To„lov ittifoqi
- milliy valyutalarning o‗zaro almashinuvi va hisob-kitobda yagona pul birligining
amal qilishi.
Umumiy bozor
- bunda uning qatnashchilari o‗zaro erkin savdoni amalga oshirish va yagona
tashqi savdo siyosati o‗tkazish bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin xarakati ta‘minlanadi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi
- Iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli bo‗lib, bunda Iqtisodiy
integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari Iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o‗tkazish
bilan birga uyg‗unlashadi.
Eksport
– tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo‗lib, bunda mazkur mamlakatda ishlab
chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
Import
– chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga kiritish.
Reeksport
– qandaydir mamlakat ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tovarlarni o‗z iste‘moli uchun
emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun sotib olishi.
Reimport
– iste‘molchi mamlakatdan reeksport tovarlarni sotib olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |