Multipliqator samarasi
- bu sof milliy mahsulotdagi o‗zgarishning yalpi sarflardagi o‗zgarishga
nisbati.
Iqtisodiy mutanosiblik
- Iqtisodiyotning turli tomonlari va soxalari o‗rtasida miqdor va sifat
o‗lchamlarning mos kelishlik darajasi.
Iqtisodiy manfaatlar
- iqtisodiy kategoriya bo‗lib, ular ishlab chiqarishning alohida
qatnashchilari (individlar, ularning guruhlari, sinfiy birlashmalari) o‗rtasidagi ishlab chiqarish
munosabatlarida ifodalanadi.
Moddiy rag„batlantirish
– insonni uning mehnat natijalaridan kelib chiqib, ish haqi, mukofot
shakllarida taqdirlashdir.
Ma‟naviy rag„batlantirish
– insonni uning faoliyat natijalari asosida orden, medal, faxriy yorliq,
hurmat taxtasiga kiritish kabi shiakllarda taqdirlashdir.
YAkka shakldagi manfaat
- bir kishining ehtiyojlarini ifoda etuvchi manfaatlar majmuidir
Jamoa manfaati
– kishilar guruhi, korxona va firmalarga tegishli manfaatlar majmuidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |