Demokratik hukukiy davlatda g‗oyalar beruvchi, ijodkorlar uchun keng yo‗l ochiladi.
Binobarin, aytish mumkinki, ishlab chiqarishni yuksaltirish, O‗zbekistonning buyuk davlatga
aylanishida ijodkorlar, olimu-fuzalolarning beg‗araz mehnati, ijodiy izlanishlarning ijobiy natijalari xalq
xo‗jaligining barcha tarmoqlariga o‗z vaqtida tatbiq etilganda, uning mualliflari ham moddiy va
ma‘naviy rag‗batlantirilsa, ijobiy natija berishi turgan gap. Lekin bu sohalar ham puxta ishlangan
qonunlarni talab qiladi.
Bu jarayonlarning hammasi inson faoliyati bilan bog‗langan bo‗lib, biri ikkinchisisiz yashay
olmaydi. Ularning birortasini ham nazardan chetda qoldirib bo‗lmaydi. Pirovard natijada hukuqiy
demokratik davlatning paydo bo‗lishi asta-sekinlik bilan, tadrijiy yoki evolyusion yo‗l bilan
takomillasha boradi. Uni tashqaridan zo‗rlab u yoki bu mamlakatga kiritib bo‗lmaydi. Demokratik
huquqiy davlat qurilishi tabiiy va zaruriy ravishda amalga oshadi. Ana shunday holat Respublikamizda
asta-sekinlik bilan paydo bo‗layotir.
SHu ma‘noda huquqshunos olimlarimiz barcha jarayonlarni yuksak ma‘naviy jihatdan mushohada
qilishga yanada ko‗proq e‘tiborlarini qaratsalar, ularni hayotga tatbik etishni ko‗rsatsalar jamiyatimiz
yanada olg‗a qarab rivojlanadi. Ma‘naviyat va huquqni, hayotni, harakatni, mushohada qilib, his etish
ham olijanoblikdir. Uni to‗g‗ri, xolisona baholaganlar hayot lahzalarida qoqilmaydilar.
Ma‘lumki, Vatanimiz bundan deyarli bir yarim asr muqaddam o‗z mustaqilligini yo‗qotib chor
Rossiyasiga qaram bo‗lib qoldi. Bu o‗tgan yillar xalqimiz uchun engil, hur va farovon yillar bo‗lib
o‗tmagan. Hatto yaqin yillar: "sotsializmning o‗rnatilishi", "rivojlangan sotsializm" va nihoyat
saksoninchi yillar ham oson kechmadi. Bu yillarda ma‘naviyat so‗zi ishlatilmadi ham. "G‗oyalar" esa
kommunistik mafkurada edi. Aniqrog‗i, oxirgi 70 yil ichida kommunistik mafkura hukmronlik qilib
keldi, bu mafkura zulm va zo‗ravonlikka, soxtalikka asoslangan edi. Respublikamiz Prezidenti
I.A.Karimov "Tafakkur" jurnalining bosh muharriri bergan savollarga javob berar ekan, "jamiyatimiz
mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etishi"ni ta‘kidladi. Mafkura bo‗lmasa jamiyat
taraqqiyoti olg‗a bosmaydi. CHunki, jamiyatdagi davlat o‗zini to‗g‗ri yo‗lini yo‗qotadi. Unda
mafkuraviy bo‗shliq yuzaga kelib, jamiyat qurilishiga yot bo‗lgan begona mafkura egallaydi. Bu esa
mag‗lubiyat degani. Tarixdan ham ma‘lumki, xudbinlik qilgan yovuzlar xalqimizning ma‘naviyatiga
salbiy ta‘sir qilib keldilar. Ma‘naviy jihatdan zaiflashtirishga, xalqimizning qaddini bukishga harakat
qildilar. Bular bizning xotiramizdan ko‗tarilmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |