III. ANATOMA - FIZIOLOGIK VA IMMUNITETN1NG BOSHQA FAKTORLARI.
Hayvon va odamlarning organizmi hayotda tashqi muhit va boshqa tirik jonivorlar bilan turli munosabatda bo’lib, ularning ta’siriga javob qaytarish va qarshi turish qobiliyati paydi bo’ladi. Hayvonlar va odam organizmi pathogen mikrobning kirishiga to’sqinlik qiladigan, ulami halokatga olib boradigan, yo bo’Imasa organizmdan tezlik bilan chiqarib yuboradigan bir necha tabiiy himoya qilish anatoma - fiziologik hususiyatlarga va immunitetning boshqa faktorlariga ega. Teri, shilimshiq pardalar, limfa bezlari, ichak va oshqozon shirasi, lizotsin moddasi, o’t, fagotsit va gumoral anatoma - fiziologik faktorlar bo’lib, ular organizmni mikrobdan himoya qiluvchi to’siq sifatida himoya qiladi, Tcri va shilimshiq pardalar mikroblarning organizm to’qimalariga o’tishiga to’sqiniik qiladi, bular tabiiy to’sqinlikdir.
FAGOTSITOZ JARAYONI.Organizmga kirgan mikroblarning ko’payib yoki aksincha yemirilib yo’q bo’lib ketishi Ieykotsitlar va retikula - endothelial sistemasining biologik reaksiyasiga bog’iiqdir. Bu hujayralarning mikrobga qarshi faoliyati fagotsitoz (30-rasm) hodisasidan iboratdir. Fagotsitoz- bu hayvon organizmi hujayralarining zarrachalarini aktiv tutishi, bu zarrachalar organik bo’lgan taqdirda ularni hazm qilish jarayonidir. Bu jarayonda asosiy rolni fagotsitlar o’ynaydi. I. L Mechnikov fagotsitoz va uning immunitetdagi rolini aniq tajribalar bilan isbot etadi. U dengiz yulduzining lichinkalari va dafniyalar ustida tajribalar o’tkazadi . Olim lichinka tanasiga tikan kiritadi. Bir necba vaqtdan keyin tikan atrofiga talaygiria xarakatchan hujayralar to’planganini aniqlaydi. Ikkinchi tajribada esa u dafniya tanasiga mahsus zamburug’ sporalarini kiritadi. Sporalar kam bo’lganidan ularning hammasini barakatchan hujayralar qamrab olib, hazm qilib yuboradi va dafniya tirik qoladi, Sporalar ko’p yuborilganda esa, ular o’sib ko’payardi va natijada jonivor nobud bo’Iardi. Bu tajribalarga asoslanib Mechnikov hayvonlar organizmi mahsus hujayralar yordamida mikroblarni qamrab olib yutib yuboradi va shu tariqa mikroblardan holos bo’ladi degan hulosaga keladi. Bu hodisani fagotsitoz deb, fagotsitoz qiladigan hujayralarni esa fagotsitlar ya’ni yutib yuboradigan hujayralar deb ataydi. I. I. Mechnikovning fikricha, qonning harakatchan hujayralarida leykotsitlar, asosan segmentlangan neytrofillar asosiy rol o’ynaydi. Ular mikrofaglar deb ataladi. Bundan tashqari yirik hujayralar - makrofaglar ham bor.Bularga monotsitlar, qon tomirlarining endoteliy hujayralari, taloq, jigar va boshqa organlarmng retikula - endoteliy hujayralari kiradi.
Fagotsit reaksiya 3 fazadan iborat:
Fagotsitlarning mikrobga yaqinlashuvi
Mikrobni qamrab olish
Fagotsitga yutilgan mikrobning hujayra ichida hazm bo’lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |