90
Ikki kecha-kunduzgacha davom etadigan kompleks o„quv mashql ari xodimlari soni
300 dan ortiq bo„lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda hamda 600 dan ortiq o„ringa ega
bo„lgan davolash-profilaktika muassasalarida 3 yilda bir marta o„tkaziladi.
Boshqa ta shkilotlarda 6 soatga cha davom eta diga n mash g„ulotlar 3 yilda bir
marta o„tkaziladi. Umumiy o„rta ta‟lim maktablari hamda boshlang„ich o„rta va oliy kasb-hunar
ta‟limi muassasalari o„quvchilari bilan mashg„ulotlar har yili o„tkaziladi.
Iqtisodiyot tarmoqlaridagi komanda-shtab o„quv mashqlari
Komanda-shtab o„quv mashqlari shahar, tuman FVDT xizmatlari, boshqaruv
organlari rahbarlari hamda evakuatsiya komissiyalari, avariya-qutqaruv bo„linmalari va
tuzilmalar boshliqlari tarkibini birgalikda o„qitish va tayyorligini tekshirishning asosiy
shakllaridan biridir.
Komanda-shtab o„quv mashqlarining mohiyati shundan iboratki, barcha mashq
qatnashchilari aholi va hududlar muhofazasini tashkil etish, tarmoq barqarorligini
ta‟minlash bo„yicha tarmoqda avariya, halokat, tabiiy ofat yoki zamonaviy qurollar tufayli sodir
bo„lishi mumkin bo„lgan favqulodda vaziyatlarda (uning miqyosini va texnologik
xususiyatlarini hisobga olgan holda) aniq sharoitdan kelib chiqib tasarruflaridagi mavjud kuch
va v osita lar ni boshqa rish bo„ yicha o„z fu nk sional majburiyatlarini bajaradilar.
O„quv mashqlari rahbariyat tarkibi qaramog„idagilarni boshqarishda mustahkam
ko„nikmalar hosil qilishga, favqulodda vaziyatlar sodir bo„lish tahdidi paydo bo„lganda, uning
rivojlanishini to„xtatishda hamda uning oqibatlarini bartaraf etishda sharoitni to„g„ri baholashga imkon
beradi. Fuqaro muhofazasi rejasidagi tadbirlarni mashq qilish davomida qay dadrajada to„g„ri
rejalashtirilganligini baholash va zamonaviy qirg„in vositalari qo„llanganda oqibatlarini
bartaraf etish bo„yicha qaror qabul qilish, ijrochilarga aniq vazifalar berish va ularning
bajarilishini tashkil etish o„quv mashqlarining maqsadidir.
Tarmoqlardagi komanda -shtab mashqlari mustaqil tadbiri sifatida hamda yuqori
organlar (shaharda, u o„tkaziladigan o„quv mashqlari) tarkibida o„tkaziladigan tarmoq
mashqi sifatida ham olib borilishi mumkin.
Bunday o„quv mashqlarini sifatli tayyorlash va o„tkazilib borilishi uchun mavzu, o„quv
mashqining maqsadi, mashq savollarini va boshqa kerakli ma‟lumotlarni hamda ta shkiliy
ko„rsatmalarni tayyorlayotganda fuqaro muhofazasiga oid O„zbekiston Respublikasi
Qonunlari, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasi Qarorlari, O„ zbekiston
Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig„ining buyruq va direktivalari, navbatdagi o„quv yili
uchun tashkiliy ko„rsatmalar, vazirlik hay‟at yig„ilishining qarorlari talablari asos qilib
olinishi zarur bo„ladi.
Komanda-shtab o„quv mashqlarini o„tkazishda rahbarlar tarkibi, tuzilmalar sardorlari
hamda o„quv mashqiga jalb etiladigan boshqa qatnashchilarning fuqaro muhofazasi
bo„yicha tayyorgarlik darajasi yaqqol namoyon bo„ladi va o„z natijasini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: