115
dizenteriyada va boshqa kasalliklarda hamda siydik haydovchi vosita sifatida
ishlatgan. Meva shirasini Ibn Sino astma, qon tupurishga qarshi, behi moyini —
uchuq, yara, buyrak va siydik qopi kasalliklarida, urug'ini va uni shilliq mod-dasini
o'pka hamda ko'krak kasalliklarida va ko'krakni yumsha-tuvchi vosita sifatida
ishlatgan.
Xalq tabobatida behi mevasi va urug'i o'rab (qoplab) oluv-chi, balg'am
ko'chiruvchi hamda yurak faoliyatini tonuslovchi vosita sifatida ishlatilinadi.
Urug'ni iliq suvda chayqatib tayyorlangan shilliq eritmasi bronxit, me'da yara
kasalligini, og'iz va tomoq shilliq pardasini yallig'lanish kasalligini, gastroenterit,
kolitlarni davolashda ishlatiladi. Shu shilliq eritmasida namlangan doka (yoki
bint)ni gingivitda yallig'langan joyga va terini kuygan yeriga qo'yiladi.
Ishlatilishi.
Ibn Sino behi mevasidan tayyorlangan damlama va qaynatmasini
qusishni to'xtatishga, chanqoq qoldirish, ish-taha ochish uchun, dizenteriyada va
boshqa kasalliklarda hamda siydik haydovchi vosita sifatida ishlatgan. Meva shirasini
Ibn Sino astma, qon tupurishga qarshi, behi moyini — uchuq, yara, buyrak va
siydik qopi kasalliklarida, urug'ini va uni shilliq mod-dasini o'pka hamda ko'krak
kasalliklarida va ko'krakni yumsha-tuvchi vosita sifatida ishlatgan.
Xalq tabobatida behi mevasi va urug'i o'rab (qoplab) oluv-chi, balg'am
ko'chiruvchi hamda yurak faoliyatini tonuslovchi vosita sifatida ishlatilinadi.
Urug'ni iliq suvda chayqatib tayyorlangan shilliq eritmasi bronxit, me'da yara
kasalligini, og'iz va tomoq shilliq pardasini yallig'lanish kasalligini, gastroenterit,
kolitlarni davolashda ishlatiladi. Shu shilliq eritmasida namlangan doka (yoki
bint)ni gingivitda yallig'langan joyga va terini kuygan yeriga qo'yiladi.
YONG'OQ MEVALARI PO'STI - CORTEX JUGLANDIS FRUCTUS
O'simlikning nomi. Grek yong'og'i Juglans regia L.;
yong'oqdoshlar — Juglandaceae oilasiga kiradi.
Yong'oq keng, yoyilgan shox-shabbali baland daraxt. Barglari qalin, o'ziga
xos hidli, 3—5 (7) juftli toq patli murakkab bo'lib, uzun bandi yordamida poya va
shoxlarida ketma-ket joylashgan. Bargchalari qisqa bandli, cho'ziq-tuxumsimon
yoki tuxumsimon-lansetsimon, qisqa o'tkir uchli, mayda tishsimon yoki tekis
qirrali, yuqoridagi bittasi — eng yirigi (uzunligi 5-12 sm, eni 2,5—5 sm), pastdagi
bir jufti boshqalaridan mayda. Ota-lik gullari kuchala gul to'plamiga joylashgan,
onalik gullari 1 yoki 2—3tadan yosh novdalar uchiga o'rnashgan. Mevasi — yashil,
meva pishganda qurib qoladigan meva tevarakli danakli soxta meva.
Aprel-mayda gullaydi, sentabrda mevasi pishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: