Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


qirish shart emas. Uning madaniyatini, san‘atini, tilini yo‗q qilsang bas, tez orada o‗zi tanazzulga



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/257
Sana22.10.2020
Hajmi1,61 Mb.
#49875
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   257
Bog'liq
strategiya

qirish shart emas. Uning madaniyatini, san‘atini, tilini yo‗q qilsang bas, tez orada o‗zi tanazzulga 
uchraydi»,-deb  aytishi  ashaddiy  dushmanlik  siyosati  edi.  Bunday  yovuz  so‗zlar  Skobelev  singari 
kimsalar  tomonidan  faqat  bir  marta  emas,  balki  minglab  marotaba  aytilganligiga  ishonchimiz  komil. 
Bunga misol qilib, XX asrning 80-90 yillardagi «o‗zbeklar ishi», "Rashidoщvina" haqidagi fikrlarni olsa 
ham bo‗ladi. 
Ma‘naviyat va siyosat shaxslar va davlatning muhim ish yuritish xislatlarini qamrab oladi. Ularni 
o‗z  o‗rnida  tushunish, ularning  ilmiy  mohiyatiga  e‘tiborni  qaratish amaliy  faoliyatda yutuqlar  garovini 
belgilab beradi. 
O‗zbekiston  Respublikasida  huquqiy  davlat  barpo  etish  zamonimizning  konstitutsiyaviy  oliy 
maqsadi qilib qo‗yilgan va bu mazkur yo‗nalishda jiddiy amaliy ishlar olib borilayotir. Ma‘naviyat va 
huquq  ham turli  boshqa  sohalar kabi  dialektik  xarakterga  ega.  SHu bois hukukiy davlat dialektikasini 
kichik  bir  jarayonlari  haqida,  so‗z  yuritar  ekanmiz,  avvalo  ma‘naviyat  va  huquqga  dialektik 
yondashuvning xarakteri  nima? Dialektik yondashuvning  xususiyati  shundaki, u eski  fikrlar,  qarashlar, 
harakatlarni  o‗zaro  munosabatini  aniqlab,  ularga  har  tomonlama  yondashuvni  taqozo  etadi  deyish 
mumkin. 


56 
 
Dialektika  mazkur  jarayonlarni  izohlabgina  qolmay,  balki  huquqiy  va  ma‘naviyat  sohalarni  ham 
turli  tomondan  ifodalaydi.  Ularning  qonun  va  qonuniyatlar  mohiyatini  echib,  mukammal,  ilmiy  bilim 
berishta  harakat  qiladi.  SHu  ma‘noda  aytish  lozimki,  dialektika  ma‘naviy  va  huquqiy  jarayonda  hisob 
qilingan  inson  bilimlarining  ilmiy  yakuni  va  inson  amaliyotining  keyingi  rivojlanishini  ko‗rsatib 
beruvchi  nazariy  asos  hamdir.  Ammo  sobiq  ittifok  davrida  shu  masalaga  ham  sinfiy  yondoshishga 
harakat  qilindi,  bu  ayniqsa  hukuq  sohasiga  taalluqlidir.  Ming  bora  shukronalar  bo‗lsinki,  hozir  esa 
insonlar  tafakkuri  o‗zgarib  bormoqda.  Huquqning  mohiyatini  eskicha  tushunish  ham  o‗z-o‗zidan 
barham  topmoqda.  Huquqni  haqiqiy  tushunish,  ma‘naviyatni,  ruhiyatni,  diniy  e‘tiqodlarni  sirli  olam 
mo‗‗jizalarining  faoliyatini  to‗g‗ri  tushunishga  yordam  beradi.  Jumladan,  demokratik  huquqiy  davlat 
rivojlanishida  ham  minglab qarama-qarshi jarayonlar borki, ularning ba‘zilarini tahlil  qilish bizningcha 
o‗rinsiz  emas.  Ma‘lumki, huquqiy  davlat to‗g‗risida uzoq yillardan  beri  fikr yuritib kelinadi.  Ko‗pgina 
mamlakatlarda  bu sohada  ozmi-ko‗pmi  yutuqlarga erishildi va  erishimoqda. O‗zbekiston  mustaqillikka 
erishgan  shu  qisqa  vaqt  ichida  ayniqsa,  bozor  munosabatlariga  o‗tish  davrida,  demokratik  huquqiy 
davlatni barpo etish yo‗lida ancha-muncha ishlarni amalga oshirdi, 500 ga yaqin qonunlar qabul qilindi. 
Demokratik  huquqiy  davlat  qurishning  nazariy  asoslari  va  yo‗l-yo‗riqlari,  uning  amaliy  tomonlari 
O‗zbekiston  Konstitutsiyasida  (1992)  ko‗rsatildi.  I.A.Karimovning  «Donishmand  xalqimizning 
mustahkam  irodasiga  ishonaman»  nomli  intervyusi,  "O‗zbekiston-kelajagi  buyuk  davlat",  "Buyuk 
kelajagimizning huqukiy kafolati", "Xalqimizning yo‗li  mustaqillik, ozodlik va tub islohotlar yo‗lidir", 
"O‗zbekistonning siyosiy-ijtimoiy  va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari" kabi asarlarida huquqiy 
jarayonlarning tamoyillari keng yoritildi. 
Ularda  demokratik  huquqiy  davlat  shakllanishining  asosiy  sohalari  qamrab  olingan.  Ta‘kidlash 
lozimki,  demokratik  huquqiy  davlatni  barpo  etish,  faqat  qonunlar  qabul  qilish  bilan  chegaralanib 
qolmaydi.  Bu  jarayon  xalqimizning  yuksak  ma‘naviyatli  bo‗lishi  bilan  bog‗liq.  Avvalo,  xalqimiz 
yaratgan boy ma‘naviy kamolot qirralaridan foydalanib, shular asosida yosh avlodni tarbiyalash, axloqli, 
odobli,  mehnatsevar,  baynalminal  va  vatanparvar,  mustaqil  vatanga  sodiq  avlodni  o‗stirish  lozim. 
Binobarin, jamiyatda demokratik jarayonlarni  shakllantirish  eski dunyoqarashini o‗zgartira olmaydigan 
xodimlar  bilan  amalga  oshmaydi.  Eski  dunyoqarashdagi  kamchiliklarni  sezadigan,  uning  ijobiy 
tomonlarini  hayotga  tatbiq  etadigan,  yangicha  huquqiy  va  siyosiy  tafakkurlaydigan,  etuk  ma‘naviyatli 
xodimlar  talab  qilinadi.  Demak,  endi  mustaqil  O‗zbekistonning  o‗ziga  xos  mutassaddi  institutlari, 
ijtimoiy  sohadagi  akademiyalari  bo‗lishi  zarur.  CHet  ellardagi  bilimlar,  tajribalar  olinib,  u  bilimlarni 
O‗zbekistonga  moslab  tatbiq  etish  zarur.  Buning  uchun  aql-zakovatli  mutaxassislar  kerak.  O‗z 
mutaxassisligining  ustasi  bo‗lgan  kadrlar  jamiyat  boyligidir.  Endilikda  vatan  va  xalqning  manfaatini 
o‗ylovchi, islohotlarni to‗g‗ri tushunadigan insonni tarbiyalash asosiy maqsad bo‗lmog‗i darkor. 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish