Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Gidrofob moddalardan miksturalar tayyorlash



Download 6,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/822
Sana30.12.2021
Hajmi6,67 Mb.
#97398
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   822
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Gidrofob moddalardan miksturalar tayyorlash 

Gidrofob  moddalarga  kamfora,  fenilsalitsilat,  terpingidrat,  mentol,  benzonaftol  va  boshqalar 

kiradi.  YUqorida  ko‘rsatganimizdek,  bu  moddalarning  poroshogi  suv  bilan  aralashib, 

yumaloklashgan  massani  hosil  qiladi  va  suv  yuzasida  suzib  yuradi.  Bemor  hamma  yozilgan 

moddani  bir  marta  ichishda  qabul  kilishi  mumkin,  natijada  doza  noto‘g‘ri  taqsimlanib,  noxush 

holatda yuza kelishi mumkin. 

 Rp.: 


Extracti Belladonnae 0,2 

Phenyli salicylatis 3,0 

Aguae puriuficastae 200,0 ml. 

M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin. Ichishdan oldin chayqatilsin. 

  

Masalan:  agar  bu  dorixatdagi  dorini  oddiy  suv  bilan  dispergirlash  usulida  tayyorlasak, 



fenilsalitsilat  dona-dona  bo‘lib  suv  yuziga  chikib,  chayqatilsa  idish  devoriga  yopishib  qoladi. 

Gidrofob  suspenziyani  tayyorlashda  suspenziyalarning  agregatsiya  (zarrachalarning  yiriklashishi) 

holatini qaytarish hamda uning barkarorligini oshirish maqsadida stabilizatorlar qo‘shiladi.  

Stabilizatorlar  sifatida  mikstura-suspenziyalarni  gidrofob  moddalar  bilan  tayyorlashda  tabiiy 

va  sun‘iy  yuqori  molekulali  moddalar:  jelatoza  (jelatina  to‘liqsiz  gidrolizlangan  modda),  elimlar, 

o‘simlik  shilimshig‘i,  kraxmal  elimi,  tabiiy  polisaxaridlar  yigindisi,  metilsellyuloza, 

polivinilpirrolidon, poliglyukin, spanlar, tvinlar, bentonitlar va boshqalar ishlatiladi. Hamma sanab 

o‘tilgan  moddalar  bir  tomondan  yuza-faol  moddalardir.  Gidrofob  moddalarni  dispergirlanish 

tabiatiga  qarab,  yuqori  molekulali  moddalarning  yarmi  yoki  baravar  miqdorida  olinadi.  Misolda 

fenilsalitsilat va belladonna ekstrakti bilan tayyorlashni texnika, har xil  yuqori molekulali  va  yuza 

faol moddalar bilan stabillashni tekshirib ko‘ramiz. 

Hovonchada  3  g  fenilsalitsilatni  20  tomchi  spirt  bilan  30  sekund  davomida  maydalanadi. 

Keyin  hovonchaga  3  g  stabilizator  (metilsellyuloza  va  kraxmal  elimidan  boshqa)  va  3  ml  suv 

solamiz,  yana  60  sek  davomida  aralashtirishni  davom  etamiz.  Hovonchadagi  aralashmay  qolgan 

suvni  quyib  aralashtiramiz  va  tayyor  dorini  idishga  solgach,  hovonchani  ozgina  suv  bilan  chayib, 

idishga  kuyamiz.  Belladonna  ekstraktini  suv  qo‘shilmasdan  ilgari  birlamchi  massa  bilan  ezgan 

yaxshirok. Ekstrakt kolloid eritma holida joylashgan bo‘ladi. Agar metilsellyulozani va kraxmalni 

ko‘shsak,  massani  darrov  5%  metilsellyuloza  va  5%  kraxmal  elimi  bilan  olamiz.  har  xil 

stibilizatorlar bilan fenilsalitsilat suspenziyasi dispersligini aniqlash 6-jadvalda keltirilgan. 

Ma‘lumki, fenilsalitsilatning yuqori dispersli suspenziyasi 5% metilsellyuloza eritmasi bilan, 

jelatoza, gorchitsa urug‘i shilimshig‘i va polisaxarid eritmasini kompleks (chuchukmiya ildizi) olish 

mumkin. 


YUqori  molekulali  birikmalar  suspenziyalarni  stabillash  uchun  keng  qo‘llaniladi  va  gidrofil 

dori moddalardan suspenziya tayyorlashda ham foydalaniladi. Bariy sulfat suspenziyasini stabillash 

alohida  muximrok  savollardan  bo‘lib,  uning  me‘da-ichak  yo‘llari  rentgen  suratini  olishda  yuqori 

konsentratli suvli 45-55% suspenziya ishlatiladi. Bu suspenziya xaddan tashkari turg‘unmas, tezda 

                                                           

22

 



Lloyd V.Allen, Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya izgotovleniya lekarstvennыx 

preparatov.-«GEOTAR-Media».- Moskva.-2014. (9 bet)

 



66 

 

bo‘laklarga ajraladi, shu bilan birga dispers fazani cho‘kmasi oldingi holiga qaytishi kiyin. Bunday 



suspenziyalarni stabillash uchun har xil yuqori molekulali moddalar: zig‘ir urug‘ining shilimshig‘i - 

mutsin, bentonit va b. taklif qilingan. 

  


Download 6,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   822




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish