Jelatin-glitserinli asoslar
Jelatin-glitserinli asoslar har xil konsentratsiyadagi jelatin (1-3%) va glitserin (10-30%) dan
tayyorlanadi. bo‘laklarga kirkib olingan jelatinni chinni idishda ko‘rsatilgan miqdordagi suv bilan
3-4 soatga bukish uchun quyib quyiladi. Unga glitserin qo‘shib aralashtiriladi va suv hammomida
bir tusli suyuqlik hosil bo‘lguncha qizdiriladi. Bir oz vaqt qoldirilsa yumshoq konsistensiyali massa
hosil bo‘ladi. Olingan asos teriga yaxshi surtiladi va suv bilan oson yuviladi. Jelatinli asoslar
mikroorganizmlar ta‘sirida tez ayniydi va o‘zok saqlaganda sinerezisga uchrashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |