O„quv mashqiga rahbarlik. Komanda-shtab o„quv mashqi “boshliq o„z qaramog„idagilarni
o„qitadi” tamoyiliga asosan tashkil etiladi va olib boriladi. Barcha ishlarning tashkilotchisi
tarmoq fuqaro muhofazasi boshlig„i (rahbari)dir.
Tumanda komanda -shtab o„quv mashqini tayyorlash va o„tkazish bo„yicha barcha
ishlarning tashkilotchisi viloyat hokimi-fuqaro muhofazasi boshlig„i bo„lib, u o„quv mashqi
rahbari hisoblanadi.
O„quv mashqi rahbarining o„rinbosarlari va yordamchilari etib viloyat miqyosidagi fuqaro
muhofazasi xizmatlari, boshqarma boshliqlari yoki mashqga jalb etila yotgan tarmoqlarning
rahbarlari tayinlanadilar.
Mashqning rahbariyat shtabi - mashq rahbarining ko„rsatmasiga asosan mashqni
tayyorlash va o„tkazishni tashkillashtiradi.
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig„i rahbariyat shtabining boshlig„i -
mashq rahbarining o„rinbosari hisoblanadi. Tuman miqyosida o„tkaziladigan o„quv mashqi asosiy
hujjatlari viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanib, favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi
o„rinbosari bilan kelishiladi.
91
Komanda -shta b o„qu v ma shqi ko„p sonli ra hbariyat, ko ma nda la r ta rk ibi,
fu qa r o mu hofa za si xi zma ti, ev akoorganlar, ichki tuzilmalar bo„linmalari, rahbarlari jalb
etilga n yirik iqtisodiyot ta r moqlar ida o„tkazilganda, ta rmoq rahbari - fu qar o
mu hofa za boshlig„i faqat mashq o„tkazishga rahbarlik qilib, fuqaro muhofa zasi boshlig„i
vazifasini bosh muhandisga yoki o„zining muovinlaridan biriga topshiradi.
Komanda-shtab o„quv mashqini bevosita tayyorlash va o„tkazish tadbirlarini
bajaradigan bir yoki bir nechta tarqoq hududlarda joylashgan yirik tarmoklarda o„quv mashqi
rahbarining muovini (yordamchisi) tayinlanadi, rahbariyat shtabi tashkil etiladi va fuqaro
muhofazasi xizmati va tarmoq ichki tuzilmalar bo„linmalarining eng yaxshi tayyorgarlik
ko„rgan xodimlari hisobidan vositachilar tayinlanadi.
Rahbariyat shtabi o„quv mashqini yuqori darajada tashkil etish va sifa tli
o„tkazishni ta‟minlovchi eng kam miqdordagi zarur tarkibda tashkil etiladi. Uncha katta
bo„lmagan tarmoqlarda rahbariyat shtabi o„rniga ikkita -uchta odamdan tashkil topgan
boshqaruv guruhi tashkil etilishi mumkin.
O„quv mashqining rahbari o„quv mashqi o„tkazish uchun zarur bo„lgan dastlabki
ma‟lumotlarni va uning umumiy maqsadini aniqlaydi. Dastlabki ma‟lumotlar - mavzu, o„quv
mashqining maqsadi, mashq bosqichlari va ularning o„quv savollari (har bir o„qitilayotgan
bosqichda), o„qitilayotgan rahbarlar tarkibi va boshqaruv organlari, fuqaro muhofazasi xizmati,
mashq davomida belgilangan tadbirlarni bajarishga (ishlab chiqarish barqarorligini oshirish
masalalari, favqulodaa vaziyatlarning oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf etish) jalb etiluvchi
shtatdagi avariya-qutqaruv bo„linmalari, maxsus tuzilmalar, mashqning o„tkazish muddati, vaqti va
joydagi vositachilar tarkibi aniqlanadi.
O„kuv mashqi o„tkaziladigan joylarni tayyorlash borasidagi tadbirlar kerak bo„lganda
sharoitni va o„quv-moddiy bazasi miqyosini taqlid qilish uchun joy va vositalarni hisobga
olgan holda tuziladi.
Komanda-shtab o„quv mashqi savollarini ishlab chiqish uchun tinchlik davrida sodir
bo„lishi ehtimol favquloda vaziyatlarga va harbiy harakatlar davridagi zararlar miqdoriga
juda yaqinlashtirilgan ko„rgazmali murakkab sharoitlar yaratilishi lozim. U o„quv
mashqining qatnashchilarini faol va tashabbuskorona harakatlarga yondoshmog„i , ularni
izlanishga va maqsadga muvofiqroq qarorlar qabul qilishga, kuch va vositalar yordamida manevrlarni
amalga oshirshga majbur etmog„i, qo„yilgan vazifalarni, birinchi navbatda odamlarni qutqarish
bilan bog„liq ishlarni o„z vaqtida bajarish uchun barcha texnika va boshqa vositalaridan to„la
foydalanishga majbur etmog„i lozim.
Komanda-shtab o„quv mashqini olib borilayotganda rahbar uning reja bilan mutanosib
holda olib borilishiga, o„quv savollarini ishlab chiqish va amaliy tadbirlarning to„la hajmda
o„tkazilishiga, rahbariyat tarkibi tomonidan qaramog„dagilarga vazifalarni to„g„ri va aniq
qo„yilishiga alohida e‟tibor qaratmog„i lozim.
Amaliy tadbirlarni bajarish vaqtida ishchi-xizmatchilar va ularning oila a‟zolarini
muhofaza qilish bo„yicha hamda ishlab chiqarish barqarorligini oshirish bilan bog„liq eng muhim
epizodlarga ishlab chiqishning rahbari shaxsan o„zi o„tkazadi.
O„quv mashqi tugagandan so„ng o„rganuvchilarning harakatini baholaydi va yo„l
qo„yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo„yicha vazifalar qo„yadi.
Rahba r iyat shta b ( boshqaru v guru hi) ra hbarining ko„rsatmasiga binoan o„quv
mashqlarini tashkil etish, ularni tayyorlashni va o„tkazilishini ta‟minlaydi.
SHtab rahbariyati majburiyatlari jumlasiga rahbarning mulohazalariga asoslangan
o„quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, vositachilarni tayyorlashni tashkil qilish, barcha
qatnashchilarni, o„quv-moddiy bazasini, boshqaruv punktlarini, o„rganuvchilarning ish
joylarini, aloqa va xa bar berish vositalarini tayyorla shni na zorat qilish, o„ quv mashqini
olib borish jarayonida vositachilar ishini tashk il eta di, qa tna shchilarning haraka tla rini
u mumlashtiradi va baholaydi, xabarlar (si gnal)ning berilishi va uning joylarga tug„ri va aniq
etkazilishini nazorat qiladi, sharoitdan kelib chiqqan holda qaror qabul qilish uchun takliflar
tayyorlash, ularni rasmiylashtirilish ishlarini olib boradi.
92
Mashq
rahbarining ma‟ruzasida mavzu va o„quv mashqi masalalari,
qatnashchilarning tarkibi, ular harakat qilgan sharoit eslatib o„tiladi. So„ngra rahbariyat va
sardor-boshliqlar tarkibining ishi, ularning tez va mohirona qrorlar qabul qila olish mahoratlari,
qaramog„dagilarning harakatlariga rahbarlik qilishlariga hamda o„quv mashqi masalalarini ishlab
chiqish va mashq maqsadiga erishishning to„laligiga baho beriladi.
Muhokamani ish xaritasi, tasviriy chizmalar, grafiklar, jadvallar, qisob-kitoblar va
boshqa hujjatlar namoyish qilish orqali olib boriladi.
Umumiy muhokamagacha o„quv mashqida qatnashgan FVDT xizmatlari va
tuzilmalarining qisman muhokamalari o„tkazilishi mumkin. Ularni rahbarning o„rinbosarlari va
vositachilar o„tkazadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |