74
Ayrim zaharli moddalar tasnifi
KTZM
Zichligi
g/sm.ku
b
Qaynash
harorati
Zaharning xususiyatlari
Zahar
konsentra-
siyasi, mg/l
Ta‟sir
vaqti
O„ldirish
konsentra
siyasi
Ta‟sir
vaqti
Xlor
1.56
-34,6
0,01
1 sek
0,1-0,2
1 sek
Fosgen
1,42
8,2
0,05
10 min
0,4-0,5
10 min
Oltingugu
rt
(IV)
1,46
-10
0,4-0,5
50 min
1,4-1,7
50 min
Fosfor
Xlorid
1,53
74,8
0,08-0,015
30 min
0,5-1,0
30 min
Is gazi
-
-190
0,22
2,5 sek
3,4-5,7
30 min
Uglerod
(IV)
1,26
146
2,5-1,6
1,5
10
1,5
Vodorod
Xlorid
0,98
19,4
0,4
10 min
1,5
5 min
Sinil
Kislota
0,7
25,6
0,02-0,04
30 min
0,1-0,2
15 min
Ammiak
0,68
-33,4
0,2
6 sek
7
30 min
Favqulodda vaziyat haqida xabar berilgan zahoti:
- tezda kerakli hujjatlar, narsalar, buyumlarni olish;
- 2-3 kunga etadigan ozik,-ovqat va ichimlik suv olish;
- gaz, elektr va boshqa o„chirilishi lozim bo„lgan vositalar o„chirib, derazalar va
eshiklar zich yopilish;
- qishloq xo„jaligi jonivorlarini xavfsiz joyga ko„chirish;
- xavfli vaziyat bo„lishi mumkin bo„lgan hududdan odamlarni tezlik bilan xavfsiz
joyga ko„chirish kerak.
Xavf tug„ilishi bilan qilinadigan ishlar:
1. Fuqarolarni xavf to„g„risida turli vositalar yordamida ogohlantirish;
2. Qisqa va aniq holda nima qilish kerakligini tushuntirish;
3. Qaysi tomonga, qachon harakat qilish lozimligini aytish va zaharli bulutlar haqida
tushintirish (bulut yo„nalishi);
4. Maxsus vosita bo„lmagan vaqtda paxta-doka bog„lami tayyorlab, uni 2% sodaning
suvdagi eritmasida shimdirib (agar zahdrli modda - xlor bo„lsa) yoki 5% limon kislotaning
suvdagi eritmasiga shimdirib (agar zaharli modda ammiak bo„lsa) u bilan nafas olish yo„lini
to„sib, ko„rsatilgan yunalishga harakat qilish kerak.
KTZM va radioaktiv avariyalar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud tashkilotlar
quyidagilarga ega bo„lishlari shart:
-potensial radiatsiyaviy avariya vaziyatlarini (ular oqibatlari taxmin hamda radiatsiyaviy
holatini taxmini ko„rsatilgan) ro„yxatga olish;
-radiatsiyaviy avariyalar yuzaga kelganda qarorlar qabul qilish mezonlariga amal qilish;
-fuqarolar va atrof muhitni radiatsiyaviy avariya va uning oqibatlaridan muhofaza qilish
tadbirlarining mahalliy davlat hokimiyat organlari, radiatsiyaviy xavfsizlikni ta‟minlash sohasida
tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlari bilan kelishilgan rejasini ishlab chiqish;
75
-radiatsiyaviy avariyadan xabardor qilish va radiatsiyaviy avariya oqibatlarining
tugatilishini ta‟minlash;
-radiatsiyaviy zararlanishning oldini olish tibbiy vositalari va radiatsiyaviy avariyada
jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko„rsatish vositalarini shay holatda saqlash;
-xodimlar (personal) jumlasidan tuziladigan avariya-qutqaruv bo„limlariga ega bo„lish.
Ob‟ektlarda favqulodda vaziyat vujudga kelish xavfi borligi haqida signal olishi bilan
ob‟ektlar fuqaro muhofazasi boshliqlari tuzilmalarni yig„ish, ularni tayyorlik holatiga keltirishni
amalga oshiradi va ularni shahardan tashqariga, oldindan tanlangan joylashish eriga olib chiqib
ketish haqida buyruq beradilar. Bu erda tuzilmalarning komandirlari shaxsiy tarkibining ob‟ektda
yoki boshqa ob‟ektlarda o„zaro hamkorlik qilish sifatida qutkarish ishini va boshqa kechiktirib
bo„lmaydigan ishlarni o„tkazish yuzasidan vazifalarni bajarishga tayyorligini ta‟minlaydigan bir
qancha tadbirlarni amalga oshirdilar.
Favqulodda vaziyat sodir bo„lganligi hakidagi signalini olinishi bilan ob‟ekt fuqaro
muhofazasi boshlig„i buyrug„iga asosan tuzilmalar joylashgan erdan tuman fuqaro muhofazasi
kuchlari umumiy kalonnasi tarkibida yoki mustaqil tarzda zararlangan o„choq yaqinidagi yig„ilish
joyiga boradilar. Bu tadbirlarni tashkil etish va o„tkazishda shaxsan tuzilmalarning komandirlari
rahbarlik qiladilar.
Ob‟ekt fuqaro muhofazasi shtabi va xizmatlari razvetkadan olingan va kelib tushayotgan
holat haqidagi ma‟lumotlarni tahlil etadilar, ehtimol tutilgan qutqarish ishlari va boshqa
kechiktirib bo„lmaydigan ishlar hajmini hisob-kitob qiladilar. Ularni bajarish uchun zarur bo„lgan
miqdordagi kuchlar va vositalarni belgilaydilar. Tuzilmalarni ish uchastkalariga olib borishga
bevosita rahbarlik qiladilar. Radio va signal vositalari yordamida doim aloqa bog„lab turadilar va
tuzilma hamda berilgan vositalarni boshqarishni amalga oshiradilar. Belgilangan tartib va
xavfsizlik choralarini saqlaydilar.
Tuzilmalar komandirlariga vazifalarini topshirgandan keyin ob‟ekt boshlig„i shtabning
asosiy tarkibi va fuqaro muhofazasi xizmatlari boshliqlari bilan birgalikda ob‟ektlar razvedkasi
ortidan zararlanish o„chog„iga boradi va bevosita ob‟ektda boshqaruv punktni ishini yo„lga
qo„yadi, shu erdan turib tuzilmalar, tuman boshqaruv punktlari bilan aloqa bog„lab turadi.
Ob‟ektga etib kelgandan so„ng fuqaro muhofazasi boshlig„i razvedka ma‟lumotlari va
shaxsiy kuzatishlari buyicha ishlarni bajarishning izchilligini va eng maqsadga muvofiq usullarni,
uyumlarda mashinalar o„tishi uchun joylarni ochishni, mexanizatsiya, yakka tartibdagi himoya
vositalaridan foydalanish tartibini belgilaydi, tuzilmalarning vazifalariga aniqlik kiritadi, ishlarni
olib borilishini kuzatadi. Boshqarish ketma-ketligi va usullari vayronaliklarning, kommunal-
energetika va texnologiya tarmoqlaridagi, falokatlarning tusiga, yong„in holatiga, radiatsiya
darajasiga, joyning gazlar bilan ifloslanganiga yoki KTZM bilan zaharlanganiga, himoya
vositalari va ulardagi odamlarning ahvoliga, zarur mexanizatsiya vostilarining mavjudligiga,
o„tish joylarining holati va ishlarini olib borishga salbiy ta‟sir ko„rsatishi mumkin bo„lgan
holatlarni aniqlayda va ularga barham beradi.
Qutqarish ishlari va boshqa kechiktirib bo„lmaydigan ishlar bir vaqtda o„tkazilishi juda
muhimdir. Bu ishlarni tez va uyushqoqlik bilan o„tkazish zararlanish o„chog„ida bo„lgan
odamlarning hayotini saqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo„ladi. Fuqaro muhofazasi
tuzilmalaridan zarbaga uchragan o„choqlarda ularning ixtisosini hisobga olgan holda
foydalaniladi. Tuzilmalardan ana shunday maqsadga muvofiq yuqori unumdorligi va ishlarni tez
tugallanishini ta‟minlashi mumkin. Zarbaga uchragan o„choqlarda ishlar asosiy qutkaruv ishlarini
birinchi sutka oxirigacha tugallashini hisobga olgan holda uzluksiz ravishda kecha va kunduz olib
borish kerak. Qutqarish ishlarini va boshqa kechiktirib bo„lmaydigan ishlarni olib borishning
uzluksizligini ularning ikkinchi smenada olib borish bilan ta‟minlanadi.
Smenalardagi ishlarning davomiyligi vaziyatdagi radiatsiya darajasi hududning KTZM bilan
zaharlanishini, shuningdek tuzilmalar shaxsiy tarkibi jismoniy holatini xisobga olgan holda
belgilanadi. Qutqarish ishlari va boshqa kechiktirib bo„lmaydigan ishlari avj oldiriladi va ular
tugallanguncha olib boriladi. Jarohatlangan odamlarni izlash va qutkarish, qutqaruvchilarning ish
uchastkasiga olib kelinishi bilan darhol boshlanadi. Tuzilmalarning shaxsiy tarkibi shakistlangan
76
odamlarni qutqarish bilan birga ularga birinchi tezkor tibbiy yordamni ko„rsatishadi. Avariya
oqibatida hosil bo„lgan uyumlarni mexanizatsiya vositalari yordamida tozalanadi.
Sanoat chiqindilari, kimyoviy korxonalarning ish faoliyati, yadro sinovlari, kosmik
parvozlar tabiatning muvozanatiga jiddiy taxdid soladi. Erda hayotning paydo bo„lishi, hayvonot
va tabiat olamining barqarorligi tabiiy mezonlar muvozanatiga bog„lik. Bizning ana shu
muvozanatni buzishga aslo haqqimiz yo„q, zotan bobolarimizdan meros bo„lib qolgan bu dunyoni
kelajakka bekamu ko„st etkazishdek oliy insoniy burchimiz bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |