Mustaqil ishlash uchun masalalar:
3.3.1. Askorbin kislotasining solishtirma nur burish ko‘rsatkichi toping.
Agar uning 2% suvli eritmasining kyuveta qalinligi 20 sm bo‘lganida nur burish
burchagi +0,96º ga teng bo‘lsa.
3.3.2. Glyutamin kislotasi solishtirma nur burish ko‘rsatkichi bo‘yicha
farmakopeya maqolasi talabiga javob beradimi? Agar uning 5% li tekshiriluvchi
namunasining suyultirilgan xlorid kislotadagi eritmasi kyuveta qalinligi 1 dm da
nur burish burchagi +1,48º ga teng bo‘lsa.
3.3.3. 5% li glyutamin kislotasi suyultirilgan xlorid kislotadagi eritmasida
nur burish burchagini toping, agar solishtirma nur burish ko‘rsatkichi
farmakopeya maqolasiga binoan +32º, kyuveta qaliligi esa -20 sm teng.
3.3.4. Apomorfin gidroxloridning solishtirma nur burish burchagini toping,
agar uning tahlili uchun 0,75 g aniq tortimni 50 ml 0,02 mol/l li xlorid
kislotasida eritilgan bo‘lsa. Tayyor bo‘lgan eritmaning nur burish burchagi
kyuveta qalinligi 3,0 dm bo‘lganda -2,2º teng.
3.3.5. 5% li atropin sulfatning suvdagi eritmasining burish burchagining
mumkin bo‘lgan yuqori chegarasini hisoblab toping, agar solishtirma nur burish
ko‘rsatkichi kyuvetaning qalinligi 20 sm da -0,6º tashkil qiladi.
3.3.6. Digitoksini quruq moddaga nisbatan hisoblaganda, uning solishtirma
nur burish ko‘rsatkichini toping, agar 0,25 g digitoksinni 25 ml xloroformda
eritib, kyuveta qalinligi 20 sm da o‘lchanganda nur burish burchagi +0,44º teng.
Tahlil qilinayotgan digitoksin namunasining quritishda og‘irlik yo‘qotishi 1,0 %
ni tashkil qiladi.
3.3.7. 0,5% kortizon atsetatning atsetondagi eritmasining nur burish
burchak intervalini toping, agar solishtiirma nur burish burchagining
farmakopeya maqolasi talabiga binoan +178 dan 194º gacha bo‘lishi kerak.
Kyuveta qalinligi – 20 sm.
164
3.3.8. Glyukozani quruq moddaga nisbatan nur burish burchagini toping,
agar uni 1,25 g tahlil namunasining 25 ml suvdagi eritmasi kyuveta qalinligi 10
sm da +2,56º teng. Quritishdagi massa yo‘qotishi 1,54% tashkil qiladi.
3.3.9. farmakopeya maqolasi talabiga binoan 10 % li mentol eritmasining
(95% li etanoldagi) solishtirma nur burishi -49º dan -51º bo‘lishi kerak.
Mentolning nur burish burchagining mumkin bo‘lgan oralig‘ini hisoblab toping.
Kyuveta qalinligi – 20 sm.
3.3.10. 95% li etanoldagi levomitsetinning 5% li eritmasining nur burish
burchagining oralig‘ini toping, agar solishtirma nur burish burchagining
farmakopeya maqolasi talabiga binoan +15º dan +20º gacha.
3.3.11. Kamfaraning solishtirma nur burish burchagini toping, agar 50 ml
95% li etanoldagi eritmasi kyuveta qalinligi 10 sm bo‘lganida nur burish
burchagi +13,2º teng.
3.3.12. Xinin gidroxlorid tuzining chinligini solishtirma nur burish
burchagining ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlang, agar 3% li tekshirilayotgan
moddaning 0,1 mol/l xlorid kislotasidagi eritmasining solishtirma nur burish
burchagi kyuveta qalinligi 3 dm -20,2º teng. Quritishdagi massa yo‘qotilishi –
9,2% ni tashkil qiladi.
3% li 0,1mol/l xlorid kislotasidagi eritmasining solishtirma nur burish
burchagi farmakopeya maqolasi talabiga binoan quruq moddaga nisbatan -245º
teng, xinin digidroxloridniki esa – 225º teng.
3.3.13. Xinin sulfatning quruq modddagi nisbatan solishtirma nur burish
burchagini hisoblab toping, agar 3% li 0,1 mol/l xlorid kislotadagi eritmasining
nur burish burchagi - 7,8º teng. Quritishdagi xinin sulfatning massa yo‘qotishi -
3,7% ni tashkil qildi.
3.3.14. Tetratsiklin hosilasi bo‘lgan dori moddasining solishtirma nur
burish ko‘rsatkichi orqali chinligini aniqlang, agar 0,25 g tahlil qilinayotgan
moddaning 25 ml 0,01 mol/l xlorid kislotadagi eritmasining nur burish burchagi
-2,68º teng, kyuveta qalinligi 10 sm ga teng. Quritishdagi massa yo‘qotishi 2,0
% tashkil qiladi.
165
3.3.15. Gentamitsin sulfat solishtirma nur burish burchagi ko‘rsatkichi
bo‘yicha farmakopeya maqolasi talabga javob berishini aniqlang, agar 1% li
eritmasining nur burish burchagi kyuvetaning qalinligi 20 sm bo‘lganida +2,12º
teng (+107º dan +121) º gacha bo‘lishi kerak.
3.3.16. 0,25% li ampitsillinning natriyli tuzini 0,02 mol/l gidroftalat
kaliydagi eritmasini solishtirma nur burish ko‘rsatkichini toping. Agar nur
burish burchagi kyuvetaning qalinligi 20 sm da +1,38 teng bo‘lsa. Olingan
natijani farmakopeya maqolasi talabiga binoan baholang (+258º dan 287º gacha
bo‘lishi kerak)
3.3.17. Kamforani solishtirma nur burish burchagi bo‘yicha chinligini
aniqlang, agar 10 % tahlil qilinayotgan moddaning 95% etanoldagi eritmasi
kyuveta qalinligi 20 sm da -7,8º teng bo‘lsa. Pixta moyi tarkibidagi chapga
buruvchi kamforaning solishtirma nur burish burchagining qiymati -39º dan -44º
gacha, skipidar tarkibidagi ratsemat xolidagi kamforaning esa -1,º dan +1,0º
gacha.
3.3.18. Qon o‘rnini bosuvchi “Poliglyukin” eritmasi tarkibidagi dekstrain
miqdorini aniqlang (X%). farmakopeya maqolasi talabiga binoan 5,5%-6,5%
gacha bo‘lishi shart, agarda tahlil qilinayotgan eritmaning nur burish burchagi
kyuveta qalinligi 30 sm bo‘lganda +34,38º teng bo‘ladi. Solishtirma nur burish
ko‘rsatkichi +199,3º teng.
3.3.19. Qon o‘rnini bosadigan polifunksional “Polifer” preparati tarkibidagi
dekstran miqdori bo‘yicha farmakopeya maqolasi talabiga javob berish-
bermasligini aniqlang (5,5%-6,6 gacha bo‘lishi kerak), agar 5,0 ml preparatni
100 ml hajmli o‘lchov kolbasiga o‘tkazib, suv bilan belgisigacha yetkazilib
kyuvetaning qalinligi 2 sm da eritmaning nur burish burchagi +2,14º teng bo‘lsa.
Dekstranning suvdagi solishtirma nur burish burchagi +199,3º teng.
3.3.20. Infuzion “Reopoliglyukin” eritmasining sifatini dekstan miqdori
bo‘yicha baholang (farmakopeya maqolasi talabiga binoan 9,5-10,5% bo‘lishi
kerak), agarda nur burish burchagi kyuvetaning qalinligi 30 sm da +58,72º teng
bo‘lsa.
166
Do'stlaringiz bilan baham: |