Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 100-1600 mg % vitamin c, 4.52 -7,58 mg % vitamin K; va B2 , 14—50 mg % karotinoidlar, pantoten va chumoli kislotalar, urtitsin glikozidi, gistamin, 2—5 % gacha xlorofill, flavonoidlar (kversetin, izoramnetin, kempferol va ularning glikozidlari), fenol kislotalar, oz miqdorda (2 % dan ortiqroq) oshlovchi hamda boshqa moddalar bo‘ladi.
Ishlatilishi. Gazanda (chayono‘t) o‘simligining preparatlari qon ivishini tezlatuvchi va bachadonni tonuslovchi ta’sirga ega. Shuning uchun ular bavosil kasalligida hamda akusherlikginekologiya amaliyotida qon to‘xtatuvchi dori sifatida, varikoz, surunkali yaralarni davolashda, giðo- va avitaminoz kasalliklarida qo‘llaniladi. Bargidan olingan urtifillin preparati yaralarni va kuyganlarni davolashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |