Bozor infratuzilmasi
– ayirboshlash munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasaviy tuzilmalardir.
O„tish davri
– bir Iqtisodiy tizimdan boshqasiga, mavjud Iqtisodiy munosabatlardan butunlay
boshqa, yangi Iqtisodiy munosabatlarga o‗tish taqozo qilinadigan davrdir.
Bozor islohotlari
– bozor Iqtisodiyotini va bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan
chora-tadbirlar majmuidir.
Iqtisodiy islohotlar
– Iqtisodiyotda tub (yoki qisman) o‗zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan
tadbirlardir.
Iqtisodiy uklad
– turli mulkchilikka asoslangan xo‗jalik yuritishning shakllari va turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |