Ilmiy kashfiyotlar ham mafkura rivojiga katta ta‘sir o‗tkazadi. Zamonaviy fan yutuqlari,
jumladan, kosmonavtika, kibernetika sohasidagi olamshumul yangiliklar, klonlashtirish, insonning gen-
nasl xaritasini aniqlash kabi buyuk kashfiyotlar odamlar tasavvurini keskin o‗zgartirmoqda.
Ayni vaqtda yuksak ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, globallashuv jarayonlari, bir tomondan, inson
aql-idrokining imkoniyatlariga, kelajakka ishonchni orttirayotgan bo‗lsa, ikkinchi tomondan, Xirosima,
Nagasaki, CHernobil fojialari, ommaviy qirg‗in qurollari, ekologik halokatlar, ma‘naviy tanazzul kabi
umumbashariy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.
SHunday ekan, ilm-fan va madaniyat borasidagi yutuqlardan oqilona foydalanish uchun ham
jamiyatga sog‗lom g‗oya, sog‗lom mafkura kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |