Toshkent farmatsevtika instituti farmatsevtik kimyo kafedrasi dori vositalarining fizika



Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/187
Sana06.02.2022
Hajmi2,96 Mb.
#433562
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   187
Bog'liq
dori vositlarini fizik kimyoviy taxlil usullari

Moddaning 
miqdorini 
aniqlash 
chegarasi 
(limit 
of 
quantitation).
Tegishli aniqlik va qaytaruvchanlikda moddaning miqdorini 
aniqlash mumkin bo‗lgan moddaning eng kam (minimal) miqdoridir. Moddaning 
miqdorini aniqlashning chegarasi tahlil qilinayotgan moddaning namunadagi 
konsentratsiyasi (foizlarda yoki 
rrm 
) bilan ifodalanadi. 
Ushbu o‗lcham namunadagi konsentratsiyasi juda kichik bo‗lgan 
moddaning miqdorini aniqlash usulini tavsiflaydi.(dori moddasidagi yoki dori 
shaklidagi yot aralashmalarni) va tahlil qilinishi lozim bo‗lgan moddaning 
miqdori kamayib boruvchi namunalarda, tegishli to‗g‗rilik darajasiga erishish 
mumkin bo‗lgan eng kam miqdoriy darajani aniqlash orqali o‗lchanadi. Bu 
o‗lcham vizual yoki uskunaviy usul bilan standart chetlanish kattaligi va 
kalibrlangan grafikdagi og‗ish burchagini xisoblash yo‗li bilan aniqlanishi 
mumkin. Ko‗pchilik xollarda modda miqdorini aniqlashning chegarasi, uni 
identifikatsiyalash chegarasi qiymatidan kamida ikki marta ko‗p bo‗ladi. 
Usulning analitik soxasi- tegishli to‗g‗rilik va qaytariluvchanlikni 
ta‘minlovchi, chiziqli bog‗lanish kuzatilgan, tahlil qilinayotgan moddaning 
konsentratsiyadagi yuqori va quyi chegaralari oralig‗idan iborat. Odatda usulning 
analitik soxasi xam tahlil natijalari ifodalangan birliklarda- foizlarda yoki million 
bo‗laklarda ifodalanadi. 
Usulning analitik sohasi aniqlanganda quyidagilarga e‘tibor qaratish 
lozim: 


41
- namunadagi yoki dori turidagi tahlil qilinayotgan moddaning miqdorini aniqlash 
uchun, aniqlanuvchi qiymatning 80-120 %; 
- «bir xilda dozalanganligi» ko‗rsatkichi uchun aniqlanuvchi qiymatning 70-
130% i; 
- me‘yoriy hujjatda keltirilgan «eruvchanligi» ko‗rsatkichini aniqlash uchun 
aniqlanuvchi qiymatning ± 20% i oralig‗ida; 
- dori moddasi tarkibidagi yot aralashmalarni aniqlash uchun aniqlanuvchi 
qiymatning 50-120% i oralig‗ida. 
Agar dori moddasining miqdori bilan uning tarkibidagi yot aralashmalar 
bir vaqtda aniqlanadigan bo‗lsa va buning uchun 100% li standart namunadan 
foydalanilsa, usulning analitik sohasi me‘yoriy hujjatda ko‗rsatilgan darajada 
uning 120% igacha oraliqda belgilanadi. 
Tizimning yaroqliligi - ko‗pgina analitik usullarning integral xosil bo‗lib, 
tahlilni bajarish sharoitida uning qay darajada ishonchli ekanligini ko‗rsatadi. 
Tizim yaroqliligining o‗lchamlari tahlil jarayonida ba‘zi bir ichki laboratoriya 
o‗zgarishlari bo‗lgan holatda ham usulning validligiga amal qilinishini 
ta‘minlaydi. Masalan YUSSX usulida tahlil qilinuvchi eritmaning barqarorligi
qo‗zg‗aluvchan fazaning rNi, uning tarkibi, kolonkalarning turi, harorat, oqim 
tezligi kabilar o‗zgarish ehtimolligi qo‗proq bo‗ladi. Laboratoriyalararo 
qaytariluvchanlik analitik usulning laboratoriyalararo qaytariluvchanlik darajasini 
ko‗rsatadi. 
Ayrim hollarda qaysi analitik tavsiflarni qo‗llash mumkin? 
Usulning validligini aniqlashni barcha tavsiflari xar doim qo‗llanilmay, 
xar bir ayrim holat uchun aniqlanishi lozim bo‗lgan tavsiflar tanlab oldinadi. 
Ammo qo‗llanma tariqasida quyidagi umumiy qoidalarga amal qilish talab 
etiladi. Farmatsevtik mahsulotni sifatini nazorat qilishda foydalanilgan usullarni 
quyidagicha tasniflash mumkin. 
Sinf 
A: 
Qadoqlanmagan 
dori 
moddalar 
xamda 
tayyor 
dori 
vositasi tarkibidagi ayrim ingradientlarni tekshirishga mo‗ljallangan usullar. 
Sinf V: Dori moddasi xamda dori turi tarkibidagi yot aralashmalar 
miqdorini aniqlashga mo‗ljallangan usullar. 
Sinf S: Dori moddasining yoki tayyor dori turidagi asosiy ingradientning 
miqdorini aniqlashda foydalanilgan usullar. 
Sinf D: Tayyor dori turining sifatini baholash uchun «Eruvchanlik», «bir 
holda dozalangan» kabi ko‗rsatkichlarni aniqlash maqsadida foydalaniladigan 
usullar. 
1-jadvalda tahlil usulining ko‗rsatilgan sinflardan qay biriga tegishli ekanligi 
ko‗rsatilgan. Ba‘zi bir hollarda usulning qaysi maqsadda qo‗llanilishiga ushbu 
qoidadan qisman chetga chiqish xam mumkin. 
Masalan V, S va D sinflarda jadvalga binoan usulning aniqligini belgilash 
lozim bo‗lgani bilan, bu talabga amal qilish turlicha bo‗lishi mumkin. Dori 
moddasini tarkibidagi yot aralashmalarni miqdorini aniqlaganda usulning aniqligi 
dori moddasining miqdorini aniqlash usulining aniqligiga nisbatan kamroq 
bo‗lishiga yo‗l qo‗yiladi, yoki usulning to‗g‗riligini belgilashda «bir xil 
dozalanganligi» ni (Sinf D) aniqlashdagi tegishli qiymatlar oralig‗idagi ma‘lum 


42
bir chetlanishga yo‗l qo‗yish mumkin, lekin dori turi tarkibidagi ingredientning 
miqdori aniqlanganda bunday chetlanish mumkin emas (Sinf S). 

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish