Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Download 6,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet444/822
Sana30.12.2021
Hajmi6,67 Mb.
#97398
1   ...   440   441   442   443   444   445   446   447   ...   822
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Emulsiyalar  xususiyatiga  va  eng  asosiy  agregat  turg‘unligiga  -arab,  emulsiyalar  ikkiga 

bo‘linishi  mumkin:  suyultirilgan  va  konsentrlangan.  Suyultirilgan  emulsiyalarda  dispers  fazaning 

hajmi  (yog  yoki  suv)  0,1%  dan  oshmaydi.  Aniqlanishicha,  suyultirilgan  emulsiyalarda  osilgan 

zarrachalarni  elektr  zaryadi  yordamida  stabillash  asosiy  omillardan  biridir  yoki  suyultirilgan 

emulsiyalar  kolloid  zoliga  o‘xshashdir.  Tibbiyotda  ishlatiladigan  emulsiyalarga  konsentrlangan 

emulsiyalar  kiradi.  Undagi  dispers  fazaning  miqdori  5%  dan  oshik.  Bu  sistemadagi  stabillash  — 

(turg‘unligini  oshirish)  holati  kolloid  eritmalardan  birmuncha  far-lanadi.  Dispers  fazada 

zarrachalarning  elektr  zaryadi  —  emulsiyalarda  ikkinchi  o‘rinda  turadi.  Agarda  o‘simlik  moyi  va 

suv  teng  hajmda  olinib  aralashtirilsa,  disperslanish  nazariy  jixatdan  bir  xil  bo‘lib,  bir  vaqtning 

o‘zida  ikkala  turdagi  m/s  va  s/m  emulsiyasi  hosil  bo‘ladi.  Bu  holat  bir  fazaning  ikkinchi  fazadan 

oshikrok  turg‘unligiga  bog‘li-.  Bu  konsentrlangan  emulsiyalarning  suyultirgan  emulsiyalardan 

birinchi  farqi  hisoblanadi.  Ikkinchi  farqi  shundaki,  konsentrlangan  emulsiyalar  ikki  xil  toza 

suyuqlikdan  tashkil  topgan  bo‘lib,  dispergirlashni  to‘xtatish  bilan  bu  sistemaning  butunlay 

turg‘unligi buzilib bo‘laklarga bo‘linadi. Bu holatning turg‘unligini oshirish va dispers sistemadagi 

tomchilar bir-biri bilan yopishib ketishiga yo‘l ko‘ymaslik uchun uchinchi bir modda qo‘shiladi. 

Bunday  modda  dispers  fazadagi  tomchilarning  -o‘shilib  ketmasligiga  va  turg‘un  bo‘lmagan 

emulsiyalarni turg‘un emulsiyalarga o‘tishiga — emulgirlanishiga olib keladigan modda hisoblanib 

bu moddalar emulgatorlar deyiladi. Emulgatorlar xossalariga ko‘ra har xil bo‘ladi: biri emulsiyani 

moyni  suvdagi  turini  turg‘unligini  oshirsa,  boshqasi  suvni  moydagi  emulsiyasini  barkarorligini 

kuchaytiradi. Faol emulgatorlar yordamida yu-ori konsentrlangan emulsiyalar hosil kilish mumkin. 

Masalan:  99%  li  benzol  va  1%  li  natriy  oleat  tuzi  eritmasidan  moyning  suvdagi  (m/s)  yuqori 

konsentrlangan  emulsiyasi  hosil  qilingan.  Bunda  dispersion  muxit  yupka  pardadan  iborat  bo‘lib 

(kalinligi atigi 10 mkm ga yakin) shaklini yo‘kotayotgan yog‘ tomchilarining o‘rtasida joylashgan. 

Bunday emulsiyalar studen holatida bo‘lib, ularni pichok bilan kesish mumkin. 

 Emulsiyalarni agregat turg‘unligi va emulsiyalash koidasi 

   E = 


 * s 


bu 

E — emulsiya hosil kilish uchun sarf bo‘lgan energiya (n/m) 

  s — emulsiya zarrachalari yuzasining umumiy yigindisi (m

2



  у — sirt taranglik kuchi (n/m) 

 Agregat  turg‘unlikka  ega  bo‘lgan  emulsiyalarni  tayyorlashda  (konsentrlangan  emulsiya 

nazarda  tutiladi)  shu  xildagi  aralashmalar  uchun  to‘la  faol  emulgatorlar  topish  kerak. 

Emulsiyalarning tayyorlanishi har doim mexani- energiyani sarf bo‘lishi bilan bog‘li-dir. 

Emulsiyalarning hosil bo‘lishi zarrachalar sonini oshishi va shu barobarida yangi  yuza hosil 

bo‘lishi bilan bog‘li- jarayon hisoblanadi. 

Emulsiya  hosil  bo‘lishida  sarflangan  quvvati  esa  ana  shu  yuza  va  sirt  taranglik  kuchi  bilan 

bog‘li-dir. 

Formuladan  ma‘lumki,  fazaning  sirt  taranglik  kuchi  qancha  katta  bo‘lsa,  undagi  erkin  sirt 

energiyasining  kuchi  shuncha  ko‘p  bo‘ladi,  emulsiya  hosil  kilishda  sarflangan  quvvati  ko‘payadi. 

Bunday  holat  termodinamik  jixatdan  barkaror  bo‘lmay,  o‘z-o‘zidan  sistemadagi  erkin  zaxira 

energiyasini kamaytirish tomoniga siljitadi. 

Amalda  bu  holat  tomchilarning  bir-biri  bilan  birlashib,  o‘z-o‘zidan  yiriklashishiga  sabab 

bo‘ladi. Yiriklashish natijasida emulsiyalarning to‘liq buzilishi va ikki -avatga ajralishi yuz beradi. 

Emulsiyalarni alohida mayda zarrachalar holida agregat turg‘unligini sa-lash uchun dispers holatda 

saqlash  kerak.  Buning  uchun  esa  sirt  taranglik  va  ayniqsa,  erkin  sirt  energiya  birmuncha 

kamaytirilishi zarur. 

Amaliyotda  bu  vazifa  suyuqliklardagi  sirt  taranglikni  kamaytiradigan,  suyuqliklar  sathida 

mustaxkam  ximoya  parda  hosil  kila  oladigan  moddalar  yordamida  amalga  oshiriladi.  Bunday 



280 

 

moddalar  sirt-faol  moddalardir  (SFM).  Misol  orqali  tushuntirilganda:  benzolni  suv  bilan 



aralashmasida  E=35  dina/sm  bo‘lsa,  emulsiya  tez  katlamlarga  ajraladi.  E=10  dina/sm  bo‘lganda 

emulsiya  hosil  kilish  osonlashadi.  E=1  dina/sm  bo‘lsa  aralashma  o‘z-o‘zidan  emulgirlanib,  hosil 

bo‘lgan  emulsiyaning  turg‘unligi  bir  necha  marta  oshadi.  Sirt-faol  modda  —  emulgator  elektrolit 

bo‘lsa,  dispers  fazadagi  zarrachalarning  ustki  qismida  ikki  -avatli  elektr  katlamini  hosil  qiladi  va 

barkarorligini oshiradi. 

Sirt-faol  moddalar  emulgatorlar  faza  sathidagi  moy-suv  sirt  oraligidagi  erkin  -inetik 

energiyani kamaytiradi va sistema turg‘unligini ta‘minlaydi. 

Bu holat dispers fazada yopishgan emulgatordan hosil bo‘lgan, ximoya  -avat,  ya‘ni sirt-faol 

modda qavati xususiyatiga bog‘liq. Emulgatorlar molekulasi yoki mitsellasi faza chegarasida tartibli 

ravishda chegaralangan chizma bir yoki bir necha qator bo‘lib joylashadi. Mitsellalar joylanishi shu 

emulgator  molekulasi  tarkibidagi  funksional  kimyoviy  guruhlar  xossasiga  bog‘liq.  Bu  guruhlar 

gidrofil  xossaga  ega  bo‘lsa,  mitsellalarning  ana  shu  guruhlari  suvda  eriydi  va  suv  bilan  yaxshi 

aralashadi. Natijada suv emulgirlangan zarrachalar — mitsellalar bilan yaxshi aralashadi. Emulgator 

yaxshi  eriydigan  suyuqlik  dispersion  muxit  hisoblanadi.  Shunday  qilib  turg‘un  m/suvdagi 

emulsiyasini hosil kilish uchun gidrofil xossasi bo‘lgan, suvda yaxshi eriydigan va yog‘ tomchilari 

sathini  o‘rab  ustida  ximoya  parda  hosil  kila  oladigan  emulgator  kerak.  Suvning  yog‘dagi 

emulsiyasini  hosil  kilish  uchun  oleofil  yoki  yog‘da  yaxshi  eriydigan  emulgator  zarur.  Dispers 

fazadagi  tomchilarning  katta-kichikligi  sarflangan  energiyani  miqdor  iga,  ikki  faza  o‘rtasidagi  sirt 

taranglik kuchini pasayishiga bog‘li-. Ayniqsa  gomogenizatsiya usuli  bilan emulsiya tayyorlashda 

katta  mexanik  kuch  sarflansa  turg‘un  emulsiya  hosil  kilish  mumkin.  Gomogenizatsiya  usulida 

emulsiyani fa-atgina dispersligi oshmasdan, uning turg‘unligi ham oshadi. 


Download 6,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   440   441   442   443   444   445   446   447   ...   822




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish