, shuningdek 
g (gamma), delta-gemolizinlar. 
Stafilokokk toksinlarini 0,3-0,5 % formalin eritmasida, 37
o
S da 7-28 kun saqlansa u 
anatoksinga aylanadi va parenteral yo‘l bilan organizmga yuborilsa, spetsifik antitoksin hosil 
bo‘ladi. 

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish