Inson omili to‗g‗risidagi dastlabki g‗oyaviy-siyosiy qarashlar:
47
Ma‘lumki, ma‘naviy umuminsoniy qadriyatlar fuqarolik jamiyatining muhim zaminini tashkil
qiladi. Umuminsoniy qadriyatlar o‗zining mazmuni, mohiyati, keng miqyosda amal qilish, dunyodagi
ko‗plab xalqlar, elatlar, millatlarning o‗tmishdagi, hozirgi davrdagi va istiqboldagi taraqqieti bilan uzviy
aloqadorlikda ekanligi, o‗zida jahon sivilizatsiyasining yaxlit va bir butunligini ifodalaganligi bilan
mintaqaviy, milliy qadriyatlardan tubdan farq qiladi.
Aytish joizki, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bir-biri bilan bevosita bog‗liqdir. Ularning har
ikkalasi bir-biriga ta‘sir etadi, biri ikkinchisini to‗ldiradi, mazmunan va mohiyatan boyitadi.
Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad, intilishlarining
yaxlitligi, umumiyligini ifodalaydi. Milliy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlardan ajratib olib, unga
mahliyo bo‗lib ketish, o‗z millatini maqtash, uning tarixi, madaniyatini ideallashtirish boshqa millat
vakillarining milliy tuyg‗ulari va nafsoniyatlariga birmuncha tegib ketadi. Bu milliy tuyg‗ular
millatchilik va "shovinistik" tuyg‗ulariga aylanib ketishi mumkin. SHuning uchun ham bu masalada
hushyorlik, nazokat, insof, diyonat, kamtarlik, me‘yordan chiqib ketmaslik, o‗zga millat kishilari tili,
madaniyati, tarixi, an‘ana va udumlarini astoydil hurmat qilish talab qilinadi. Zero, mamlakatimizda
bironta ham xalq; va millat o‗zidan boshqa xalqlar, millatlardan, umumiy jahon sivilizatsiyasidan
ajralgan holda tarixga ega emas. Milatlararo boshqa xalqlarning yutuqlaridan foydalanmay turib
rivojlana olmaydilar. Barcha xalqlarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma‘naviy rivojlanish
tarixi bir-biri bilan uyg‗unlashib ketgan. SHuning uchun ham har bir millat o‗z doirasida
cheklanib qolmay, boshqa millatlar va xalqlar bilan birgalikda taraqqiy etadi. Agar biror millat
boshqa millatlar bilan umumiy xususiyatlarga ega bo‗lmaganda, iqtisodiy, madaniy, siyosiy
aloqada bo‗lmaganda, ulardan o‗rganmagan va o‗zidagi yutuqlarni boshqalar bilan baham ko‗rmaganda
edi, bunday millat jahon sivilizatsiyasining samaralaridan foydalana olmagan
bo‗lardi. Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek: "Bizning milliy xususiyatlarimiz
umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‗lanib ketgan. Asrlar davomida xalqimiz umumbashariy,
umuminsoniy kadriyatlar takomilda ulkan xissa ko‗shgan. Turli millat vakillariga xurmat,
ular bilan baxamjixat yashash, diniy bag‗rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, o‗zga
xalqlarning ilg‗or tajribalari va madaniyatini o‗rganish kabi xususiyatlar xam xalqimizda azaldan
mujassam".
SHu nuqtai nazardan qaraydigan bo‗lsak, xalqlarning ulug‗vorligi milliy mahdudlikda emas, balki
umuminsoyaiy xususiyatlarga ega ekanligida, jahon sivilizatsiyasiga qo‗shgan hissasidadir. Milliy
manfaatlarni, milliy qadriyatlarni umuminsoniy manfaatlar va qadriyatlarga qarama-qarshi qo‗yish,
millatlararo munosabatlar taraqqiyotiga salbiy ta‘sir o‗tkazadi. Bir millatning manfaat va qadriyatlari
boshqa millatnikidan ajralmagan holda o‗rganilishi kerak. Mamlakatimizda yashovchi har bir millat va
elat singari o‗zbek xalqining ham o‗ziga yarasha ajoyib moddiy, ma‘naviy, tarixiy qadriyatlari bor.
Ularni oqilona, xolisona o‗rganish O‗zbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining
shakllanishi iqtisodiy, madaniy, ma‘naviy taraqqietining asosiy shartlaridan va konstitutsiyaviy-huquqiy
kafolatlaridan biridir.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarga mamlakatimizda yashayotgan barcha
xalqlarning an‘analari va urf-odatlari, dini, tili va madaniyati hurmat qilinadigan yagona mafkura,
dunyoqarash hukmronlik qilmaydigan, so‗z va vijdon erkinligi, umuminsoniy qadriyatlar va
insonparvarlik kafolatlanadigan, ilm-ma‘rifat va barkamol inson kamol topadigan demokratik huquqiy
davlat va fuqarolik jamiyat qurishning demokratik qadriyatlar va tamoyillar shakllanishini
ta‘minlaydigan qonun va qoidalarning kiritilishi Uzbekistoyada fuqarolik jamiyatining kelajak
maqsadlarini belgilab berdi. Zero, O‗zbekistonda fuqarolik jamiyati sharoitida Markaziy Osiyoning
suveren davlatlari o‗rtasida "Turkiston - umumiy uyimiz" g‗oyasiga asoslangan millatlararo
48
munosabatlarda umuminsoniy va ma‘naviy qadriyatlardagi millatlararo totuvlik, erkinlik, inson
salomatligi, ijtimoiy adolat, qonun oldida tenglik, axxl qo‗shnichilik, har bir shaxsning yashash, bilim
olish, keksayganda ijtimoiy himoyalanish imkoniyatlari va u haqda g‗amxo‗rlik qilish, mehnatsevarlik
va har kim o‗z ijodiy imkoniyatlarini namoyon qilish imkoniyatlari, ezgulik, yaxshilik qilish, tinchlik,
do‗stlik, halollik, vatanparvarlik, o‗zidan kattalarni, ota va onani hurmat qilish, farzandlar haqida
g‗amxo‗rlik qilish, vijdon, burch, baynalmilolchilik va boshqalar har bir xalq, millatning ma‘naviy
qadriyatida o‗ziga xos ravishda namoyon bo‗lishini ko‗ramiz
Do'stlaringiz bilan baham: |