Mafkuraviy profilaktika – xilma-xil shakllarda ijtimoiy institutlar tomonidan amalga
oshiriladigan g‗oyaviy-tarbiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma‘naviy ishlar majmui, ya‘ni ta‘lim-
tarbiya tizimini qamrab oladi.
Mafkuraviy immunitet tarkibi:
1. mafkuraviy bilim;
2. his-tuyg‗u;
3. iroda;
4. ko‗nikma;
5. malakalar
Ma‘naviyat, axloq - odob va ma‘rifat mohiyatan mushtarak tushunchadir. Ma‘naviyatni axloq
- odobsiz va ma‘rifatsiz, ma‘rifatni esa ma‘naviyatsiz va axloq - odobsiz tasavvur qilib bo‗lmaydi.
Ular o‗z tabiati va mohiyatiga ko‗ra botinan bir - biri bilan chambarchas uzviy bog‗liq hamda
yaxlit tizimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |