Nazorat savollari
1.
Suv mikroflorasi, uning yuqumli kasalliklarni tarqatishidagi roli.
2.
Tuproq mikroflorasi. Tuproq unumdorligini undagi bakteriyalarga bog‘liqligi. Tuproq
orqali tarqaladigan kasalliklar.
3.
Havo mikroflorasi. Havo orqali tarqaladigan kasalliklar.
Inson tana normal mikroflorasi.
4,
Inson tana normal mikroflorasi
6-mavzu:Infeksiya xaqida tushuncha. Virulent va patogen mikroorganizmlar.Infeksion
kasalliklarni klassifikasiyasi va laboratoriya diagnostika usullari.
Reja:
1.
Infeksiya, infeksion jarayon tugrisida tushuncha.
2.
Infeksion kasalliklarning qo’zgatuvchilari, mikroorganizmlar ning xarakteristikasi.
3.
Infeksion kasalliklarning yukish yullari.
Tayanch iboralar:
mutualizm, kommensalizm , parazitizm,
Antroponoz.
Antropozoonoz.
6.1 Infeksiya, infeksion jarayon tugrisida tushuncha
Mikroorganizm bilan xujayin organizmi urtasidagi murakkab 5aro ta’sir jarayonini
«infeksiya» termini bilan belgilanadi. Bu mikroorganizm bilan patogen mikroblar uzaro ta’sirining
39
x,ar k;anday shaklini uz ichiga oladigan biologik xrdisadir. Organizmning normal fiziologik
funksiyalarini izdan chiqaradigan infeksion jarayon infeksion kasallik shaklida namoyon bo`lishi
mumkin. Bunday kasallikning klinik manzarasi muayyan qo`zg`atuvchi keltirib chiqaradigan
kasalliklar uchun xarakterli boladi. Vaboning klinik manzarasi chin chechak kasalligidan,
brutsellyozning klinik manzarasi tulyaremiyadan, toshmali tifning klinik manzarasi qoorin tifidan
boshkacha bo`ladi. Infeksion kasallik ba’zan engil, atipik yoki turli kasalliklarga o`xshab
ketadigan, bilinmas formalarda namoyon bo`ladi. Infeksion jarayon kasallikning ko`zga ko`rinib
turadigan klinik belgilarini bermasligi xam mumkin. Infeksiyaning yashirin formalari deb ana
shunga aytiladi. Va, nixoyat, kasallik qo`zgatuvchisining xujayin organizmiga kirishi kasallikning
klinik belgilarini keltirib chiqarmasdan, tashuvchanlik (difteriya bilan meningitda bakteriya
tashuvchanlik, vaboda vibrion tashuvchanlik va x- k.) xolatiga olib keladi.
Odam organizmi bilan mikroblar o`rtasida muayyan o`zaro munosabatlar bo`ladiki, bularni
mutualizm, kommensalizm va parazitizm deb ta’riflash mumkin.
Mutualizm (latincha mutuus — o`zaro degan so`zdan olingan)—ikkita organizmning bir-
biriga foyda keltirib birga yashashidir. Masalan, o`simliklar orasida — suv o`tlar bilan
lishayniklarni xosil qiluvchi zamburuglarning, tuganak bakteriyalari bilan dukkakli
o`simliklarning birga yashashi. Odam ichagida birga yashaydigan foydali mikroorganizmlar
vitamin V gruppasi sintezida ishtirok etuvchi ichak tayoqchalari va ichakdagi chirituvchi-
mikrofloraning antagonisti bo`lmish sut achituvchi bakteriyalardir.
Kommensalizm (fransuzcha commensal — xamtovoq degan so`zdan olingan) — birga
yashovchi organizmlar bir-biriga ziyon etkazmaydigan o`zaro munosabatlardir. Masalan, odatda
odam terisi va shillik pardalarida, shuningdek organizm bo`shlikdarida yashaydigan patogenmas
stafilokokklar, turli tayoqchalar, aktinomitsetlar singari mikroorganizmlar.
Parazitizm (yunoncha parasitos —tekintomok, tekinxo‘r degan sozdan olingan) bir turdagi
organizmning boshqa organizm xisobiga oziqlanib, unga ziyon-zaxmat etkazadigan o`zaro
munosabatlarini bildiradi. Parazit mikroblar odam va xayvonlarda uchraydigan infeksion
kasalliklar qo`zgatuvchilarining katta gruppasini tashkil etadi. Mikroorganizmlarning parazitlik
xususiyatlari, aftidan, tirik organizmda yashashga uzoq moslashib borish natijasida vujudga
kelgan. Tabiiy tanlanish natijasida mikroorganizmlar ularni saprofit ajdodlaridan ajratib turadigan
yangidan-yangi belgilarni kasb etgan. Tirik organizm parazit mikrob uchun doimiy makon, tabiiy
yashash muxiti bo`lib qolgan. Mana shu muxit ta’siri ostida mikroblarning ba’zilari xujayinning
xujayralari va to`kimalaridagi xar xil komponentlardan oziq muxiti tariqasida foydalanishga
imkon beradigan yangi ferment sistemalariga ega bo`lib qolgan. Barcha mikroorganizmlar,
masalan, viruslar o`z ferment sistemalarini batamom yoqotib quygan. Ularning xayot faoliyati va
kopayishi o`zi moslashib, adaptatsiyalanib qolgan organizm xujayralariga boshidan-oyoq bogliq.
Xar bir parazit mikrob evolyusiya jarayonida yuqori darajali organizmlarning bir yoki bir
necha turida yashashga moslashib qolgan. Parazit mikroblarning ba’zilari, masalan, qizamik
virusi, dizenteriya qo`g`atuvchilari, vabo vibrioni, tif salmonellalari faqat odam organizmida
parazitlik qilishga moslashgan. Boshqa xillari odam organizmida xam, xayvon organizmida
xam yashashi mumkin: toun q`o`zg`atuvchisi, brutsellalar, sil mikobakteriyalari shular
jumlasidandir. Uchinchi xillari tovuq vabosi, chochqa saramasi qo`zgatuvchilari faqat
xayvonlar organizmida yashashga moslashib olgan.
Odam va xayvonlarda kasallik keltirib chiqaradigan mikroorganizmlar patogen
mikroorganizmlar deb atalsa (yunoncha pathos — dard, alam, genos — tugilish, paydo bo`lish
degan so`zlardan olingan), ularning kasallik keltirib chiqarish xususiyati patogenlik deb ataladi.
YAna odamning terisi, shilliq pardalari va organizmidagi bo`shliqlarida yashovchi shartli
patogen mikroorganizmlar gruppasi xam bor. Bular muayyan sharoitlarda, organizmning
qarshiligi susayib qolgan (charchash, yolchib ovqatlanmaslik, og`ir ish, xronik kasalliklar,
temperatura rejimining buzilishi natijasida) paytdagina kasalliklarga sabab bo`lishi mumkin.
Ba’zi saprofitlar xam patogen bo`lib qola oladi. Masalan, botulizm qo`zgatuvchisi tashqi
muxitda saprofit bo`lib yashaydi. Bu mikrob oziq-ovqat maxsulotlariga, xususan konservalarga
tushib qolsa, ko`payib, shu qadar zaxarli toksin chiqara boshlaydiki, uning arzimas miqdori
xam juda qattiq zaxarlanishga sabab bo`ladi.
40
Infeksion kasallikni keltirib chiqaradigan mikroorganizmlar patogenlik. virulentlik.
spetsifiklik va organotroplik xossalariga egadir. Patogenlik yoki kasallik paydo qilish
xususiyati infeksion kasalliklar qo`zgatuvchilarining turiga xos belgisi bo`lib, nasldan naslga
o`tib boradi. YUqorida aytib o`tilganidek, patogenlik faqat ma’lum mikroorganizm va xujayin
o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni xarakterlaydi. Masalan, qizamiq virusi yoki vabo vibrioni
odam uchun patogen va xayvonlar uchun patogen emas.
Qoramol touni (ulati) qo`zgatuvchisi odam uchun patogen emas. Patogenlik tushunchasi
parazitarlik tushunchasiga qaraganda ancha keng. YUqorida ko`rsatib o`tilganidek, saprofit
mikroblar hayot faoliyatining maxsulotlari, toksinlari (botulizm, qoqshol, gazli gangrena
qo`zg`atuvchilari) odam organizmiga tushib qolsa, parazitlik qilib yashamaydigan saprofit
mikroblar patogen bo`lib qolishi mumkin.
Patogen mikroblarning eng xarakterli belgisi ularning spetsifikligi, ya’ni xar bir patogen
mikrob organizmga tushib, unda ko`payganida ma’lum bir infeksion kasallikni keltirib chiqarish
xususiyatidir. Kasallik faqat shu qo`zgatuvchi xususidagina organizmning ximoya xossalarini
o`ziga xos, ya’ni spetsifik tarzda qaytadan o`zgartirish bilan birga davom etadi.
Patogen mikroblar spetsifiklikka ega bo`libgina qolmay, balki organotroplikka xam egadir.
Ko`pchilik mikroorganizmlar — kasallik qo`zgatuvchilari uchun ma’lum organ va to`qimalarni
ko`proq shikastlantirish xususiyati xarakterlidir. Masalan, ichak mikroblari: vabo vibrioni,
dizenteriya bakteriyalari, tif salmonellalar, ichak shilliq pardasini, bezgak paraziti jigar
xujayralari va eritrotsitlarni, gripp virusi nafas yo`llarining shilliq pardalarini, chechak virusi teri
va shilliq pardalar epiteliysini shikastlantiradi.
Turli mikroblarning patogenligi keng doirada o`zgarib turishi
MUMKIN
.
Bir turga mansub
mikroblarning ayrim shtammlari kasallik keltirib chiqarishi jixatidan xar xil darajadagi kuchga
ega bo`lishi mumkin. Mikrobning xar xil darajadagi patogenligi virulentlik deb ataladigan
bo`ldi. Patogen mikroblar turli shtammlarining virulentligi moyil "xayvonlarning o`limiga sabab
bo`la oladigan eng kam miqdor mikrob xujayralari yoki zaxarli maxsulotlariga qarab
belgilanadi. YUksak darajadagi patogenlikka ega bo`lgan virulent mikroblar atigi bir nechta
xujayra miqdorida sezgir xayvonga yuborilganida uning o`limiga sabab bo`la oladi. Kam
virulent mikroorganizmlardan necha yuz millionlab xujayrasi xayvonlarga yuborilgandagina,
ular o`sha xayvonlarning o`limiga sabab boladi. Mikroblarning xayvonni u
limga
olib boradigan
miqdori o`ldiradigan minimal yoki minimal detal doza: dosis letalis minima (LDm) deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |