69
konsepsiyasini ishlab chiqdilar. Bu konsepsiyada o‗z yo‗limizning shart-sharoiti va zaminlari,
O‗zbekistoi demokratik va ijtimoiy adolat jamiyati ekanligi, O‗zbekistoi - kelajagi buyuk, mustaqil,
demokratik, hukuqiy davlat, bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan millati, dini, ijtimoiy ahvoli,
siyosiy e‘tiqodidan qat‘iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta‘minlab beradigan davlat
ekanligi ilmiy- nazariy jihatdan asoslab berildi.
Konsepsiyada milliy manfaatlarning ustivorligi va teng huquqligi, hamkorlikka asoslangan tashqi
siyosatning mohiti, ijtimoiy jihatdan yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mustaqil
O‗zbekistonning ichki sissatining negizi ekanligi, bunda inson manfaatlariga qaratilgan mehnatni
rag‗batlantirish, kuchli mexanizmiga ega bo‗lgan va aholining ijtimoiy nochor bo‗lgan qatlamlarini
davlat yo‗li bilan himoya qilish, mamlakat rivojlanishining ma‘naviy-ahloqiy negizlari bo‗lgan
umuminsoniy qadriyatlariga sodiqlik, xalqimizning ma‘naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish,
insonning o‗z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi, vatanparvarlik kabi bosh g‗oyaviy tamoyillar
ta‘riflab berildi. Xalqning ma‘naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish mamlakatda davlat va
jamiyatning eng muxim vazifasi ekanligini ko‗rsatib berildi.
SHunday qilib, YUrtboshimiz rahnomoligida erkni qo‗lga kiritgan halqimiz u kishi rahnomaligida
o‗z taraqqiyot yo‗lining, yangi jamiyat bunyod etishning o‗z andozalari xisoblangan bosh g‗oyalar
tizimiga ham ega bo‗ldilar. Biz milliy davlatga hos bo‗lgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy kamolot va
taraqqiyot yo‗li orqali, barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga asoslangan demokratik,
hukuqiy davlatni, fuqarolik jamiyatini, xalqning munosib turmushini, huquqi va erkinligini
kafolatlaydigan, milliy qadriyatlarimiz va ma‘naviyatimizni qayta tiklash, insonning ma‘naviy-ahloqiy
barkamolligini ta‘minlashiga xizmat qiladigan jamiyatni qurishga kirishdik.
Milliy istiqlol mafkurasinipg nazariy asoslarining takomillashuvida 1992 yili 8 dekabrda qabul
qilingan O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‗ldi.
Mazkur Konstitutsiya bevosita I.A. Karimovning fuqaro huquqi mafkurasi, davlat va uning
funksiyalariga oid qarashlari asosida tayyorlandi. Bunda 12-modda bilan Respublikadagi ijtimoiy xayot,
siyosiy institutilar, mafkuralar va fikrlarning xilma xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura
davlat mafkurasi sifatida o‗rnatilish mumkin emasligi deb belgilab qo‗yildi. Bu milliy mafkuramizning
naqadar demokratik va gumanistik xarakterga ega ekanligini qonunga ko‗ra belgilab berdi.
O‗zbekiston Konstitutsiyasi inson g‗oyasini chuqur va keng ifodalagan muhim xujjatdir. Unda
inson, uning hayoti va erki, sha‘ni, qadr-qimmati va boshqa huquq, erkinliklari muqaddas hisoblanib,
davlat himoyasidadir, deyilgan. Unda inson huquqi davlat huquqidan ustun turadi. YUrtboshimiz
aytganlaridek davlat, uning barcha organlari, mansabdor shaxslar inson manfaatlari va hukuqlari, uning
tinch-totuv hayoti va kelajagini tashkil etish va himoyalash kabi ulug‗vor maqsadlarga xizmat qilmog‗i
lozim.
Asosiy qonunda belgilab qo‗yilganidek Respublikamizning barcha fuqarolari bir xil hukuk va
erkinliklarga ega. Ayni vaqtda unda yagona fuqarolik o‗rnatilgan. Haqiqatda ham Prezidentimiz
aytganlaridek, har bir shaxs faqat bir davlatning fukarosi bo‗la oladi. Ikki davlat fuqaroligiga mansublik
achinarli holdir.
Do'stlaringiz bilan baham: