24
tirik sistemaga aylanadi.Virus xujayra tuzilishiga ega bo‘lmagan juda kichik zarrachadir, ularning
shakli turlicha: sharsimon, tayoqchasimon, kubsimon, spermazoid va ikosaidir.To‘liq shakllangan
virus zarrachasi virion deb ataladi. U nuklein kislota va oqsil qobig‘idan iborat.
Kapsid oqsil
molekulalari kapsomerlardan tuzilgan.Viruslar kattaligi 20 dan 350 nm gacha bo‘ladi. Ularni
filtrlash, ultratsentrofugalash, diffuziya qilish va elektron mikroskop
orqali uzunligini aniqlash
mumkin.
3,1-rasm
Viruslar sun’iy oziq muxitlarida o‘smaydi. Viruslarning ko‘payishi bakteriyalardan farq qiladi va
ular binar, kurtaklanib ko‘payishi kuzatiladi. Ko‘payish fazalari bosqichma bosqich boradi.
Adsorbsiya.
Virusning xujayra ichiga kirishi.
Virionlarning echinishi.
Virus genomining transkripsiya va reproduksiyasi amalga oshadi.
Virionnnig yig‘ilishi.
Virus zarralarining xujayradan chiqishi.
Viruslarni o‘stirish uchun tirik organizmlar-sezgir xayvon organizmlaridan, tovuq embrionidan,
to‘qima kulturalaridan foydalaniladi.
3.4. Viruslarni o‘stirish usullari va ozuqa muxitlari
Virusning hujayraga kirishi va infektsion jarayon davrlari: Adsorbtsiya. Virus DNK
sining sintezi. Virus RNK si sintezi. Konservativ va yarim konservativ replikatsiya. Virus
zarrasining etilishi.
Hujayraga virus yuqtirilgandan so`ng, virus zarrachasi hujayra ichida ko`payadi va o`ziga
o`xshash millionlab virus zarrachalarini hosil qiladi yoki hujayra irsiy
moddasi bilan virus irsiy
moddasi bilashib, ma'lum vaqtgacha virus zarralari hosil bo`lmay hujayra normal hayot kechirishi
mumkin.
25
3,2-rasm
Virus hujayrada ma'lum vaqtgacha o`zini namoyon eta olmaydi. Ammo birorta tashqi ta'sir
(ultrabinafsha nurlar, rentgen nurlari, kimyoviy moddalar) natijasida, virus nuklein kislota hujayra
DNK sidan ajralib, ko`payib, o`ziga o`xshash virus zarrachalarini hosil qilishi mumkin.
Virusning hujayraga kirishidan to ko`payishigacha bo`lgan davrni bir necha bo`laklarga bo`lib
tekshiriladi. Birinchi davr-latent davri. Bu davrda virus zarrachalarining soni o`zgarmaydi. Latent
davrining birinchi yarmida virus zarrachalari hujayrada umuman uchramaydi va davr eklipis
(yo`qolish) deyiladi. Ikkinchi davr-virus zarrachalari sonining oshish davridir.
Bu davr virus
zarralari hujayradan chiqishi bilan tugaydi. Virus
hujayraga yuqtirilganda, dastlab virus zarrachasi
hujayra yuzasiga yopishadi, ya'ni adsorbtsiyalanadi. Bu protsess ham spetsifik xususiyatga ega
bo`lib,
bir virus hamma hujayraga
ham adsorbtsiyalanavermaydi, balki ma'lum hujayragagina
adsorbtsiyalanadi.
Adsorbtsiyalanish jarayonida hujayra va virusning ayrim qismlari-retseptorlariishtirok etadi,
ya'nivirus, hujayraga kirish uchun uning retseptori hujayra retseptorlari bilan bog`lanishi kerak.
Masalan: T-bakteriofagning retseptorlari uning o`simta, to`g`irirog`i
dum qismdagi fibrillarida
joylashgan. T-bakteriofaglari singari, maxsus adsorbtsiyalanish qismlari bo`lmagan, sferasimon va
boshqa viruslarda shu virus zarrachalaridagi muayyan kimyoviy guruhlar retseptor deb qabul
qilingan. Ammo, shu vaqtgacha birorta virus retseptorining kimyoviy tuzilishi aniqlangan emas.
T-bakteriofagi hujayraga kirish paytida, o`zining fibrillari bilan hujayra devoriga yopishadi va
dum qismidagi bazal plastinkada joylashgan "probka" yo`qoladi. So`ngra, o`simtaning oqsil
pardasi
qisqara boshlaydi, o`simta o`zga hujayra devorini teshadi va fag DNK si hujayraga oqib
o`tadi.
Viruslarning hujayraga kirishidagi yana biri yo`l pinotsitoz usulidir. Bu usul chechak
viruslarida qayd etilgan. Virus hujayraga yopishgandan so`ng hujayra
membranasi virus ichiga
botib kiradi va hujayra ustidagi virus hujayra ichiga kirib qoladi. Hujayra gidrolitikfermentlari
ta'sirida virus zarrasidagi oqsil va fosfolipidlar parchalanadi. Ozod bo`lgan nukleoproteid
tarkibidagi DNK, hujayradagi "echintiruvchi" fermentldar vositasida ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: