12-rasm. Elektr isitgichli infundir apparati.
XI DF alyuminiy infundirkalar o‘rniga zanglamaydigan po‘latdan yasalgan infundirkalarni
konunlashtirdi. Infundirkalar maxsus suv hammomlarida, ya‘ni infundir apparatida qizdiriladi.
Infundir apparatlari 2,3 yoki 4 infundirkalar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Xozirgi zamon infundir
apparatlari elektr toki bilan qizdiriladi (15-rasm, a).
O. I. Belova va V. A. Mironova yangi konstruksiyali infundir apparatini taklif kildilar.
Bunday infundirka kislotali muxitda turg‘un bo‘lgan, zanglamaydigan XI 8 N 9 T markali po‘latdan
yasalgan. Xom ashyo po‘latdan yasalgan savatga(2) solinib, infundir stakanga joylanadi. Infundir
stakanining tubida magnitli parrak joylashgan (b). U magnitlar yordamida aylanib, staqanda
girdobli harakatni yuzaga keltiradi.
Buning natijasida erituvchi va xom ashyo o‘rtasida aloka yaxshilanadi. Infundirkaning
qopqog‘iga (1) harakatlanadigan qilib shtokli disk (3) va dasta (4) o‘rnatilgan.
Infundir apparati korpus, 6 infundirkadan iborat to‘plam (3 tasi 500 ml. li, 3 tasi 250 ml li),
magnitli parraklardan tuzilgan. Korpus zanglamaydigan po‘latdan yasalgan bo‘lib unga 4 litr suv
ketadi. Korpusning qopqog‘ida infundirkalar uchun 3 ta kamforqa bor. Korpus bilan ichki
tomonidan 2 ta pastki va 2 ta yuqori nay orqali kondensator biriktirilgan. Ish vaqtida yuqoridagi
naylar orqali bug kondensatorga o‘tadi, pastki naylar orqali esa hosil bo‘lgan kondensat yana qayta
korpusga tushadi. Suv korpus qopqog‘idagi voronka orqali solinadi. Korpusda suv hajmini nazorat
qilib boruvchi oyna bor. Ishlatilgan suvini to‘kib yuborish uchun korpusning orqa devoriga kran
o‘rnatilgan. Korpusning ichida 2 ta naysimon elektr qizdirish elementlari bor. Ularning quvvati 400
va 600 Vt. Staninaning ichida elektr qizdirgich o‘rnatilgan bo‘lib, o‘sha erda biriktirilgan takasimon
magnitni harakatlantiradi. Boshqaruv pulti oldingi devor tomonida joylashgan. YUqorida —
tumbler (elektroqizdirgich ulash uchun pastdan qizdirish elementlari o‘zgartirgan) (pereklyuchatel)
dastani isitish (razogrev) belgisigacha aylantirib 2 ta qizdirgich elementini ulanadi. Suv
qaynatgandan keyin dastani ―ish‖ (rabota) belgisiga o‘tkaziladi. Bunda 600 Vt li element ulanadi,
bu esa suvning bir tekis qaynashi uchun etarli hisoblanadi. Apparat Kiev tibbiyot asboblari zavodida
ishlab chiqariladi.
AN-3 oddiyrok tuzilishdagi apparat. Bu apparat 3 ta infundirkaga mo‘ljallangan bo‘lib,
magnitli parraklari yo‘k. Bu apparatlarning quyidagi xususiyatlari bor. Apparat kuchli metall kobik
bilan koplangan bo‘lib, bu xodimlarni ish vaqtida ximoya qiladi. Vanna devori va metall kobik
orasidagi bo‘shlikning yuqori qismiga sovitgich nay joylashtirilgan, bu erda hosil bo‘layotgan
bugning ortiqchasi kondensatlanadi va yana vannaga okib tushadi. SHu sababli vannada buglanish
kamayib, ancha vaqtgacha suvning miqdori doimiy darajada turadi. Apparatda teshikli savatcha
bo‘lib, unga xom ashyo solinadi. U ham zanglamaydigan XI 8N9T nusxali po‘latdan yasalgan
90
bo‘lib, xom ashyoni sikadigan disk bor. Bu disk vertikal shtokka o‘rnatilgan bo‘lib, infundir stakan
qopqog‘iga harakatchan qilib o‘rnatilgan. Bu disk yordamida apparatning ishlab turgan vaqtida ko‘l
yordamida tayyorlanadigan damlama va qaynatmalarni aralashtirish va oxirida qoldig‘ini siqib olish
mumkin.
Davolash profilaktika muassasa — dorixonalari sharoitida, shuningdek kasalxonalar va yirik
xo‘jalik hisobidagi dorixonalarda damlama va qaynatmalar 1—3 l gacha hajmda tayyorlanadi. SHu
sababli Kiev AKB diagnostik apparatura va VNIIF infundir apparatining yangi AI — 3000 modeli
ishlab chikildi. Uning nominal sigimi 3000 ml (16- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |