Uchinchidan, iqtisodiyotga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kengaytirish.
Bu – salohiyatli xorijiy sheriklar bilan faol hamkorlik qilish, ular bilan birga zamonaviy, xalqimiz ehtiyojiga mos, dunyo bozorida raqobatga bardosh bera oladigan mahsulotlar ishlab chiqarishni amalga oshirish demakdir.
Iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish nihoyatda muhim ahamiyatga ega. CHunki ishlab chiqarish fondlarini zamonaviy asbob-uskunalar, jihozlar va mexanizmlar bilan yangilab, ilg‘or texnologiyalarga o‘tish uchun mablaQ kerak. Xalq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgarishlar qilish, ko‘plab yangi korxonalar qurish, ishlab chiqarishning va bozor iqtisodiyotining infratuzilmasini rivojlantirish uchun ham mablag‘ kerak.
SHu bois xorij sarmoyasini iqtisodiyotga oqilona, qulay shartlar asosida jalb qilish zarurati kuchli.
YAngi jamiyat barpo etish jarayonida O‘zbekistonda chet ellik investorlarning manfaatlarini kafolatlaydigan, ularning tadbirkorlik faoliyatlari uchun ma’lum muddatga imtiyozlar beradigan tegishli qonunlar qabul qilinib zarur huquqiy baza yaratilmoqda. U muttasil kengayib boradi.
CHet elliklarga o‘zlarining korxonalarini ochishga, ma’lum shartlar asosida er osti boyliklarini qazib olishda ishtirok etishlariga ruxsat berilayotgani ham bu borada olib borilayotgan ishlar sirasiga kiradi.
Mamlakatimizda sifatli, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish qanchalik ko‘paysa, xalqimizning moddiy ehtiyojlari shunchalik qondiriladi, turmush farovonligi o‘sadi, davlatimizning iqtisodiy qudrati oshadi.
To‘rtinchidan, mamlakat, eksport salohiyatini oshirish, uning xalqaro mehnat taqsimotida teng huquqli va o‘zaro manfaatli shartlar asosida ishtirok etishi, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko‘lamda integratsiyalashuvini yanada kuchaytirish. Bu – Vatanimizning dunyo bozoridagi o‘rni va nufuzini, fuqarolarimizning o‘z yurti iqtisodiy salohiyati va qudrati bilan faxrlanish tuyQusini yuksaltirish demakdir.
Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish bevosita jahon bozorida xaridorgir, raqobatga bardosh bera oladigan mahsulotlar ishlab chiqarish bilan boQliq. O‘tmishdan qolgan oQir meros – bu iqtisodiyotimizning asosan xom ashyo etkazib berishga mo‘ljallangani va sanoat korxonalari texnologiyasining qoloqligi, ularning serharakat sifatsiz ishlab chiqarish vositalari bilan jihozlanganidir. Bunday texnologiyasi eski korxonalar mahsuloti jahon bozorida raqobatga bardosh bera olmaydi. SHu bois mamlakatimiz hozircha chetga ko‘proq xom ashyo chiqarishga majbur bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatda uning eksport salohiyatini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. Mahsulot sifati va narxining ma’qulligi bilangina jahon bozoridagi mavqeni mustahkamlab olish, doimiy sheriklar va xaridorlar topish mumkin. SHundan keyingina xalqaro mehnat taqsimotida teng huquqli ishtirok eta olamiz. Lekin mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish uchun nafaqat an’anaviy mahsulotlar hajmini ko‘paytirishimiz, balki ilgari O‘zbekistonda ishlab chiqarilmagan mahsulotlarni o‘zlashtirib, eksport qilishga erishmoq lozim. Bizda esa bunday imkoniyat yuksakligini qisqa muddatda avtomobilsozlik sanoati vujudga kelgani, avtomobillarimizni xorijga sotayotganimiz va shunga o‘xshash boshqa misollar ko‘rsatib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |