Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Download 6,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/822
Sana30.12.2021
Hajmi6,67 Mb.
#97398
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   822
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

 Juvalash usuli. 

Juvalash usuli bilan shamdori, sharcha va tayoqcha tayyorlanganda faqat kakao moyi va uning 

hosilalari  qo‘llanilishi  mumkin.Kakao  moyini  kirgich  tegirmon  orqali  o‘tkazib  maydalanadi. 

Maydalash uchun esa sovutilgan kakao moyi olish maqsadga muvofikdir. 

SHamchalarni  juvalash  usulida  tayyorlash  uchun  retseptdagi  moddalarning  yog‘dagi  va 

suvdagi eruvchanligi hisobga olinadi. 

Shamchalarni juvalash usuli bilan tayyorlash uchun olinishi kerak bo‘lgan dori moddalar va 

shamcha  asosining  kerakli  miqdori  hisoblanib,  pasport  tuziladi.  CHinni  hovonchaga  dori  modda 

solib  maydalanadi.  Dori  moddaning  xususiyatlari  va  eruvchanligini  hisobga  olgan  holda  uni  oz 

miqdor  suvda  yoki  suyultirilgan  asosda  eritib  olish  mumkin.  Suvda  va  moyli  asosda  erimaydigan 

dori  moddalarni  esa  suspenziya  tayyorlash  koidasiga  kura  qo‘shiladi.  Agar  shamcha  tarkibiga 

zaharliva Kuchli ta‘sir etuvchiruyxatdagi dori moddalar kirgan bo‘lsa, u holda X DFda keltirilgan 

jadvaldan  foydalanib,  bu  moddalarni  ichish  uchun  belgilangan  yuqori  doza  koidasiga  amal  kilish 

kerak  bo‘ladi.  Hovonchadagi  maydalab  yoki  eritib  olingan  dori  modda  ustiga  oz-ozdan  shamcha 

asosi qo‘shib aralashtiriladi. SHamcha asosi oldindan kirgich orqali maydalab chiqarilgan bo‘lishi 

kerak, ana shunda aralashtirish jarayoni bir xil boradi. Agar shamcha asosi va dori moddani xuddi 

elaki dorilardagi singari hovoncha dastasi bilan aylanma harakat yordamida aralashtirilsa moddalar 

aralashuvi  yaxshi  bo‘lmaydi  va  shamcha  asosi  tez  suyulib  ketadi.  SHuning  uchun  aralashtirish 

jarayonini  yaxshilash  maqsadida  ularni  dasta  yordamida  ezgilash  kerak.  Ezgilash  davomida 

moddalar  plastmassa  kurakcha  yordamida  hovoncha  devorlaridan  kuchirib  turiladi.  Hosil  bo‘lgan 

shamcha massasi hovoncha devoriga yopishib qolmaydigan qattiqroq hamir holatida bo‘lish kerak. 

Agar  tayyorlangan  shamcha  massasi  muloyim  (plastik)  holatga  kelmasa,  ya‘ni  uvalanib  ketsa  ,  u 

holda  qovushqoqlikni  oshirish  uchun  ozgina  suvsiz  lanolin  (har  30  g  shamcha  massasiga  1-1,5g 

hisobida)  qo‘shib  aralashtiriladi.  SHamcha  massasi  tayyor  bo‘lgach  uni  toza  mumlangan  yoki 

pergament  kogozga  urab,  tez-tez  harakat  yordamida  kaftlar  orasida  siqilib,  zuvala  hosil  qilinadi. 

SHamcha  zuvalasi  tortilib  pasportga  yozib  quyiladi.  SHamcha  dorini  xab  dori  tayyorlash 

moslamasining  oynasiga  quyib,  juva  yordamida  uni  gulacha  shakliga  keltiriladi.  Gulachaning 

yug‘onligi  barcha erida  bir xil bo‘lish kerak, aks holda shamchalar katta-kichikligi  turlicha bo‘lib 

kolinadi.  Gulachani  keskich  yordamida  dorixatda  ko‘rsatilgan  miqdorida  teng  bo‘linadi.  har  bir 

bo‘lak yassi taxtacha (rolik) yordamida zoldir holiga keltiriladi. Dorixatda zoldir tayyorlash aytilgan 

bo‘lsa  shu  holda  qoldiriladi.  Agar  boshqa  shakl  yozilgan  bo‘lsa,  juvani  tekislikka  nisbatan  kiya 

ushlagan  holda  zoldirga  konus,  torpedo  shakllari  yoki  juvani  tekislikka  gorizontal  tutgan  holda 

zoldirni  ung  va  chap  tomonlarga  bir  necha  marta  dumalatib  tayoqcha  shakli  beriladi.  Tayyor 

bo‘lgan  shamchalarni  yupka,  mumlangan  yoki  parafinli  kogoz  bo‘lakchalariga  uraladi.  Zoldir  va 

tayoqchalar  gofrillangan  kogozda,  karton  kutilarda  beriladi.  Kutilarga  «Sirtga  ishlatish  uchun», 

«Salqin joyda saqlansin» singari yozuvlari bo‘lgan yorliq yopishtiriladi. 

 Rp.: Extracti Belladonnae 0,015 

Novocaini 0,015 

Sol. Adrenalini qtt XX. 



120 

 

Olei Cacao q,s. 



Ut. fiat. supp. N 10. 

D.S. 


Hovonchaga  20  tomchi  adrenalin  gidroxlorid  tomiziladi  va  unda  0,15  g  novokain  eritiladi, 

shundan keyin 0,3 ml belladonna ekstraktining spirt-suv-glitserinli aralashmasi qo‘shiladi. Olingan 

suyuqlik  1-1,5  g  suvsiz  lanolin  bilan  aralashtiriladi,  keyin  kakao  moyi  qo‘shilib,  muloyim  massa 

hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyor massa xab dori tayyorlash moslamasining oynasiga o‘tkazi-

ladi, taxtacha yordamida diametri bir xil bo‘lgan silindr tayoqcha yasaladi va dorixatda ko‘rsatilgan 

miqdordagi  teng  bo‘lakka  keskich  yordamida  bo‘lib,  har  bir  bo‘lakka  shakl  beriladi.  SHamdori 

shaklini konussimon,torpedo yoki sigara shaklida qilib ham juvalash mumkin. 

Jo‘valash usulida sharchalar tayyorlash. 

 Rp.:Osarsoli 0,2 

Acidi Borici 0,25 

Olei Cacao q.s. 

Ut.f. globuli N 20. 

D.S. 

 Osarsol («A»  ruyxatida) suvda kam  eriydi.  Bor kislotasining eruvchanligi  ham  yuqori emas 



(1:25).  SHuning  uchun  moddalar  kukun  ko‘rinishiga  olib  kelinadi.  Ularni  murakkab  elaki  dorilar 

tayyorlash  koidasi  buyicha  aralashtiriladi.  Keyin  kakao  moyini  oz-ozdan  aralashtiriladi.  So‘ngra 

undan tayoqcha yasab,uni 20 ta bo‘lakka mo‘ljallab bo‘linadi. har bir bo‘lagidan alohida shar yoki 

ovuli,pessariy yasaladi. 

Z.V.Gurvich sharchalar uchun taklif etgan keskich moslamaning eni 15 mm va o‘zunligi 15 

sm  bo‘lib,  u  yoysimon  shaklda  tuzilgan.  Bu  keskichning  dorixona  sharoitida  shamdorilar 

tayyorlashda  ishlatilishi  ancha  kulay  va  unumlirokdir.  Moslama  sharchalarni  kesishda  ishlatiladi. 

Keskichning yana bir yaxshi tomoni shundaki,u massaga bir yo‘la shar shaklini ham beradi. 




Download 6,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   822




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish