almashishlari yutuqlar garovidir. SHunday munosabat bilan ishlab chiqilgan qonunning umri uzoq
bo‗lishi tabiiydir. Ayniqsa, umumiy, ijtimoiy-siyosiy normalar ma‘naviyat bilan uzviy aloqada,
o‗zaro ta‘sirda bo‗lgandagina samaralidir.
Demokratik huquqiy hujjatlar o‗z shakli va mazmuni jihatidan, demokratik bo‗lib davlat va
fuqarolar o‗rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Ular ma‘naviy holatning davlat idoralari va jamoat
tashkilotlari faoliyatlarida qo‗llashda ustuvor bo‗lib boraverishida yordam beradi. Bu esa huquqiy
demokratik davlatni mustahkamlashga olib keladi. SHu o‗rinda aytish kerakki, hayotning o‗zi turli
korxonalar, tuman va viloyatlardagi davlat idoralarining adolatli ish yuritishini ta‘minlash uchun
shularga oid qonunlar ishlab chiqilishini talab etmoqda. Bu qonunlarda markaz faoliyati bilan tuman,
shahar, viloyatlar faoliyatlari aloqadorligi o‗z aksini topishi kerak. Ularning har biriga oid bo‗lgan
imtiyoz va mas‘uliyatlar borki, ular ilmiy hal etilib, qonunlar orqali mustahkamlanishi lozim. Bu
o‗rinda, davlat rahbar xodimlarining ma‘naviyat maqomi ham nazardan chetda qolmasligi kerak.
Qonunlarning mukammalligi ta‘minlansa ulkan samara berishi tabiiy. Ayniqsa, demokratik
huquqiy davlatda qonun va tartibot ta‘minlanmasa, u davlatning yutuqlarga erishib, olg‗a yurishi shubha
ostiga qoladi, aks holda, jinoyatchilik ko‗payadi. YUridik ta‘limni yo‗lga qo‗yish, huquqiy bilimlarga
ega bo‗lish, har bir xodim va fuqaroning burchi bo‗lmog‗i lozim. CHunki, fuqarolar siyosiy
jarayonlarda va davlatni boshqarish ishlarida qatnashadilar. Siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari,
harakatlar, yoshlar tashkilotlari, turli xil xayriya va ijodiy jamg‗armalarda, aksionerlik birlashmalarida
shu fuqarolar ish yuritadilar. Demak, bu sohalarda ham qonunlar qabul qilinib, ularni takomillashtirish
hozirgi davr talabidir.
Huquqiy yo‗nalishlar va huquq normalari xalqaro tajribalardan kelib chiqilsa, O‗zbekistonning
tanlab olgan yo‗li, avvalo xalqimiz urf-odatlari, uning yuksak ma‘naviyati nuqtai-nazaridan o‗rganilib
ishlab chiqilsa va hayotga tatbiq etilsa, kamchiliklarning oldi olingan bo‗ladi. Ta‘lim-tarbiya,
ma‘naviyatni, ma‘rifatni yuksaltirish, milliy uyg‗onish jarayonlarini yuzaga keltirish ham dolzarbdir.
Buning uchun oila, bog‗cha, maktab, o‗rta, oliy ta‘lim, akademiya tizimi, ilmiy tadqiqot institutlari
faoliyati diqqatdan chetda qolmasligi aynan zarurdir. YUksak ma‘naviyat shu maskanlarda shakllanadi.
Demak, ular o‗rtasidagi munosabatlarning dialektik jarayonlari hisobga olingan holda qonunlar qabul
qilish demokratik jarayonlarni shakllanishidagi omillardandir. SHu bilan bir qatorda fuqarolarning
mehnat qilishi, uy-joy ta‘minoti, dam olishlari, ish haqlari, nafaqa olishlari, ularning dahlsizligi,
erkinligi kabi tomonlari borki, bular ham haqiqiy, demokratik huquqiy davlat barpo etishdagi dialektik
jarayonlarning elementlaridir. Binobarin, inson huquqlarini va yuksak ma‘naviyatini shakllantirishni
ta‘minlash moddiy ishlab chiqarishning samarali bo‗lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |