127
engillatishi mumkin, chunki u odatda kelgusida foiz stavkasining oshishi va qarzlar umumiy
miqdorining o`sishi bilan bog`liq.
Xo`jalik hayoti baynalminallashuv jarayonlarining tez o`sishi, xalqaro kreditning jadal
rivojlanishi natijasida davlat o`ziga zarur bo`lgan moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun, bo`sh
pul mablag`larining milliy chegaradan tashqaridagi manbaalaridan faol foydalanadi. Buning
natijasida tashqi qarz vujudga keladi.
Shunday qilib, davlat zarur moliyaviy resurslarini ham ssuda kapitallarining milliy bozoridan
va ham tashqi bozoridan qarz oladi.
Xalqaro kreditning tez o`sishi kapitalning mamlakatlararo migratsiyasi, mamlakat va regionlar
iqtisodiy o`zaro bog`liqligining chuqurlashuvining muqarrar natijasi hisoblanadi. Xalqaro kredit
moliyaviy resurslarni ham xususiy sektorning ehtiyojlarini qondirish, ham davlat byudjeti
taqchilligini qoplash uchun jalb qilish imkoniyatini sezilarli kengaytiradi. Shu bilan birga tashqi
qarzlarning o`sishi bir qator boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Ulardan asosiy, milliy
vositalar bilan nazorat qilib bo`lmaydigan ham kreditor va ham debitor mamlakatlar
iqtisodiyotining kuchayib boruvchi bog`liqligi hisoblanadi.
Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari.
Pulga bo`lgan talab va pul taklifi.
Pul muomalasi - bu tovarlar aylanishiga hamda notovar xarakteridagi to`lovlar va hisoblarga
xizmat qiluvchi nakd pullar va unga tenglashtirilgan aktivlarning harakatidir. Naqd pul
muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar
cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to`lov talabnomalari kabilar yordamida
amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo`lgan pul
massasi ularni qo`shish yo`li bilan aniqlanadi.
I.
Pul muomalasi o`ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning
qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini aniqlash va shunga
muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.
II.
Muomalani ta'minlash uchun zarur bo`lgan pul miqdori quyidagilarga bog`liq.
III.
Muayyan davrda, aytaylik bir yil davomida sotilishi lozim bo`lgan tovarlar summasiga.
Tovarlar qancha ko`p bo`lsa va narxi baland bo`lsa, ularni sotish va sotib olish uchun shuncha
ko`p pul birligi talab qilinadi.
IV.
Pul birligining aylanish tezligiga.
V.
Pul bir xil bo`lmagan tezlik bilan aylanish qiladi. Bu ko`p omillarga, jumladan ular
xizmat qilayotgan tovarlar turiga bog`liq.
VI.
Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori puldan to`lov vositasi vazifasidan
foydalanishga ham bog`liq. Ko`pincha tovarlar qarzga sotiladi va ularning haqi kelishuvga
muvofiq keyingi davrlarda to`lanadi. Demak, zarur pul miqdori shunga muvofiq miqdorda
kamayadi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to`lash vaqti
boshlanadi. Bu pulga ehtiyojni ko`paytiradi.
Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori quyidagi
formula bo`yicha aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: