Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi kimyoviy mikrobiologiya fani bo


Viruslarni undirib olishda tovuq embrionidan foydalanish (rasm 36)



Download 1,27 Mb.
bet100/190
Sana20.04.2022
Hajmi1,27 Mb.
#565298
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   190
Bog'liq
Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kaf

Viruslarni undirib olishda tovuq embrionidan foydalanish (rasm 36). Virusologik amaliyotda tovuq embrioni hujayra kulturasi va tajriba qilinayotgan hayvonlarga nisbatan bakteriyalar bilan ifloslanish darajasi kam va qo’shimcha mikroorganizmlar bilan kamdan-kam hollardagina zararlangan bo’ladi. Bundan tashqari, turli ta’sirotlarga ham juda
chidamlidir. Rikketsiya, xlamidiya va bir qator viruslarning diagnostik maqsadlarda, sof kulturasini olish va turli preparatlar (vaksina, diagnostikumlarni) tayyorlash uchun 8—12 kunlik tovuq embrionlaridan foydalaniladi. Yuqorida ko’rsatilgan mikroorganizmlarning ko’payganligi embrion qobiqlarining ochilganidan so’ng pardalarida hosil bo’lgan morfologik o’zgarishlar orqali o’rganiladi.Masalan chin chechak yuqtirigan embrion tanasida, qobig’ida qon quyilishlar kuzatiladi, embrion nobud bo’ladi. Bundan tashqari virus ko’payishi natijasida allantois, amnion suyuqligida viruslar yig’ilib qoladi va gemagglyutinin fermenti bor viruslarni GAR orqali indikasiya qilish mumkin.
Rivojlanayotgan tovuq embrionida viruslarni ko’paytirish sanoat miqiyosida qo’llaniladi, ammo ko’pchilik viruslar tovuq embrionida ko’paymaydi, bundan tashqari tekshirilayotgan viruslarni embrionini ochmay turib aniqlab bo’lmaydi, shuningdek unda ko’p miqdordagi oqsil va boshqa yod birikmalarning borligi, tayyorlangan preparatlarni allergik xususiyatini oshiradi, ularni tozalanishini qiyinlashtiradi.
Viruslarni ko’paytirishda laboratoriya hayvonlaridan foydalanish. Amalda ko’pincha turli xil zotsiz laboratoriya hayvonlaridan (voyaga yetgan, emadigon sichqon bolalari, quyon, maymun, dengiz cho’chqachalari va bosh) foydalaniladi. Hayvonlarning ma’lum turdagi viruslarga beriluvchanligi va ularning yoshi viruslarning ko’payish qobiliyati tajribada xisobga olinadi. Ko’pincha yangi tug’ilgan hayvonlargina u yoki bu virusga (masalan, emadigan sichqon bolalari — Koksaki virusiga, sichqon, quyon- qutirish virusiga, oqsim (yashur) virusi- dengiz cho’chqachasi va gripp virusi–sichqon va og’maxon) sezgir bo’ladi.
Bu usulning afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Afzalligi shuki, bunda kultura yoki tovuq embrionida yaxshi reproduksiya qilinmaydigan viruslarni ajratib olish mumkin bo’ladi. Bu usulning kamchiligi esa, tajriba qilinayotgan hayvon organizmidagi mikroorganizmlarning begona virus va mikoplazmalar bilan aralashib ketishidadir.Bundan tashqari ekonomik etikaviy jihatlari, shuningdek, virusning “sof” liniyasini olish uchun keyinchalik hujayra kulturasiga hayvondan olingan material yuqtiriladi, bu esa tekshirish muddatini cho’zib yuboradi.
Virus saqlovchi materiallarni laboratoriya hayvonlarga yuqtirishni turli (teri ostiga, teri ichiga. muskul ichiga, qorin pardasiga, subdural va bosh.) usullari qo’llaniladi.
Viruslarning laboratoriya hayvonlar organizimida reproduksiya bo’lganligini kasallikni ko’zga tashlanadigon klinik rivojlanishi, organ va to’qimalarning patomorfologik o’zgarishi, organlardan olingan suspenziyalarda virus borligini gemagglyutinasiya (GAR), neytralizasiya (NR) reaksiyalari orqali (agar virus o’z tarkibida gemagglyutinin fermenti tutsa) aniqlash mumkin.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish