Vazir
F.G‘. Nazirov
182
O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligining
2002 yil 29 dekabrdagi
583-sonli buyrug‘i bilan
TASDIQLANGAN
Dorixona muassasalarida tayyorlanadigan dori
turlarining sifatini baholash bo‘yicha
qo‘llanma
Ushbu qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi "Dori vositalari va
farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida"gi qonunining 5 moddasiga muvofiq ishlab
chiqildi.
U dorixona muassasalarida tayyorlanadigan, qadoqlanadigan dori
turlarining sifatini baholash va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan og‘ish
me’yorlarini belgilaydi hamda dorixona muassasalarida ko‘rsatma sifatida
foydalaniladi.
1. Dorixona muassasalarida tayyorlanadigan dori turlarining sifat darajasi
amaldagi me’yoriy Farmakopeya maqolalari, O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari va yo‘riqnomalari talabi asosida
sifatni belgilovchi kompleks (uyg‘un) ko‘rsatkichlar bilan baholanadi.
2. Tayyorlangan dori turlarining sifatini baholashda "qoniqarli" (yaroqli
mahsulot) yoki "qoniqarsiz" (yaroqsiz mahsulot) - degan terminlardan
(so‘zlardan) foydalaniladi.
3. Tayyorlangan dori turlarining sifati organoleptik usulda va o‘lchov
asboblaridan foydalanib aniqlanadi.
4. Tayyorlangan dori turlarining sifati quyidagi hollarda "qoniqarsiz"
(yaroqsiz mahsulot) deb baholanadi:
4.1. Tavsifi bo‘yicha (tashqi ko‘rinishi, rangi, hidi) talabga mos
kelmaganda.
183
4.2. Tiniqligi va eruvchanligi bo‘yicha talabga mos kelmaganda.
4.3. Suvda parchalanishi bo‘yicha talabga mos kelmaganda.
4.4. Surtma, shamchalar va kukun dorilar tarkibidagi kukunsimon dorilarni
maydalik va aralashish darajasi bir xil bo‘lmaganda.
4.5. Tarkibida mexanik qo‘shilmalar va yot moddalar bo‘lganda.
4.6. Chinligi bo‘yicha talabga javob bermaganda :
- bir dori vositasi ikkinchisiga yanglishib, almashtirib qo‘yilganda;
- retseptda yozilmagan dori vositasi qo‘shib tayyorlanganda;
- retseptda yozilgan dori vositasi qo‘shilmaganda;
- farmakologik ta’siri bo‘yicha o‘xshash dori vositasi o‘rniga boshqasi
qo‘shilsa, lekin bu o‘zgartirish haqida retseptda, yorliqda yoki talabnomada
tegishli yozuv bo‘lmaganda.
4.7. Tayyorlangan dori turi retseptda ko‘rsatilgan miqdordan hajmi yoki
og‘irligi bo‘yicha farq qilganda;
- dorining umumiy hajmi yoki og‘irligi farq qilganda;
- alohida olingan dori vositalarining dozasi yoki soni farq qilganda;
- dori vositalarining alohida olingan miqdori og‘irlik bo‘yicha farq
qilganda.
4.8. pH ko‘rsatkichi bo‘yicha talabga mos kelmaganda;
4.9. Zichligi bo‘yicha talabga mos kelmaganda;
4.10. Sterilligi bo‘yicha talabga mos kelmaganda;
4.11. Mikrobiologik tozaligi bo‘yicha talabga mos kelmaganda;
4.12. Sterillangan dori vositalari yaxshi kavsharlanmaganda;
4.13. Tayyorlangan dori turlarini tashqi bezashda amaldagi buyruq talablari
buzilganda.
5. Tayyorlanadigan dori turining tarkibi amaldagi Farmakopeya maqolalari
va O‘zbekiston Respublikasi SSVning buyruqlarida ko‘zda tutilgan hollarda
yoki faqat shifokor ruxsati bilan zarur bo‘lganda o‘zgartirilishi mumkin. Bunda
retseptda, yorliqda yoki talabnomada tegishli o‘zgartirish yozib qo‘yilishi kerak,
aks holda tayyorlangan dori vositasi "qoniqarsiz" deb hisoblanadi.
184
6. Bemorga beriladigan dori vositaning miqdori(soni) retseptda ko‘rsatilgan
miqdordan o‘zgartirilganda, kukun dori o‘rniga tabletka berilganda retsept yoki
talabnomada o‘zgartirish to‘g‘risida yozib qo‘yilishi kerak.
7. Dorixonada tayyorlangan dori turlarida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan
og‘ish me’yorlarini (farqini) aniqlashda ishlatiladigan o‘lchov asboblari, dori
vositalarini tayyorlashda ishlatilgan asboblar bilan bir xil klassda bo‘lishi kerak.
185
Ilova 2.
Do'stlaringiz bilan baham: |