63
ayrim davlatlarning rahbarlariga, halqaro miqyosda obro`ga ega bo`lgan siyasatchilarga chetdan
turib suyuqasd uyushtirish, davlat, transport, aloqa va milliy havfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi
portlashlar va harakatlar sodir etish, transport vositalari, jumladan samolyotlarni olib qochish
bilan shug`ullana boshladilar. 80 yillarga kelib halqaro terrorizm yanada jiddiy tus oldi.
Halqaro terrorizm o`zining yovuz niyatlarini turli terroristik harakatlari bilan amalga
oshiradi. Jumladan:
• mustaqil davlatlar chegarasini buzish orqali amalga oshirish;
• diniy ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etish;
• ekstremistik guruhlar tarkibida qo`poruvchilik harakatlari bo`yicha horijlik
yo`rig`chilarning qatnashishi;
• ekstremistik guruh a‟zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan mahsus
lagerlarda tayyorgarlik ko`rish;
• tayyorgarlik ko`rish va qo`poruvchilik sodir etishda, horijiy davlatlar va ekstremistik
uyushmalar yordamida halqaro tus olgan noqonuniy qurol - yaroq savdosi va narkobisnesdan
keladigan manbalardan foydalanish;
Bulardan ko`rinadiki, halqaro terrorchilar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning
ijtimoiy havflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qo`liga yadroviy, kimyoviy, biologik va zamonaviy
hujumkor qurollarning tushib qolish havfi kuchaydi.
Bularning hammasi jahon jamoatchiligini qattiq tashvishlantirib qo`ydi.
1977 yilda katta "ettilik" davlatlari rahbarlarining Bonn (GFR) shahridagi uchrashuvida
halqaro terrorizmga qarshi kurash to`g`risida bayonot qabul qilindi. Halqaro terrorizmning oshib
borayotgan havfi va unga qarshi kurash masalalari oliy darajadagi keyingi barcha
uchrashuvlarning asosiy mavzusi bo`lib keldi. Chunki halqaro terrorizm bir tizimga birlashib
harakat qila boshladi.
Ular safida turli davlat, millat vakillari, diniy ekstremistik ruhdagi shahslar, narkobiznes va
qurol - yaroq savdosidan foyda ko`ruvchi jinoiy to`dalar, yollanib hizmat qiluvchilar paybo bo`ldi.
Halqaro terrorchilik va ekstremistik markazida razil jinoyatchilarni tayyorlaydigan mahsus
lagerlar ochildi. Halqaro terrorchilar aholini, hususan, dindorlar va yoshlarni davlatga, davlat
tashkilotlariga qarshi qo`yishga hamda hokimiyatga qarshi muqolifatni shakllantirishga harakat
qildi.
O`zbekiston Respublikasi o`z mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab terrorizm va
ekstremizmning har qanday ko`rinishiga qarshi qat‟iyat bilan kurashib kelmoqda. O`zbekiston
Respublikasi halqaro terrorizm ko`rinishlariga qaratilgan ko`plab halqaro bitimlarning: "havo
kemalarini qonunga hilof ravishda egallab olishga qarshi kurashish to`g`risida"gi 1970 yilda
Gaaga konvetsiyasining; "Fuqaro aviatsiyasining havfsizligiga qarshi kurash to`g`risida"gi 1971
yildagi Monreal Konventsiyaning; "Halqaro himoyadan foydalanuvchi shahslar, masalan
diplomatik agentlarga qarshi jinoayatlarning oldini olish va jazolash to`g`risida"gi 1973 yildagi
konventsiyaning; "Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to`g`risida"gi va boshqa
konventsiyalarning ishtirokchisi hisoblanadi. 2004 yildan Toshkentda Shanhay hamkorlik
Tashkiloti (ShHT)ning mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo`mitasi faoliyat ko`rsata
boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: