Yung osti mumi spirtlari. Lanolinni oddiy gidrolizlash bilan, ya‘ni ishqorning konsentrlangan ajratmasi bilan gidrolizlab olinadi. Bu yo‘l bilan olingan aralashma tarkibida etarli miqdorda holesterin spirtini saqlab kolish mumkin. Preparat tarkibi (urtacha ko‘rsatkichlar buyicha): 30% holesterin, 25% triterpenlar, 15% atsiklik diollar va 25-30% aniq bo‘lmagan moddalarni tashqil qiladi. CHet ellarda yung osti mumi spirtidan tarkibida yuqori miqdorda suv saqlaydigan emulsion surtma dorilar asoslarini olishda keng ishlatiladi. Masalan, murakkab suvli surtma dori. Britaniya farmakopeyasidan topish mumkin. Dastlab eritma tayyorlab olinadi, 3 g yung osti mumi spirti va 12 g parafin, 5 g vazelin va 30 g vazelin moyi olinadi: bunda korpus hosil bo‘ladi, keyin 50 ml suv bilan aralashtiriladi.
XNIXFI ning ko‘rsatmasi buyicha (1968) yung osti mum spirti bilan surtma dorilar asoslari shu tarkibda va xuddi shu tartibda tayyorlanadi, faqat parafin serezin bilan aralashtiriladi. Bu surtma dori asosi ko‘pgina dorivor moddalar xossalariga mos keladi (reaksiyaga kirishmaydi). Bu spirtni saqlash jarayonida uni oksidlanishdan saqlash maqsadida qaytaruvchilar (antioksidant) qo‘shiladi.
Holesterin. Holesterin yung osti mumi spirtning tarkibini asosiy qismini tashqil etadi. Holesterin yuqori darajada emulsiyalash va teri orqali o‘tkazuvchanlikni oshirish xususiyatiga ega. CHuchka yog‘i teri osti yog‘iga 10% miqdorida qo‘shilsa, gidrofillanish (suv shimish, xullanish) xususiyatini 218% gacha, sarik vazelinga qo‘shilsa, 235% gacha gidrofillash kobiliyatini oshirish mumkin.
Absorbsion surtmalar. Bu surtmalar ham gidrofob xossali bo’lib, ular teriga surtilish davomida eksudatni o’ziga absorbsiyalash (emulgirlash) xossasiga ega bo’ladi.
Gidrofob va absorbsion surtmalar uchun ishlatiladigan asoslar
1. Gidrofob asoslar: ular tarkibida juda kam miqdordagi suv yoki dori moddalarining suvli eritmalarini suvning moydagi emulsiyasi ko’rinishida saqlagan uglevodorodlar yoki suvning moydagi emulsiyalari bo’lishi mumkin (vazelin, lanolin yoki junli mumli spirtlar)
2. Gidrofil asoslar: ular tarkibida qo’shimcha ravishda emulgirlangan suv yoki dori moddalarining suvli eritmalarini saqlagan suvning moydagi yoki moy-suv-moy ko’rinishidagi emulsiyalardan iborat (vazelin va suvli lanolin).
Gidrofil surtmalar. Bu surtmalar giperosmolyar xossali bo’lib, ular katta miqdordagi eksudatlarni absorbsiya qilish imkoniyatiga egadir.
Tvin emulgatori Tvinlar spanni etilenoksidi bilan qayta ishlashda, natriy gidroksidi katalizatorligida olinadi. Eterifikatsiya jarayoni erkin guruhi bor joyda boradi. qanday span eterifikatsiya reaksiyasiga kirishganligiga, etilen oksidi bilan polimerlanishi darajasiga qarab quyidagi tvinlar farmatsiyada ishlatiladi (12-jadval) Tvinlar suvda yaxshi eriydi, organiq erituvchilarda sterilizatsiya paytida parchalanmaydi.Tvinlar birinchi marta 1958 yilda Rossiya ilmiy tekshirish instito‘tida organiq yarim o‘tkazuvchilardan va buyoklardan sintezlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |