Qadimgi davr madaniyati. Qadimgi Sharq madaniyatining tarixiy va davriy chegaralari. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi rivojidagi umumiylik va o‘ziga xos hususiyatlar, ularning jahon madaniyati tarixidagi o‘rni. Qadimgi Sharq madaniyatida an'analarning o‘rni va ahamiyati. Qadimgi Sharq dunyoqarashining o‘ziga xosligi. Madaniyatning eng qadimgi o‘chog‘i - qadimgi Messopotamiya jamiyatlari madaniyati. Yozma ilmiy va san'atga oid yodgorliklar (mixxat, zikkurat, matematika va astronomiya, "Gilgamish" haqidagi doston). Jahon madaniyatida Messopotamiya madaniyatining o‘rni va ahamiyati.
Qadimgi Misr madaniyatining shakllanish davri. Misr madaniyatida din, unga e'tiqodning belgilovchi o‘rni. Misrliklarning narigi dunyodagi hayot haqida tasavvurlari. Qadimgi Misr yozuvi, fani va san'ati: ehromlar, ibodatxonalar, rassomchilik, tibbiyot, ieroglif bitiklar, adabiy asarlar. Jahon madaniyati rivojlanishida qadimgi Misr madaniyatining o‘rni.
Qadimgi Hindiston madaniyati. Qadimgi xindlarda diniy dunyoqarash va ta'limotning o‘ziga xosligi. Braxmanizm-jamoani tabaqalashtirish. Birinchi jahon dini - Buddizmning shakllanishi. Moxinjo-Daro va Xarappa sivilizatsiyasi. Hind falsafasi va fanining hususiyatlari. San'at va adabiy asarlar (zinapoyasimon tosh ibodatxona, tasviriy san'at va xaykaltaroshlik, "Vedalar", "Mahobhorat", "Ramayana", "Panchatantra", dramaturgiya). Hindiston sivilizatsiyasining "oshkoraligi" va boshqa xalklar madaniyatlariga ta'siri.
Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi vujudga kelishining shart-sharoitlari va o‘ziga xos xususiyatlari. Xitoy madaniy dunyosining biqiqligi. Konfutsiychilik, daosizm, moizm va legizm kabi falsafiy ta'limotlarining paydo bulishi. Xitoy madaniyatining ijtimoiy-ahloqiy mazmuni. Yozuv, adabiyot, san'at yodgorliklari. Buyuk Xitoy devori. Buyuk ipak yo‘li. Xitoy madaniyatining qo‘shni xalqlarga ta'siri.
Qadimgi madaniyatni cho‘qqisi bo‘lmish Antik madaniyatning jahon madaniyatidagi o‘rni. qadimgi Yunon sivilizatsiyasining shakllanish va rivojlanish bosqichlari. Antik madaniyatda yangi shakldagi (ilmiy mantiq) fikrlashning vujudga kelishida siyosiy tuzumdagi demokratik jarayonning ta'siri. Antik davr falsafasi va dinining qadimgi Sharqqa nisbatan o‘ziga xosligi. Yunon afsonalari, Yunon madaniyatining plastik (nafis) xususiyatlari. Tasviriy san'at, me'morchilik, teatr, sportning antik madaniyatdagi o‘rni.
Qadimgi Lotin madaniyati. Qadimgi rimliklarni dunyoni idrok etish xususiyatlari. Respublika va Imperiya davri madaniyati. Tamoshalar va diniy e'tiqodlar. Qadimgi rimliklarning harbiy san'ati. Rim huquqi. Rimliklarning muhandislik inshootlari. Xaykaltaroshlik, me'morlik. Ellinistik madaniyatning Qadimgi Lotin madaniyatga ta'siri. Sharqdagi ellinistik markazlar. Antik madaniyat inqirozi va xristianlikni vujudga kelishi.
Qo'llaniladigan ta'lim texnalogiyalari: diologik yondashuv muammoli ta'lim, aqliy hujum, T-sxemasi, o'z-o'zini nazorat.
Adabiyotlar A1,A2,A3,A4,
Do'stlaringiz bilan baham: |