Elastik yoki kvazielastik kuchdan boshqa kuchlar tasir etmagan holda moddiy nuqta amplitudasi doimiy (A=const) bo’lgan va so’nmaydigan garmonik tebranma harakat qiladi. Real sharoitda har qanday tebranishning sodir bo’lish jarayonida energiyaning bir qismi muhit qarshiligini yengishga, tayanch va osmalardagi ishqalanishga sarflanadi. Natijada tebranuvchi moddiy nuqtaning mexanik energiyasi uzluksiz ravishda kamayib boradi, ya’ni tebrinish so’nib boradi . Kichik tebranishlarda tebranuvchi moddiy nuqtaning tezligi kichik, kichik tezliklarda esa qarshilik kuchi tezlikka proporsional.
Majburiy tebranish - oʻzgaruvchan tashqi kuch taʼsirida tebranuvchi sistemada davriy qonun boʻyicha sodir boʻladigan tebranish. Koʻpincha, sistemaning Majburiy tebranishi boshqa biror majburiy tebranuvchi sistema mavjudligi bilan bogʻliq. Masalan, mikrofon diafragmasining Majburiy tebranishi tovush manbaining tebranishiga bogʻliq. Sistema majburiy tebranuvchi sistemadan uzatilgan energiya hisobiga majburan tebranadi. Koʻpincha, Majburiy tebranishdagi sistema olgan energiyasining koʻp qismini majburiy tebratuvchi sistemaga oʻtkazmaydi yoki oʻtkazsa ham majburiy tebratuvchi sistema energiyasiga nisbatan kam boʻladi.
Bunday hollarda majburiy tebratuvchi sistema Majburiy tebranishdagi sistemaga davriy kuch bilan taʼsir etadi, deb olinadi. Agar sistema chiziqdi tebransa, uning Majburiy tebranish chastotasi shu davriy kuch chastotasiga teng boʻladi. Majburiy tebratuvchi davriy kuch chastotasi bilan sistema erkin tebranishi chastotasi teng boʻlsa, sistemada rezonans hodisasi kuzatiladi.
Rezonans (lot. resono — akssado beraman, javob beraman) — tebranish (elektr, mexanik) konturida majburiy tebranish amplitudasi eng yuqori (maksimum) qiymatga yetganda sodir boʻladigan hodisa. Mac, tizimning barcha parametrlari oʻzgarmas va bu tizim xususiy tebranish chastotasi tashqi kuch davri sinusoidal boʻlsa, yaʼni tizim xususiy tebranish chastotasi tashqi kuch chastotasiga mos kelsa, R. hodisasi roʻy beradi.
REZONANS. fizikada koʻp uchraydi (toʻlqinlar R.si, kuchlanish R.si, toklar R.si). Tebranish konturida tok kuchi faza jihatdan tashqi elektr yurituvchi kuchga teng kelib qolgan hollarda ham R. roʻy beradi.
R. aksariyat tabiatda kuzatiladi. Barcha inshootlar, binolar va mashinalar oʻz xususiy tebranishlariga ega. Shuning uchun tabiatda yuz beradigan davriy tashqi taʼsirlar ularda R.ni paydo kilishi mumkin. Mas, koʻprik ustidan poyezd oʻtganda yuz beradigan davriy zarb (silkinish) kuchlari taʼsirida R. paydo boʻladi. R. hodisasi koʻprik, poydevor, mashinalarga zararli taʼsir qiladi, hatto ularni buzib yuborishi ham mumkin. Shuning uchun R.ga qarshi maxsus tadbirlar koʻriladi, zarblarni yumshatkichlar, amortizatorlardan foydalaniladi. Radiotexnikada R. radiostansiyaning bir xil (zarur) signallarini boshqa (xalaqit) signallaridan ajratib olishga imkon beradi.
Ultratovush - chastotasi 1520103 Gs dan 10’ Gs gacha boʻlgan elastik tebranishlar va toʻlqinlar. U.ni past chastotali (1,5 104 Gs), oʻrta chastotali (105—107 Gs) va yuqori chastotali (107—10’ Gs) U.ga boʻlish mumkin.U tebranishlarni hosil qilishda maʼlum fizik hodisalarga asoslanib yasalgan U. Nurlatkichlari qurilmalaridan foydalaniladi. Mexanik nurlatkichlarda U. Tebranishlar gaz yoki suyuqlik oqimining mexanik energiyasi hisobiga sodir boʻladi. Elektromagnit nurlatkichlarning magnitostriksiya va pyezoelektr hodisalariga asoslangan turlari keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |