Mikroblardan olingan polimer polisaxaridlar. Mikroblarning yashash sharoitlari o‘zgarishi
davomida hosil bo‘ladigan yuqori molekulali polisaxarid — dekstran, gidrofil surtmalarning asosi
qilib taklif etilgan. Polimer glyukozalardan tashqil topgan. Molekula og‘irligi 150 000 gacha
bo‘lishi mumkin. Dekstran eritmalari surtma hosil qiluvchi boshqa qovushqoq suyuqliklardan
o‘zining yuqori indifferentligi bilan ajralib turadi. Ular rangsiz, hidsiz, rN ko‘rsatkichi 4,5 dan 6,5
gacha bo‘ladi. Achitkisimon zamburug‘lardan olingan pullulan moddasi surtma asosi olishda
qo‘llashga taklif etilgan. Bu yuqori qovushqoqlikka ega bo‘lgan suyuqliklar xlortetratsiklin va
geliomitsinli surtmalar uchun yaroklidir. Bu surtmalarni o‘zok saqlash uchun konservant qo‘shish
talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |