Mafkuraning diniy ildizlari deganda, u inson ongi va ruhiyati bilan uzviy bog‗liq ekani va shu
bois uning g‗oyaviy ildizlari diniy ta‘limotlarga borib taqalishi tushuniladi. YA‘ni, ko‗pgina
mafkuralarda Avesto, Veda va Upanishadlar, «Zabur», «Tavrot», «Injil» va «Qur‘on» kabi ilohiy
kitoblarda zikr etilgan ezgu g‗oyalar muayyan darajada o‗z ifodasini topganini ko‗ramiz.
Xitoy xalqining taraqqiyot yo‗lini asoslab bergan Kon-fu-siy va Lao-szining ta‘limotlari ham
diniy qarashlarga asoslangan edi. Bu ta‘limotlar asrlar mobaynida Xitoy xalqining milliy mafkurasi
bo‗lib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |