Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/99
Sana07.01.2022
Hajmi1,17 Mb.
#329431
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99
Tayanch  iboralar:
  dorivor  o‗simliklarni  o‗sadigan  joylari,  xaritaga  belgilash, 
zaxirasini  aniqlash,    namunaviy  nusxalar  usuli,  proektiv    qoplanganlik  usuli,  xisoblash 
maydonchalari usuli, xosildorlik, tiklanish davri, yillik miqdor. 
 


31 
 
Zamonaviy  tibbiyotda  qo‗llaniladigan  deyarli  barcha  o‗simliklar  xalq  tabobatida 
keng qo‗llanilgan. Xalq tabobatiga kerakli e‘tibor qaratish dolzarb dorivor o‗simliklarni 
topishda  juda  qo‗l  keladi.  Bundan  avvallari  to‗plagan  ma‘lumotlardan  zamonaviy 
tabobat  uchun  kerak  bo‗lganlarini  tanlab  olish  ularni  ilmiy  izlanishlarga  tadbiq  eta 
bilishimiz lozim. Bu ishlarni resursshunoslar bajaradi.  
  Resursshunos ish boshlashidan oldin katta tayyorgarlik ko‗radi. O‗rganiladigan er 
xaqida  to‗la  ma‘lumotlarni  yig‗ib  xulosa  qiladi.  Birinchidan  adabiyotlarni  ko‗rib 
o‗rganiladigan rayon yoki viloyat xaqida, ob havosi to‗g‗rirog‗i, kun va tun harorati, suv 
bilan ta‘minlanishini o‗rganib chiqadi.  
O‗simliklarni o‗sadigan joyga qarab resursshunoslar o‗sha erni florasini chuqurroq 
adabiyotlar orqali (o‗simliklar kartasiga murojat qilib) va agar mavjud bo‗lsa ilgari olib 
borilgan resursshunoslik ishlarini hisobotlari bilan tanishib chiqadi. 
Adabiyot  yoki  hisobotlar  asosida  izlanish  olib  boriladigan  mintaqa  florasi  yani 
o‗sha  erni  qoplaydigan  formatsiyalar-  o‗simliklar  jamoasi, assosiatsiyalar  –  o‗simliklar 
qavmi,  dominatlar  –ustun  turar  (g‗olib  turlar);  uchraydigan  populyasiyalar-o‗simliklar 
to‗dasi; endemik o‗simliklar –ma‘lum xududdagi turlar va x.k. 
O‗simliklarni  o‗sadigan  joylarni  aniqlashda  yoki  ma‘lum  xududdagi  turlarni 
aniqlashda  O‗zbekiston  o‗simliklarini  gerbariylari  bilan  tanishishdir.  Odatda  gerbariy 
saqlash honalarini xodimlari gerbariy bilan tanishtirish haqida zarur foydali ma‘lumotlar 
berishlari mumkin. 
YUqorida  keltirilgan  barcha  ishlar  ekspeditsiya  boshlanishidan  oldin  bajarilishi 
kerak.  Olib  borilgan  ishlar  natijasida  o‗simliklarga  boy  xududlar  (tog‗,  tog‗oldi,  dasht) 
aniqlanadi. 
SHunday  yo‗l  tutilsa  o‗simliklar  tarqalgan  erlardagi  asosiy  populyasiyalar 
aniqlanib resursshunoslik ishlar to‗g‗ri olib borilayapti deb hisoblanadi. 
  Bu  izlanishlardan  so‗ng  geobotanik  ma‘lumotlariga  suyangan  xolda,  umuman 
uchraydigan  o‗simliklar  bilan  tanishib  chiqadi.  O‗rganilayotgan  erdagi  o‗simliklar 
fitotsinozi assosatsiyalar va formatsiyalar bilan tanishadi. Flora bilan tanishgandan so‗ng 
dorivor o‗simliklarga alohida e‘tibor qaratiladi.  
  O‗zbekistonda  ancha  endemik  o‗simliklar  uchrab  turadi,  ularga  ham  alohida 
e‘tibor beriladi. Ferula turlari, qora qovuq- ungerniya va boshqalar. 
  Ekspeditsiyaga  tayyorgarlik  qilinadi.  Taxlil  qilinadigan  joyga  borgandan  so‗ng, 
o‗simliklar xaqidagi ma‘lumot erlik, qishloq xo‗jalik yoki bor bo‗lsa o‗simliklar kartasi 
bilan tanishiladi.  
  Ma‘lum  darajada  erlik  axoli  yordamidan  foydalaniladi.  Ular  yordamida  o‗simlik 
bor erlarni va ularga etib borish masalalari xal qilinadi.  
  Ko‗p  xollarda  o‗simliklarning  kimyoviy  tarkibi,  xossalarini  yanada  chuqurroq 
o‗rganish  natijasida  uning  tibbiyotning  boshqa  soxasi  qo‗llanish  xollari  uchrab  turadi. 
Bundan  izlanuvchilar  asosan  bir  paytlar  tabobatda  qo‗llanilgan  biroq  xozirda 
unitilayotgan  o‗simliklarni  o‗rganish  orqali  ularni  yana  amaliyotga  joriy  qilishlari 
mumkin.  


32 
 
Bunday  o‗simliklarga  resursshunoslar  alohida  e‘tibor  qilib,  ularni  chuqurroq 
o‗rganadilar.  O‗sayotgan  eri  hosil  qilgan  populyasiyasi  va  zahirasiga  qarab  tavsiyalar 
qilinadi. 
  Azaldan  ma‘lumki  botanik  jixatdan  qarindosh  bo‗lgan  o‗simliklar  kimyoviy 
tarkibi  bir-biriga  yaqin  bo‗lishi  mumkin.  Buning  natijasida  farmakologik  ta‘siri  ham 
yaqin  bo‗ladi.  Bu  shu  biologik  qonuniyatni  bilgan  holda  izlanish  olib  borish  ancha 
maqsadga  muvofiqdir.  Ko‗pincha  bizning  olimlarimiz  o‗simliklarni  sistematik  o‗rnini 
uning  kimyoviy  tarkibi  orasidagi  bog‗liqliklarni  o‗rganadilar.  Bunda  u  muammoni 
o‗rganish  doirasida  aniq  qiyinchiliklar  yuzaga  keladi.  Qonuniyatdagi  cheklanish 
xolatlaridi  o‗simliklarning  fiologenetik,  bioximik  ko‗rsatgichlari  o‗rtasida  hech  qanday 
paralellik  mavjud  bo‗lmasligi  mumkin.  Ko‗pchilik  xollarda  o‗simliklarga  bo‗lgan  talab 
bir paytlar maxsus belgilangan bir o‗simlik xom ashyosini yig‗ish orqali qondiriladi. Bu 
dorivor  o‗simliklarni  o‗rganishni  rivojlanishiga  to‗siqlik  qiladi.  Filogenetik  usullardan 
foydalangan  holda  qarindoshligi  yaqin  bo‗lgan  o‗simliklarni    aniqlash  va  xom  ashyo 
sifatida tavsiya qilinadi.  
 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish