Argentometriya usuli
2.1.82. Argentometriyaning Fayans usulida kaliy yodidni (Mr. 166,01)
miqdoriy tahlil reaksiya tenglamasini keltiring. Indikatorni ko‘rsating (nomini,
formulasini, ta’sir mexanizmini, titrlash oxirgi nuqtasidagi rang o‘zgarishini).
77
A. Kaliy yodidni titrlash uchun 15,0 ml 0,1 mol/l kumush nitrat (K=1,01)
eritmasi sarflanishi uchun, kerak bo‘ladigan kaliy yodid aniq tortimini va
ekvivalent molyar massasini, aniqlanuvchi modda bo‘yicha titrini aniqlang?
B. 0,3320 g kaliy yodid tortimini titrlash uchun sarflanadigan 0,1 mol/l
kumush nitrat (K=1,02) eritmasi hajmini aniqlang ?
V. 0,3046 g kaliy yodid tortimini titrlash uchun 18,2 ml 0,1 mol/l kumush
nitrat (K=0,99) eritmasi sarflangan bo‘lsa, kaliy yodidni quruq moddaga
nisbatan (%) miqdorini hisoblang. Quritishdagi massa yo‘qolishi 0,8%.
2.1.83. Argentometriyaning Folgard usulida natriy bromidni (Mr. 102,90)
miqdoriy tahlil reaksiya tenglamasini keltiring. Indikatorni ko‘rsating (nomini,
formulasini, titrlash oxirgi nuqtasidagi rang o‘zgarishini).
A. Natriy bromidni titrlash uchun 20,0 ml 0,1 mol/l kumush nitrat (K=0,98)
eritmasi sarflanishi uchun, kerak bo‘ladigan natriy bromid aniq tortimini va
ekvivalent molyar massasini, aniqlanuvchi modda bo‘yicha titrini aniqlang?
B. 0,2046 g aniq tortimga qo‘shilgan 30,0 ml 0,1 mol/l kumush nitratni
(K=0,99) ortiqchasini titrlashga sarflanadigan 0,1 mol/l ammoniy radonid
(K=1,02) eritmasi hajmini aniqlang ?
2.1.84. Argentometriyaning Fayans usulida kaliy xloridni (Mr. 74,56)
miqdoriy tahlil reaksiya tenglamasini keltiring. Indikatorni ko‘rsating (nomini,
formulasini, titrlash oxirgi nuqtasidagi rang o‘zgarishini, ta’sir mexanizmini).
0,9976 g kaliy xloridni 50,0 ml o‘lchov kolbasida suv bilan eritib
belgisigacha yetkazilganda, olingan 5,0 ml alikvotni titrlash uchun sarflanadigan
0,1 mol/l kumush nitrat (K=0,98) eritmasi hajmini, ekvivalent molyar massasini,
aniqlanuvchi modda bo‘yicha titrini aniqlang?
2.1.85. Argentometriyaning Mor usulida natriy xloridni (Mr. 58,44)
miqdoriy tahlil reaksiya tenglamasini keltiring. Indikatorni (nomini, formulasini,
titrlash oxirgi nuqtasidagi rang o‘zgarishini, ta’sir mexanizmini), titrlash
sharoitini ko‘rsating.
0,9024 g tortim olindi va 25,0 ml hajmli o‘lchov kolbasiga solinib,
belgisigacha suv quyilib eritildi. Hosil bo‘lgan eritmadan olingan 2,5 ml
78
alikvotni titrlash uchun 15,2 ml 0,1 mol/l kumush nitrat eritmasidan (K=1,01)
sarflangan bo‘lsa, natriy xloridning ekvivlent molyar massasini, aniqlanayotgan
modda bo‘yicha titrini va tortim tarkibidagi miqdorini hisoblab toping.
2.1.86. Davlat Farmakopeyasiga ko‘ra tiotsianatometriya usulida kumush
nitrat (Mr. 169,87) ning miqdorini aniqlashning reaksiya tenglamasini keltiring.
Indikatorni ko‘rsating (nomi, formulasi, titrlashning oxirgi nuqtasidagi rang
o‘zgarishi).
Ekvivalent molyar massani, aniqlanayotgan modda bo‘yicha titrini, massasi
0,3264 g bo‘lgan kumush nitrat tortimini titrlash uchun sarflangan 0,1 mol/l li
ammoniy rodanid (K-0,99) hajmini hisoblang.
2.1.87. Argentometriy usulida fenobarbital (Mr. 232,24) miqdorini
aniqlashning reaksiya tenglamasini keltiring. Titrlashning oxirgi nuqtasini
topishning o‘ziga xosligini ko‘rsating.
Ekvivalent molyar massani, aniqlanayotgan modda bo‘yicha titrini, massasi
0,2132 g bo‘lgan tortimni titrlash uchun sarflangan 0,1 mol/l li kumush nitrat
(K=1,02) hajmini hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |