Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Ommaviy axborot vositalari va g‘oyaviy ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari (OAV)



Download 1,01 Mb.
bet31/186
Sana15.09.2021
Hajmi1,01 Mb.
#175010
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   186
Bog'liq
Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Ommaviy axborot vositalari va g‘oyaviy ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari (OAV). OAV - eng asosiy, qudratli va ta’sirchan mafkura vositasidir. Ommaviy axborot vositalari - axborotni keng jamoatchilikka etkazib beruvchi matbuot, radio, televidenie kabi vositalarga nisbatan ishlatuvchi tushuncha. Ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayoti, fuqarolar faoliyatiga ta’siri nihoyatda kuchliligidan ularga nisbatan «to‘rtinchi hokimiyat» atamasi ham qo‘llanadi.

Ommaviy axborot vositalari ommaning o‘ziga xos tarbiyachisi, muhim tadbirlarning tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning ta’sirchan quroli bo‘lib xizmat qiladi. Aynan ommaviy axborot vositalari orqali milliy qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g‘oya va demokratik tamoyillar targ‘ib-tashviq qilinadi. Ommaviy axborot vositalari doimo demokratiya va so‘z erkinligining o‘ziga xos o‘lchovi, ko‘rsatkichi bo‘lib kelgan. Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik taraqqiyotni rag‘batlantiradi va mustahkamlaydi.

OAVlarning ta’sir kuchi unda beriladigan materiallarning xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, berilayotgan materiallarning tezkorligiga, tahliliylik darajasiga alohida e’tibor beriladi.

Ommaviy axborot vositalarida materiallar ayni paytda qanday auditoriyaga mo‘ljallangani bilan ham ajralib turadi hamda iste’molchining yoshi, jinsi, bilim darajasi, dunyoqarashi, milliy diniy mansubligi kabi omillarini hisobga olgan holda tuziladi.

Q.Nazarovning fikricha, tarqalganlik doirasi, qamrov darajasiga qarab mahalliy, umummilliy, mintaqaviy ommaviy axborot vositalarini farqlash lozim bo‘ladi. Ayni paytda bugungi kunda global miqyosda faoliyat ko‘rsatayotgan va ta’sir doirasi katta bo‘lgan telekanallar va axborot agentliklari borligini ham ta’kidlash zarur7.

Ijtimoiy hayotga ta’siri haqida gap ketganda, ommaviy axborot vositalari kuchi jamiyat hayotidagi dolzarb masalalarni ko‘tarib chiqishida, uning samarali echimlarini topishga urinishida, mavjud muammolarga jamiyat a’zolari diqqatini jalb qilishida, davlat organlari faoliyatini nazorat qilib borishida ko‘rinadi. SHu ma’noda u xalqni hokimiyat bilan bog‘lovchi vosita, mexanizm sifatida chiqadi.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida zamonaviy texnik uskunalar, keng va chuqur fikrlovchi kadrlarga ega bo‘lgan, yangicha mazmun-mohiyat kasb etadigan ommaviy axborot vositalari faoliyati uchun hamma sharoitlar yaratildi. O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarining huquqiy poydevori barpo etildi. O‘zbekiston Konstitutsiyasida ommaviy axborot vositalarining erkinligi, qonunga muvofiq ish yuritishi, senzuraga yo‘l qo‘ymasligi (67-modda) belgilab qo‘yildi. Bugungi kunda mamlakatimizda xususiy ommaviy axborot vositalari faoliyat yurita boshladi. Dunyoning turli mamlakat-laridan mustaqil ravishda axborotlar olish imkoniyati yuzaga keldi. OAV faoliyatini tartibga soluvchi bir qator qonunlar qabul qilindi.

1996 yil 26 avgustda Oliy Majlis tomonidan «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida», «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida» qonunlar qabul qilindi. 1997 yil 24 aprelda «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida», 1997 yil 26 dekabrda «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida» qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarining demokratik jamiyatga xos huquqiy asoslarini belgilab berdi. Bugungi kunda mamlakatimizda 490 ta gazeta va 138 ta jurnal ro‘yxatga olingan. 1996 yil may oyida O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasi ham tashkil qilindi.

1996 yilning may oyidan boshlab respublikamizda AQSHda joylashgan jahondagi yirik kompyuter tizimi «Internet» bilan aloqa o‘rnatib, undan eng muhim yangiliklarni qabul qilib olishning yo‘lga qo‘yilgani O‘zbekiston axborot vositalari tarixida ulkan yangilik bo‘ldi. «Internet»ning 50 million abonenti bo‘lib, jahondagi eng yirik axborot markazlari unga a’zo bo‘lishgan. U butun dunyo bo‘yicha turli sohalardagi yangiliklar qabul qilib oladi hamda ana shu yangiliklarni o‘z abonentlariga tez va aniq etkazib beradi... 1996 yil 7 mayda «O‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida televidenie va radioning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmon qabul qilindi.

Unda O‘zbekiston Davlat televidenie va radioeshittirish Qo‘mitasi O‘zteleradiokompaniyaga aylantirildi. Umuman, OAV mustaqillikni mustah-kamlash, xalqqa tezkor va ob’ektiv xarakterdagi axborotlarni etkazib berish minbariga aylandi.

Ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantirish, milliy istiqlol mafkurasini xalqimiz, avvalo yosh avlod ongiga singdirishda alohida o‘rin tutadi. Ular Ma’naviy-ma’rifiy islohotlar jarayoni, bu boradagi muammolarni, jamiyat hayotining turli qirralarini tezkorlik bilan aks ettiradigan eng samarali vositadir. «To‘rtinchi hokimiyat» hisoblangan OAVlari turli xil fikrlar, rang-barang qarash va yondashuvlarga keng yo‘l ochib berishi, hayotimizda yuz berayotgan yangilanish va o‘zgarishlarga odamlarning ongli munosabatini uyg‘otishi, xolislik va haqqoniyat tamoyillariga tayanib faoliyat yuritishi lozim.

Prezident Islom Karimov 2002 yil 29 avgustda Oliy Majlis 9-sessiyasidagi «O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlari yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari» ma’ruzasida belgilab berilgan 7 ta ustuvor yo‘nalishlardan biri, to‘rtinchi yo‘nalishda bevosita inson huquqlari va erkinliklarini, so‘z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda o‘tkazilayotgan islohotlar-ning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarni so‘zda yoki qog‘ozda emas, amaliy hayotda joriy qilish zarurligini belgilab berdi.

Bunda axborot sohasini jadal rivojlantirish, ommaviy axborot vositalari - matbuot, radio - televidenie faoliyatini erkinlashtirish fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish jarayonining uzviy tarkibiy qismiga aylanishi zarurligi aytib o‘tildi. Bunda Prezidentimiz tomonidan «Ommaviy axborot vositalari sohasida iqtisodiy munosabatlarning asoslari to‘g‘risida», «Teleradio faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarni qabul qilish zaruriyati haqida ham fikr yuritdi.1

Ommaviy axborot vositalari jamiyatda yuz berayotgan voqea-hodisa-larni haqqoniy yoritish talab etiladi. Negaki, bordiyu berilayotgan xabarlar, ayniqsa xorijiy mamlakat xususiy teleradiokompaniyalari tomonidan uzatilayotgan noxolis ko‘rsatuv va eshittirishlar fuqarolar siyosiy ongiga boshqacha ta’sir etishi mumkin. SHu boisdan ham Prezidentimiz Islom Karimov 2005 yil 12-13 may kunlari Andijon shahrida ro‘y bergan voqealar munosabati bilan 14 may kuni Oqsaroy qarorgohida, 17 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida mamlakatimiz va chet el jurnalistlari hamda diplomatik korpus vakillari uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanlaridagi bayonotlar va muxbirlarning savollariga javoblari har qanday insonni befarq qoldirmaydi8. SHuningdek, davlatimiz rahbari 2005 yil 25 may kuni Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi bilan jo‘nab ketish oldidan Toshkent aeroportida ommaviy axborot vositalari uchun bergan intervyusi Andijondagi bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalarga ob’ektiv baho berdi. Albatta buni talaba-yoshlar siyosiy ongiga etkazish bugungi kunning talabidir.




Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish