Sovunli asoslar
Sovun ixtiol, koramoy kabi dorivor moddalar uchun asos sifatida ishlatilishi mumkin. Asos
— sovunni suv yoki suv-glitserin aralashmasida eritib (suv hammomida), yoki stearin kislotasiga
potash yoki kalsiyli soda eritmasini ta‘sir ettirib olinishi mumkin. Sovutilgandan so‘ng oson
eruvchi, har xil qovushqoqlikka ega bo‘lgan gidrogel yoki glitserogel hosil bo‘ladi. Kaliyli sovun
yumshoq gel beradi. Sovunli asos teriga oson suriladi. Ularning yuqori gidrotrop xususiyati tufayli
ular yog‘li asos bilan yaxshi aralashadi va emulsion asos hosil qiladi. Sovunli asoslar ishqoriy
sharoitga ega. SHuning uchun ularni indifferent deb bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |