Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot angishvonagul o‘simliklarining quritilgan bargidan iborat. Angishvonagul o‘simliklarining bargi, asosan, bir-biridan barg plastinkasining shakli, ser yoki kamtukliligi, tomirlarining taraqqiy etishi hamda plastinkasining qirrasi bilan farq qiladi. Qizil angishvonagul o‘simligining barglari cho‘ziq tuxumsimon, o‘tkir uchli, to‘mtoq, tishsimon qirrali, uzunligi 2—35 sm bo‘ladi. Barg plastinkasining yuqori tomoni burishgan, to‘q yashil, pastki tomoni sertuk, kulrang, tomirlari yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, aniq bilinib turadigan mayda to‘r hosil qiladi. Yirik gulli angishvonagul o‘simligining barglari lansetsimon yoki cho‘ziq lansetsimon, o‘tkir uchli, o‘tkir arrasimon qirrali bo‘ladi. Barg plastinkasining har ikkala tomoni yashil rangli, tuklar pastki tomonda tomirlar bo‘ylab joylashgan bo‘lib, barg uzunligi 7—25 sm, eni 2—6,5 sm. Mahsulot hidsiz va yoqimsiz-achchiq mazasi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |