TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI Kafedra:_____________________________________________________________________
Mavzu:_____________________________________________________________________
Bajardi:____________________________________
Tekshirdi:____________________________________
Mustaqil ish
Taktil retsepsiyasi Tegish va bosimni sezish taktil sezgi deb ataladi. Terida tegish va bosimni sezadigan maxsus retseptorlar bor. Butun badanimizda tegishni va bosimni sezadigan 500 000 tacha retseptor bor: o‘rta hisob bilan olganda 1 sm teriga 25 ta retseptor to’g‘ri keladi. Ammo bu retseptorlar butun badanga bir tekis tarqalgan emas; terining ayrim qismlarida retseptorlar ko‘proq boladi. Taqqoslab ko‘rsatish uchun quyidagi misolni keltirish mumkin; boldirning 1 sm2 terisida 9-10 retseptor bo‘lsa, boshning 1 sm2 terisida 165-300 ta retscptor bor. Teri so‘rg‘ichlaridagi Meysner tanachalari, barmoqlarning uchlarida va labda ayniqsa ko‘p b o‘ladigan Merkll disklari tegish retseptorlari deb ataladi. Tukli teridagi soch (jun) tegishga ayniqsa sezgir b o ‘ladi. Buning sababi shuki, soch (jun) ildizi asab chigali bilan o ‘raladi va junga tegish o ‘sha chigalga o ‘tib, uni qo‘zg‘atadi.. Pachini tanachalari bosim retseptorlari deb hisoblanadi. Taktil retseptorlar uzoq vaqt turli ta’sirlovchilarga moslashadi - adaptatsiyalanadi, shu sababli bosimning o‘zi emas, balki faqat o ‘zgarishi seziladi
Mushuk oyoq kaftining yastiqchasiga yuk qo‘yilsa, retseptorda asab impulslari vujudga keladi, ulaming tezligi 250-300 impuls/soniyaga teng bo‘ladi. Bu impulsatsiya bir necha soniyaga cho‘ziladi va adaptatsiya boshlanishi tufayli to‘xtaydi. Odamda impulslar tezligi kamayishi bilan sezgi kuchi ham kamayadi. Teridagi har xil retseptorlarning adaptasiya tezligi har xil. Soch (jun) ildizi atrofidagi retseptorlar va Pachini tanachalari tezroq adaptatsiyalanadi. Adaptatsiya tufayli odam kiyimini faqat kiygan vaqtda yoki yurganda terisiga kiyim ishqalangan vaqtda uning bosimini sezadi. Terining tegishiga va bosimga hammadan ko‘p sezgir joylari til uchi bilan barmoqlardir; bo‘yin bilan orqaning sezgirligi hammadan kam bo‘ladi. Tegishni va bosimni sezadigan retseptorlar yordami bilan kelib chiqadigan sezgilar ancha aniq bo‘ladi, ammo bu ma’lumotlar hamisha boshqa sezgi a’zolari (ko‘z) bilan tekshiriladi. Boshqa sezgi a’zolari yetarlicha nazorat qilinmayotgan bo‘lsa, ba’zan noto‘g ‘ri tasavvur tug‘ilishi mumkin.
Bunga Aristotelning tajribasi misol bo‘la oladi. Bir-biriga chalishtirilgan ikki barmoq (odatda II va III barmoqlar) orasiga shar yumalatilsa yoki shu barmoqlar bilan burunning uchiga tegilsa, shar ham ikkita bo‘lib tuyiladi. Bunday taassurotning kelib chiqishiga sabab shuki, II barmoqning tashqi tomoni va III barmoqning ichki tomoni bilan odatdagi sharoitda hamisha ikki narsaga tegamiz. Barmoqlar holatining o‘zgarishi bir narsaning ikki narsa bo‘lib sezilishiga sabab bo‘ladi.
Taktil sezgini aniqlash usuli esteziometriya deyiladi.