128
Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassalarning majburiyatlari
pul sifatida foydalanadi.
Pul operatsiyalarining asosiy ko`pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan
moliyaviy aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli muomalada bo`lgan pul miqdorini
hisoblash uchun M1 ...Mn pul agregatlari yoki tarkibiy qismi tushunchasidan foydalaniladi.
Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida hisoblanadi:
Mo –naqd pullar;
M1qMoQ tegishli hisob varakalaridagi pul qoldiqlari, mahalliy byudjetlar mablag`lari, byudjet,
jamoat va boshqa tashkilot mablag`lari;
M2 q M1 Q xalq (jamg`arma) banklaridagi muddatda omonatlar.
M3 q M2 Q chiqarilayotgan sertifikatlar Q aniq maqsadli zayom obligatsiyalari Q davlat zayom
obligatsiyalari Q xazina majburiyatlari.
Barcha pul agregatlari yig`indisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi.
Pulning tarkibiy qismlarida naqd pullar – metall va qog`oz pullardan iborat bo`ladi. Naqd pullar
bozor iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlarda umumiy pul massasining 5-7 foizni, bozor
iqtisodiyotiga o`tayotgan mustaqil hamdo`stlik davlatlarida 30–35% ni tashkil qiladi.
Pulga talab – bu bitimlar uchun (Pt) va aktivlar tomonidan pulga talab (Pa) ni o`z ichiga oladi.
Aholi o`zlarining hisoblariga navbatdagi pul oqimi kelib tushguncha, kundalik ehtiyojlari uchun
qo`llarida etarli pulga ega bo`lishi zarur. Korxonalarga ish xaqi to`lash, material, yoqilg`i sotib
olish va shu kabilar uchun pul kerak bo`ladi. Shu barcha maqsadlar uchun zarur bo`lgan pul bitim
uchun pulga talab deyiladi. Bitim uchun zarur bo`lgan pul miqdori nominal yalpi milliy mahsulot
(YaMM) hajmi bilan aniqlanadi, ya'ni u nominal YaMM ga mutanosib ravishda o`zgaradi. Aholi
va korxonalarga ikki holda bitim uchun ko`proq pul talab qilinadi: narxlar o`sganda va ishlab
chiqarish hajmi ko`payganda.
Kishilar o`zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, korporatsiya
aktsiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab turish mumkin. Demak, aktivlar
tomonidan pulga talab ham mavjud bo`ladi.
Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda o`zgaradi. Foiz
stavkasi past bo`lsa, kishilar ko`proq miqdoridagi naqd pulga egalik qilishni afzal ko`radi.
Aksincha, foiz yuqori bo`lganda pulni ushlab turish foydasiz va aktivlar shaklidagi pul miqdori
ko`payadi. Shunday qilib, pulga bo`lgan umumiy talab, aktivlar tomonidan pulga bo`lgan talab va
bitim uchun pulga bo`lgan talabning miqdori bilan aniqlanadi.
Inflyatsiya, uning mohiyati va turlari
Inflyatsiya makroiqtisodiy beqarorlikning ko`rinishlaridan biri hisoblanadi.
Inflyatsiya tushunchasi birinchi marta g`arbiy Amerikada, (1861-1865 yilllardagi fuqarolar
urushi davrida) ishlatila boshlagan va qog`oz pul muomalasining ko`payib ketishi jarayonini
bildirgan. Iqtisodiy adabiyotlarda inflyatsiya tushunchasi XX asrda, birinchi jahon urushidan
keyin keng tarqaldi.
Inflyatsiya – bu qog`oz pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining
o`sishidir.
Inflyatsiya bozor xo`jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqarish nomutanosibliklari
tug`diradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir.
qog`oz pul tovarlarga, oltinga va o`z qadrini, barqarorligini saqlab qolgan chet el valyutalariga
nisbatan qadrsizlanadi.
Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan aniqlanadi. Masalan, iste'molchilik
tovarlariga narx indeksi 1998 yil 113, 6; 1999 yil - 118,3 ga teng bulsa, inflyatsiya sur'ati
quyidagicha bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: