Gidrofil bukmaydigan moddalardan (vismut nitrat asosi, rux oksidi, magniy oksidi, magniy
karbonat, ok gil, kraxmal, talk) suspenziyalar tayyorlashda ularni professor B.V. Deryagin
koidasiga kura maydalanadi. Bunda 1 g modda 0,4—0,6 ml suyuqlik bilan dispergirlanadi. Hosil
64
bo‘lgan butkaga 10—20 barobar ko‘p suyuqlik qo‘shib yaxshilab hovoncha dastasi bilan
aralashtiriladi. Aralashma 2—3 daqiqa tindiriladi. Ustki qismi idishga solinadi, chukmasi esa yana
maydalanib ustiga yana 10—20 barobar ko‘p suyuqlik qo‘shiladi va yuqoridagi jarayon
takrorlanadi.
Rp.: Bismuthi subnitratis 4,0
Aq. Menthae piperitae 200 ml
M.D.S. Ichish uchun.
Vismut nitrat asosi 1,5—2 ml yalpiz suvi bilan hovonchada maydalanadi. Hosil bo‘lgan pulpa
40 ml yalpiz suvi bilan suyultiriladi (aralashtirib turgan holda). 2—3 minutga qoldiriladi. So‘ng
ustki qismi shisha idishga solinadi. Tagidagi chukma yana 40 ml yalpiz suvi bilan aralashtiriladi. Bu
jarayon chukma tugaguncha davom ettiriladi. «Ishlatishdan oldin chayqatilsin» deb ezilgan yorliq
21
yopishtiriladi.
Rp.: Zinci oxydi 1,5
Hexamethylentetramini 1,0
Aquae purificatae 120 ml
M.D.S. Sirtga qo‘llash uchun.
Rux oksidi miqdori 3% dan kam bo‘lgani uchun suspenziya og‘irlik — hajm usulida
tayyorlanadi. Dastlab yordamchi idishga 110 ml tozalangan suv 10 ml geksametilentetramin
eritmasi (1:10) solib eritma tayyorlanadi. Hovonchaga 1,5 g rux oksidi solib 0,75 ml eritma bilan
aralashtirib maydalanadi (Deryagin koidasiga kura). So‘ngra 15 ml (10 barobar ko‘p) eritma
qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. 2—3 daqiqa tindirilib, ustki qismi idishga solinadi. CHukma yana
maydalanib, ustiga 15 ml eritma qo‘shib aralashtiriladi. YAna 2—3 minutga qoldirilib, ustki qismi
idishga solinadi. Bu jarayon rux oksidi kolmaguncha takrorlanadi. Suspenziyaga «Ishlatishdan oldin
chayqatilsin», «Sirtga qo‘llash uchun» deb ezilgan yorliq epishtiriladi.
Rp.: Extracti Belladonnae 0,1
Bismuthi subnitratis 2,0
Aq. rurif.100 ml
M.D.S. 1 desert qoshiqdan 3 mahal
Dastlab quyuq ekstraktning suvli eritmasi tayyorlab olinadi. So‘ngra yuqoridagi retsept
texnologiyasi buyicha suspenziya tayyorlanadi.
Rp.: Zinci oxydi 20,0
Talci 20,0
Glycerini 30,0
Aq. rurif. 100 ml
M.D.S. Sirtga.
Bu retseptda quruq modda miqdori 3% dan ko‘p bo‘lgani uchun suspenziya og‘irlik usulida
tayyorlanadi.
Hovonchada rux oksidi, talk aralashtiriladi va 20 g glitserin bilan dispergirlanadi. So‘ng
qolgan glitserin solinadi va oz-ozdan suv qo‘shib shisha idishga yana chayib solinadi.
Rp.: Magnesii trisilicati 5,0
Magnesium carbonatis light 5,0
Natrii bicarbonatii 5,0
Peppermint aqua 2,5 ml
Aq. purif. ad. 180 ml
M.D.S. Ichish uchun.
Pasporti: Magniy trisilikat-5 g
Magniy karbonat-5 g
Natriya gidrokarbonat-5 g
YAlpizli suv 2,5 ml
21
Allen L., Ansel H. Pharmaceutical Dosage Forms and Drug Dilevery Systems he 10th ed. Philadelphia-Baltimore-
NY, 2014.(365 р)
65
Tozalangan suv 100-5-5-5-2,5=82,5ml
M um=100 g
Xavonchada quruq moddalar yaxshilab eziladi, so‘ngra 7,5 ml tozalangan suvi bilan
hovonchada yaxshilab bo‘tqasimon massa xosil bo‘lguncha maydalanadi. Hosil bo‘lgan pulpa
tozalangan suv bilan suyultiriladi (aralashtirib turgan holda). 2—3 minutga qoldiriladi. So‘ng ustki
qismi shisha idishga solinadi. Xavonchadagi chukma yana tozalangan suv bilan aralashtiriladi. Bu
jarayon chukma tugaguncha davom ettiriladi. Eng oxirida yalpizli suv qo‘shib, «Ishlatishdan oldin
chayqatilsin» deb ezilgan yorliq yopishtiriladi.
22
Bu gidrofil xususiyatli moddalar bilan suspenziyalar tayyorlashga misol bo‘ladi.
Gidrofil bukuvchi moddalarga tanalbin, tealbin, sanalbinlar kiradi. Bunday moddalardan
suspenziya tayyorlashda ularni quruq holda maydalab olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: