67
Kasallik kuz-qishda ko‘proq uchraydi. Difteriya korinobakteriyalari kirgan joyida mahalliy
yallig‘lanish rivojlanib parda hosil bo‘ladi.
Kasallik patogenezida gistotoksin muhim ahamiyatga ega, chunki u bemorlardagi oqsil
sintezini to‘xtatadi, transferaza fermentining faoliyatini kamaytiradi.
Difteriya tayoqchasining toksini qonga so‘rilib, organizmning umuman qattiq zaxarlanishiga
sabab bo‘ladi va yurak muskuli, buyrak usti bezlari, nerv hujayralarini tanlab shikastlantiradi.
Bo‘g‘ilib qolish yoki yurakning falajlanishidan odam o‘lib ketishi mumkin.
Difteriya bilan kasallangandan so‘ng antitoksik immunitet paydo bo‘ladi.
Laboratoriya tashxisi.
Difteriya pardasi burun va xalqumdan olingan surtma tekshirish uchun
material bo‘lib xizmat qiladi. Material ikkita steril paxta tampon bilan olinadi. Tamponning biri
ekish uchun ishlatilsa, ikkinchisida surtma tayyorlash uchun foydalaniladi. Surtmalar gram,
neysser usulida bo‘yalib, mikroskopda tekshiriladi. Surtmalar differensial diagnostik muhitlardan
biri quyilgan kosachaga ekib ko‘riladi. 37
o
S da termostatda 24-48 soat o‘stiriladi. SHubxali
koloniyalardan surtmalar tayyorlanib, metilen ko‘ki bilan bo‘yaladi. Sof kulturani ajratib olish
uchun alohida yotgan shubxali koloniyalarning bir qismi zardobli (Ru muhitiga) ekib ko‘riladi.
Difteriya tayoqchasining toksin ishlab chiqarish-chiqarmasligi hozirgi vaqtda (agarda) diffuz
pretsipitatsiyalash metodi bilan aniqlanadi. Buning uchun Petri kosachasidagi tarkibida 15-20 % ot
zardobi, 0,3% maltoza va 0,03% sistin qo‘yilgan oziqli agar satxiga, 5000 AE ml tutuvchi
bo‘g‘maga qarshi antitoksinli zardob shimdirilgan 1,5x6 sm kattalikdagi filtr lentasi quyiladi.
Kosachalar 37
o
S da 30 minut davomida termostatda quritilgandan so‘ng tekshiriluvchi kulturalar
quyilgan qog‘oz parchasi chekkasidan 0,6-0,8 sm masofada perpendikulyar ekiladi. Kontrol
sifatida oldindan toksigenlik xususiyati ma’lum bo‘lgan kultura ekiladi. Ekmalar 37
o
S da kelasi
kungacha termostatda saqlanadi.
Toksigenlik xususiyatiga ega bo‘lgan kulturalar o‘sganda, toksin bilan antitoksin
uchrashgan erda qattiq oziqli muhitda oq chiziqlar – “mo‘ylovchalar” ko‘rinishida pretsipitat
hosil bo‘ladi.
Difteriya korinobakteriyasini toksigen va notoksigen shtammlari dengiz cho‘chqachalari
terisi ostiga yoki teri orasiga yuborib, ularning toksigenlik xususiyatlari aniqlanadi.
Profilaktikasi va davosi.
Difteriya tarqalishini oldini olish uchun kasallikni barvaqt
aniqlash, bemorlarni kasalxonaga yotqizish, dezinfeksiya qilish, bolalar o‘rtasida va bolalar
muassasalarida ishlovchi kishilar orasida, difteriya mikroblarini tashib yurgan odamlarni
aniqlash zarur
.
Spetsifik profilaktikasi difteriyaga qarshi aktiv immunitet paydo qilish uchun difteriya
anatoksinini yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi. AKDS adsorbsiya qilingan ko‘kyo‘tal,
difteriya, qoqshol vaksinasi va ADS-M-adsorbsiya qilingan difteriya, qoqshol anatoksini bilan
emlanadi.
Bemorga klinik belgilariga ko‘ra tashxis qo‘yilgandan so‘ng o‘rtacha og‘irlikdagi difteriya
5000-15000 XB yoki uning og‘ir shakllarida 30000-50000 XB antitoksin zardobi yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: